Reja: Mehnat resurlari



Download 27,67 Kb.
Sana16.01.2022
Hajmi27,67 Kb.
#373869
Bog'liq
mehnat resurslari1


Mavzu:Menat resurslari va mehnat salohiyati

Reja:


1.Mehnat resurlari.

2. Mehnat resurslari – aholi tarkibi sifatida.



3.Mehnat va mehnat salohiyati.

Mehnat resurslari - bu iqtisodiyotlarning moddiy turlaridan biri bo'lgan kadrlar ifodasi shaklidir. Insoniyat resurslarining o'ziga xos xususiyati shundaki, ular ikkalasi ham iqtisodiyot va odamlarni rivojlantirish uchun, moddiy tovarlar va xizmatlarning iste'molchilari. Biroq, odamlar, jinsi, yosh, ta'lim, sog'liqni saqlash, oilaviy ahvolga, ularning moddiy va axloqiy ehtiyojlariga qarab farq qiladi. "Mehnat resurslari" kontseptsiyasi - bozor toifasi keng axborot va keng axborotliroqdir va uni mehnat bozorini davlat tomonidan tartibga solishning samarali vositasi sifatida foydalanishga imkon beradi. Mehnat resurslari mehnatkash moddalarga ega bo'lgan aholining bir qismidir, ularda jismoniy va aqliy qobiliyat va foydali tadbirlar uchun zarur bo'lgan bilimlar mavjud. Mehnat resurslari - mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar Mehnat resurslariga kiritiladi. Kishilar yoshining ulgʻayishiga qarab Mehnat resurslariga dastlab qoʻshiladilar, soʻngra (yoshi oʻtgach) undan chiqadilar. Koʻpchilik mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonda 16—59 yoshdagilar Mehnat resurslariga kiritiladi. Mehnat resurslari oʻsishi aholining koʻpayishiga bogʻliq. Aholi tarkibida yoshlar qanchalik koʻp boʻlsa, Mehnat resurslari shunchalik tez oʻsadi. 20-asr oxiri —21-asr boshlarida Oʻzbekistonda Mehnat resurslari har yili 320—350 ming kishi atrofida koʻpay-ib bordi. Ularning asosiy qismini mehnat yoshiga qadam qoʻyganlar tashkil etadi. Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlimtarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar inson kapitaliga investitsiya boʻlib, Mehnat resurslari ni takroran yaratishga xizmat qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. Mehnat resurslari bandligi — mehnat yoshidagi kishilarning ish bilan taʼminlanishi, ularning tovar va xizmatlar yaratishda ishtirok etishi. Mehnat resurslari tarkibidagi ishlashga talabgor boʻla turib ish topa olmaganlar ishsizlar (qarang Ishsizlik) hisoblanadi . Bozor munosabatlarining rivojlanishi ayrim nazariy tushunchalar mazmunini tubdan o‘zgartirib yubordi. «Mehnat resurslari», «ish kuchi» kabilarni shunday tushunchalar jumlasiga kiritish mumkin. «Mehnat resurslari» atamasini dastlab akademik S.G. Strimulin o‘zining 1922 yili chop etilgan maqolalaridan birida qo‘llagan. Uzoq yillar mobaynida undan mamlakat inson resurslarini boshqarish va foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida foydalanildi. Sobiq ittifoq davrida har bir mehnatga layoqatli fuqaroning uzrsiz sabab bilan uzoq muddat ishlamay yurishi qonuniy ta’qib ostiga olingan. Mehnatga layoqatli aholi – mehnat resurslarini tashkil etib, u tabiiy, moddiy va moliyaviy resurslar bilan bir qatorda qat’iy statistik hisobga olinishi iqtisodiyotni markazlashgan usulda rejalashtirishning muhim elementlaridan biri edi. Mustaqillik yillari O‘zbekiston Respublikasida ham Xalqaro Mehnat Tashkiloti tavsiya etgan aholini tasniflash tizimiga o‘tildi, unga ko‘ra aholini tizimiy taqsimlashda mamlakat mehnat resurslari iqtisodiy faol va iqtisodiy nofaol qismlarga ajratiladigan bo‘ldi.

Mehnat resurslari aholining o‘z ruhiy fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko‘rsatishga qodir bo‘lgan mehnatga layoqatli qismidir. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi. Demak, mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir. Mehnat resurslarining tarkibi quyidagicha:

- mehnat yoshidagi mehnatga qobiliyatli aholi. O‘zbekistonda mehnat yoshining quyi chegarasi 16 yosh bo‘lib, yuqori chegara yosh bo‘yicha pensiya olish huquqi bilan belgilangan. Bu erkaklar uchun 60 yoshni va ayollar uchun 55 yoshni tashkil etadi. Biroq, unga I va II guruh ishlamayotgan nogironlar, yoshi bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida pensiya olayotgan fuqarolar kirmaydi.

- mehnat yoshidan o‘tgan bo‘lsa-da ishlayotgan shaxslar va yosh bo‘lsa ham ishlayotgan o‘smirlar.



Mehnat resurslari balansini tuzishda ish bilan band aholining barcha toifalarini to‘liq qamrab olish muhim ahamiyatga ega. Yollanib ishlaydiganlar ham, yollanmasdan ishlaydiganlar ham ishning doimiyligi, vaqtinchaligi, mavsumiyligi, tasodifiyligi yoki bir martalik bo‘lishidan qat’i nazar, iqtisodiyotda ish bilan band deb hisoblanadi. Yollanib ishlaydiganlar – band aholining eng ko‘p sonli guruhi bo‘lib, mulkchilikning har qanday shaklidagi korxona (tashkilot, muassasa) rahbari yoki alohida shaxs bilan pul yoki natura holida haq oladigan mehnat faoliyati shartlari haqida yozma mehnat shartnomasi, kontrakt yoki og‘zaki bitim tuzgan shaxslarni o‘z ichiga oladi. Yollanmasdan ishlaydiganlar – 1) individual asosda, doimiy yollanma xodimlardan foydalanmasdan mustaqil ishlaydigan shaxslarni; 2) ish beruvchilarni, shu jumladan fermer va dehqon xo‘jaliklari boshliqlarini; 3) oilaviy korxonalarning haq olmaydigan xodimlarini; 4) jamoa mulkdorlar (kooperativlar, shirkatlar kabi) a’zolarini birlashtiradi. Tarixdan ma’lumki, mehnatga layoqatli yosh chegarasi ijtimoiy-iqtisodiy sabablarga ko‘ra huquqiy asosda o‘zgarib turgan. Chunonchi, 1929-1933 yillarda 14 yosh – mehnatga layoqatli yoshning quyi chegarasi bo‘lgan, 1937 yilga kelib, u 15 yoshgacha ko‘tarildi. Urush yillarida ushbu yosh chegarasi yana 14 yoshga tushdi, urushdan keyin u 16 yoshga ko‘tarildi va hozirgacha amal qilib kelmoqda. Hozirgi vaqtda «mehnatga layoqatli yosh»ning yuqori chegarasi erkaklar uchun 59 yosh va ayollar uchun 54 yosh hisoblanadi. Erkaklar 60 yoshga, ayollar 55 yoshga yetgandan so‘ng ular pensiya olish huquqiga ega. Biroq bu qoidada ham istisno bor. Organizmga yuksak ruhiy fiziologik bosimlar bilan bog‘liq kasb faoliyatining ayrim turlari uchun pensiya chizig‘i 5-10 yilga, ba’zan undan ham ko‘proq qisqaradi. Bunda imtiyozli shartlarda qarilik pensiyasi tizimi amal qiladi. Ayollar uchun pensiya yosh chegarasi erkaklarnikidan pastroq bo‘lsa-da, erkaklarning o‘rtacha umr ko‘rishi ayollarga nisbatan sezilarli ravishda kamroqdir. Mehnat jamiyat yoki alohida individ talab va ehtiyojlarini qondirish uchun bajariladigan faoliyat turidir. Mehnat iqtisodiyotda ishlab chiqarish omillaridan biri sifatida koʻriladi. Mehnat — insonning maqsadga muvofiq ijtimoiy foydali faoliyati; eng avvalo tabiat predmetlarini oʻzgartirib, ehtiyojga moslashtirishni bildiradi. Mehnat kishilik jamiyati hayotining asosiy sharti, chunki u tufayli insoniyatning yashashi uchun zarur boʻlgan moddiy va maʼnaviy neʼmatlar yaratiladi. Insonning faoliyati tufayli mehnat predmetlari mahsulotga aylanadi. Mehnat odamni hayvondan farqlantiradigan eng muhim belgidir. Mehnat tufayli inson tabiatdagi narsalarni oʻzgartiribgina qolmaydi, balki oʻzi ham kamol topadi, uning akliy va jismoniy qobiliyatlari oʻsadi. Mehnat jarayonida inson tabiat kuchlarini oʻz maqsadiga boʻysundiradi.

Jamiyat taraqqiy etishi bilan mehnat taqsimoti yuzaga keladi va borgan sari chuqurlashib boradi, mehnatning yangi turlari yuzaga keladi, ular mustaqil vazifaga ega boʻladi. Mehnatdagi ixtisosla-shuv tufayli tabiat sirlari chuqur oʻrganiladi, tabiiy narsalar toʻlaroq ishlatiladi, hatto, ularniig xossalari oʻzgartiriladi. Mehnat taqsimotining darajasi jamiyatdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning qay darajgia ekanligini ifodalaydi. Mehnat turlari yuzaga kelishi bilan mehnat faoliyati natijalarini ayirboshlash, har xil mehnashi bir-biriga moslashtirish ehtisji tugʻiladi. Bu esa mehnatga ijtimoiy tus beradi, chunki mahsulotlar va chizmatlar koʻpchilik mehnatining shpijasiga aylanadi. Shunday sharoitla Mni boshqarish tizimi yuzaga keladi natijada u maxsus vazifaga ega boʻladi. Mehnat natijasi (mahsulot) tovarta aylapgapda, yaʼni pul vositasi bilan ayir-boshlanganda mehnatning kiymat yaratishdagi roli jihatidan konkret va abstrakt mehnatga boʻlinishi yuz beradi. Mehnat oʻzining mazmuni va harakteri jihatidan aqliy, jismoniy, malakali (murakkab) va malakasiz (oddiy) mehnatga boʻlinadi. Aqliy mehnat — insonning tafakkur faoliyati. Bunga muhandis, vrach, agronom, oʻqituvchi, olim va boshqa mehnati misol boʻladi. Jismoniy mehnat— insonning jismoniy faoliyati. Bunga ishchi, dehqon, kosib mehnati misol boʻladi. Malakali mehnat maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Malakasiz mehnat maxsus tayyorgarlikni va qobiliyatni talab etmaydi, mas, yuk tashuvchi, farrosh, qorovul mehnat . Fan-texnika taraqqiyoti taʼsirida mehnat vositalari mukammallashadi, xodimlarning mahorati, malakasi o'sadi, ishlab chiqarishni kompleks mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, axborotlar texnologiyasini keng joriy etish va uni tashkil etishni tubdan takomillashtirish natijasida mehnat mazmunining muntazam oʻzgarishi yuz beradi. Mehnatda har bir xodimning uzluksiz taʼlim va madaniytexnikaviy saviyasi hamda malakasi ortib borib, ham ijtimoiy, ham yakka tartibdagi mexmat samaradorligining uzluksiz oʻsib borishi asosida aholining turmush darajasi oshadi. Mehnat bozori — ish kuchi oldisotdi qilinadigan bozor. Mehnat bozorining ishtirokchilari ishga yollovchilar, ishga yollanuvchilar va ular oʻrtasidagi turli vositachilar hisoblanadi. Turli vositachi firmalar, tashkilotlar va agentliklar Mehnat bozorining infratuzilmasini tashkil etadi. Ish kuchi maxsus tovar sifatida uning sohibi tomonidan bozorga taklif etiladi. Ishga yollovchilar Mehnat bozoriga talab bilan chiqadi. Ish kuchining oldisotdisi bevosita haridor bilan sotuvchi oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri yoki vositachilar ishtirokida yuz berishi mumkin. Bu ishni mehnat birjasi yoki ish topib beruvchi firmalar bajaradi. Ish kuchining oldisotdisi mehnat bitimi shaklida rasmiylashtiriladi. Mehnat bozorida ish kuchini sotuvchi bilan uni oluvchi oʻrtasida mehnatning kelishilgan narxi — ish haqidir. Mehnatga talab uning narxi boʻlmish ish haqi miqsoriga nisbatan teskari mutanosiblikda, yaʼni ish haqi oshsa mehnatga talab qisqaradi, agar u pasaysa, mehnatga talab oshadi. Mehnat bozoridagi mehnat taklifi ish haqiga nisbatan toʻgʻri mutanosiblikda boʻladi. Moddiy muhtojlik sharoitida koʻp ishlab, koʻp pul topishga intilish mehnat taklifini oshiradi. Mehnat bozorida mehnatga talab taklifdan oshib ketsa ish kuchi taqchilligi, mehnat taklifi talabdan koʻp boʻlsa ishsizlik paydo boʻladi. Mehnat bozorining turlarga ajralishi uning harakteri va koʻlamiga bogʻliq. Mehnat bozori oshkora va yashirin harakterda faoli-yat koʻrsatishi mumkin. Oʻz koʻlamiga qarab Mehnat bozori mahalliyhududiy, milliy va jahon bozorlaridan iborat. Globalizatsiya sharoitida moddiy resurslarni mamlakatlararo taqsimlanishiga mos ravishda mehnat resurslari ham taqsimlangani sababli jahon Mehnat bozori tez rivojlanadi. Iqtisodiyoti kuchli mamlakatlar milliy Mehnat bozorida kelgindilar mehnati taklifi tez usadi, narxi arzonligidan unga talab ham ortadi. 2000-yilda Yer yuzida oʻzi tugʻilgan yurtida ishlamaydiganlar soni 80 mln. nafardan ziyod boʻldi. Xalqaro Mehnat bozori kengayishi rivojlangan mamlakatlarda oʻzga millat diasporasi oʻsishiga olib keladi (mas, 2002-yil AQShdagi xitoyliklar 15 mln. nafardan ortiq boʻlgan).
Download 27,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish