178
obodonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. U madrasa va Buxoroning
g‘arbida Xonobod chorbog‘i(1709)ni barpo qilgan
1
.
XVIII asr shaharsozligida Buxoro Registoni g‘arbiy tomonida,
Ark qal’asining to‘g‘risidi 1712-yilda
Bolo-Hovuz masjidi barpo
etildi
2
. Joniylar davri me’morchiligining ko‘plab inshootlari bizning
kunimizgacha etib kelmagan va tadqiqotchilar nigohini o‘ziga tortib
kelmoqda. Bundan tashqari Buxoro shaharsozligida o‘rta asr uylari
andazasi saqlangan bo‘lib, tor ko‘chalar suv va daraxtlari kam holatda
uchrab
turgan
3
. Buxoro shahridagi boy zodagon va savdogarlarning
uylari 3 qismdan iboart bo‘lib, xo‘jalik, erkaklar va ayollar hovlilariga
bo‘lingan. Buning yorqin namunasi bizning kunimizgacha saqlanib
qolgan Ubaydulla Xo‘jaev uyi sanaladi. Ushbu hovlidagi
mehmonxonalar,
xonalarning soni, katta-yu kichikligi xonadon
sohibining jamiyatdagi mavqeini belgilagan
4
.
Ushbu davrlarda hukmdorlar saroylari ikki xil vazifani
bajarganligi manbalarda yozilgan. Birinchisi – asosan ma’muriy-
siyosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qal’a
yoki hisor
ichiga qurilgan. Ikkinchisi - shahar tashqarisidagi qarorgoxlar bo‘lib,
bog‘-rog‘lar bag‘rida edi. Bu erda ham qabul marosimlari bazm bilan
o‘tgan. Buxoro Arkida yashagan Nosirxon To‘ra “Tahqiqot” asarida
qarorgohda joniylar sulolasi davrida barpo etilgan inshootlarni ham
sanab o‘tadi
5
.
Ashtarxoniylar davriga kelib shaharsozlikda asosan ansambl
shakldagi tarixiy-me’moriy inshootlar qad ko‘tarishni
boshladi va bu
hozirgi kunda Buxoro shahrining eski shahar qismida saqlanib qolgan
tarixiy inshootlarda o‘z aksini topadi. Ular o‘z davri
me’morchiligining ulkan va betakror namunalari sanalib, katta
hajmdagi qurilish ishlari ushbu davrda
ham jadal davom etganligini
ko‘rsatadi. Eng qiziqarli jihati shaharni obodonlashtirish va yangi
inshootlarning qurilishiga saroy amaldorlari ham o‘z hissalarini
qo‘shib, o‘z nomlarini tarix sahifalariga bitib qo‘yishdi.
Me’morchilikda ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga
1
Убайдуллахон
.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон
Миллий
Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси
.
2
Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И “История искусств Узбекистана” -Москва: Искусства,
1965. -С 375
3
Ўша манба. -С. 383
4
Буранов Б. Бухоро шаҳнишинлари /Мозийдан садо, 2003. № 3-4. -Б. 56
5
Андреев М.С, Чехович О.Д, Арк Бухары. -Душанбе: Дониш, 1972. -С. 14
179
alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida
naqshinkor mayolika
aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha
terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan
1
. Ammo
siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning
sifati tobora pasayib boravergan. Hozirga qadar saqlanib qolgan
joniylar davri masjid va madrasalardagi devoriy bezaklar bunga misol.
Do'stlaringiz bilan baham: