Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti "geografiya" ta



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana30.04.2022
Hajmi0,75 Mb.
#598668
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
320-GURUH. BOBOMURODOV ABBOS. KURS ISHI

Rudali resurslar.
О‘zbekiston hududida aniqlangan temir rudasining zahirasi 
uncha katta emas. Keyinchalik magmatik temir rudaning bir necha konlari topildi. 
Ularning ancha ahamiyatlisi Qoralpog‘istondagi Tebinbuloq (Sulton Uvays tog‘i) 
konidir. Bundagi temir rudasi tarkibida nikel, kobalt, xrom planita, palladiy va 
boshqalar yо‘ldosh bо‘lib uchraydi. 
Surenota (Nurota), Susengen (Chotqol), Jaoraz, Mingbuloq va boshqa konlar 
ham magmatik temir ruda konlaridir. 
CHо‘kindi jinsli temir ruda konlari bir va uchlamchi davrlarning 
yotqiziqlarida joylashgan bо‘lib, bunday konlar orol bо‘yi va Qizilqumda uchraydi. 
Ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q. 
О‘zbekistonda marganesning bir necha konlari ma’lum. Ular asosan 
Zarafshon tizmasidagi Ziyovuddin, Dovtosh, Taxtaqoracha, Tersaksoy, CHо‘ponota 
konlari bо‘lib, ularning rudasida 8 – 28% gacha marganes bor. Bulardan tashqari 
marganes rudasining kichik konlari Qorjantov va Morguzar tog‘larida ham topilgan. 
Marganes rudasining zahirasi 8 mln. tonna atrofida bо‘lib, bu konlar ham hali 
о‘zlashtirilgan emas. Xrom rudasining kichik konlari Tomditog‘ va Uvays tog‘idan 
topilgan, ulardan hali ruda qazib olinayotgani yо‘q. О‘zbekiston mis rudasining 


zahirasi bо‘yicha Hamdо‘stlik mamlakatlari о‘rta Qozog‘iston va Rossiya 
federasiyasidan keyin uchinchi о‘rinda turadi. Ularning yirik konlari asosan 
Qalmoqqir, Dalniy Sarigekuv konlari hisoblanadi. 
О‘zbekiston polimetall (qurg‘oshin, rux) konining bir necha yirik konlari 
topilgan. Surxondaryo viloyatidagi Xondiza, Qurama tog‘idagi Qо‘rg‘oshin kon va 
Koshmansoy konlari shular jumlasidandiryu bu konlarda galenit, sifalerit, xalkopirit, 
sheyelit va molibdenit minerallari uchraydi. 
Bulardan tashqari polimetallning Uchquloch, Sariqon, Kunyaylov, 
Qulchо‘loq va boshqa konlari ma’lum. Bular ichida Shimoliy Nurota tizmasidagi 
Uchquloch koni alohida ahamiyatga ega. Bu konning asosiy minerallari galenit 
sfalerit va piritdir. Lashkarak (Qurama tizmasi) polimetall rudasi tarkibida vismut 
va kumush ham uchraydi. 
О‘zbekistonda qiyin eriydigan metallardan volfram rudasi bо‘lib, ular Nurota, 
Zirabuloq, Qoratepa, Chakalikkalon tog‘larida volfram rudasi qatlamlari 
paleozoyning magmatik jinslari orasida uchraydi. Volframning yirik konlari 
Quytosh, Ingichka, Qoratepa va Yakton konlaridir. Shuningdek Choshtepa, 
Kamangaron, Jom, Sarikо‘l kabi qator zahirasi u qadar katta bо‘lmagan konlar bor. 
Bulardan tashqari, G‘arbiy Tyanshanda Sargardon, Maydontol, Ogayn atrofida ham 
volfram konlari topilgan. Hozirgi kunda Ingichka va Quytosh konlaridan volfram 
rudasi qazib olinmoqda. 
Molibdenning bir qancha konlari, chunonchi, G‘arbiy Hisorning Obizarang, 
Chotqolning Chavatisoy, Ung‘irtosh, Oygayin, Qurama tizmasining Shovgaz, 
Olmaliq konlari ma’lum. Hozircha molebden faqat Olmaliqda, mis – pofir 
rudalaridan yо‘ldosh metall sifatida ajratib olinmoqda. Respublikada qalayning bir 
qancha konlari ma’lum, ulardan qalayi hozirgacha qazib olinayotgani yо‘q. 
О‘zbekiston qimmatbaho asl metallardan biri bо‘lgan oltinga ancha boydir. 
Respublikamiz oltinining sifati va zahirasi dunyo ahamiyatiga ega. uning muhim 
konlari Qizilqumdagi Muruntov va Kuupatos, Chotqol – Qurama tog‘ tizimidagi 


Sarichekuv, Kuchbuloq va Chodak, Nurota tizmasidagi Marjonbuloq, Zarmiton va 
boshqalardir. 
Alyuminiy xom ashyosi – alunit konlari Qurama va Hisor tizmalaridan 
topilgan. Qurama tog‘idagi Gushsoy konining rudasi bir muncha yaxshi sifatli. 
Angren havzasidagi kо‘mir qatlamlari tagida tarkibida alyuminiy bо‘lgan kaolin 
qatlamining qalinligi 2 metrdan 46 metrgacha yetadi. Bu konlar ham hali ishga 
tushirilgan emas. Kaolindan hozirgacha Angren kulolchilik zavodida sopol 
buyumlari ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Kaolin yuqori sifatli chinni 
buyumlar ishlab chiqarishda keng qо‘llanilishi kerak. Keramika sanoati 
tarmoqlarida Angren keramika kombinati va Toshkent qurilish materiallari 
kombinati barcha turdagi sopol koshinlar (yiliga 3436 ming m
3
/, sanitariya – qurilish 
fayansi, gips, kanalizasiya turbalari va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab 
chiqarilmoqda. 
Respublikada tog‘ kimyosi xom ashyosidan osh tuzi, kaliy tuzi va fosforitning 
katta zapaslari aniqlangan. Osh tuzining asosiy konlari Xujaykon, Oqtosh, 
Boybichakon kabilar bо‘lib, ulardan qisman foydalanilmoqda. Kaliy tuzining 
Tubegatandagi yirik koni hali ishga tushirilgani yо‘q. 
Qashqadaryo viloyatidagi Tepakuton kaliy tuzi hisobidan Germaniya 
Respublikasi bilan hamkorlikda kaliy о‘g‘it ishlab chiqaradigan kombinat ishga 
tushiriladi, bu bilan mamlakat agrosanoat majmuasini yanada rivojlantirish 
imkoniyati bо‘g‘iladi. Fosforidning katta zahirasi Qizilqumda topildi, uni ishga 
solish rejalashtirilmoqda. Respublikamizda Oltingugurtdan foydalanish imkoniyati 
kengdir. Oltingugurt Farg‘ona vodiysidagi Shersuv konidan qazib olinadi, 
О‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan oltingugurtning asosiy qismi Muborak gazni 
qayta ishlash zavodida ajratib olinmoqda, ma’lumki bu zavod MDK davlatlarida eng 
yirik korxona bо‘lib, har yiliga yarim million tonnadan kо‘p oltingugurt ishlab 
chiqaradi, uning asosiy hom ashyosi Buxoro – Xuva provinsiyasidagi oltingugurtli 
tabiiy gaz hisoblanadi. Mamlakat iqtisodiyotida oltingugurtdan keng foydalaniladi. 


Flyuorit (plavik shtaplardan qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi 
vositalari tayyorlashda va oyna sanoatida foydalaniladi. Flyuorit – Qurama tog‘ 
tizimida Oqota, Chibargota, Novshekon, Novgarzon konlaridan olinmoqda. Talkdan 
ham qishloq xо‘jalik zararkunandalariga qarshi kurash vositalari va tibbiy dorilar 
tayyorlashda foydalaniladi. Uning katta zahirasi Sulton Uvays tog‘ida joylashgan. 
Xilma – xil qurilish va pardozlash xom ashyolari О‘zbekiston hududida keng 
tarqalgan. Ohaktosh, bur, gil, bentonit va silanes, sement, ohak, gips, albastir kabi 
qimmatli mahsulotlar ishlab chiqarishda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Bularning 
yaxshi sifatli navlari Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Jizzax, Qoravulbozor va 
boshqa joylarda uchraydi. Mustaqillik yillarida Boysun tumanida va Qashqadaryo 
viloyatining Dehqonobod tumanlarida kichik korxonalari qurilgan. 
О‘zbekiston marmarining shuhrati jahonga keng tarqalgan. G‘ozg‘on, 
Omonquton, Jom, Sharaksoy, Orkutsoy, Aqcha, Oqtog‘ va boshqa joylarda marmar 
konlari bor. Geologlar Bukantovda marmarning juda katta konini aniqladilar. 
О‘zbekiston marvaridan Moskva metrosi va imoratlaridan ishlatilgan. Bu soha tez 
rivojlanmoqda chet el sarmoyalaridan keng foydalanmoqda. О‘zbekistonning bir 
necha joyidan shifobaxsh ma’dun suvlar chiqadi. Vodorod sulfidli suv Chimyon
Polvontosh, Xо‘jaobod, SHо‘rsuv, Uchqizil, Kukaydi, Jayronona va boshqa 
joylarda topilgan. Yodli suv Chortoqda, randali suv Arashanbuloqda, kam 
ma’danlashgan ishqorli termin suvlar Toshkent va Oltiariqda, sulfat – xlorid va 
natriy suv Sitorayi Moxi Xosa, Qorakо‘l, Gazli va boshqalar. 
Eng muhim tibbiy resurslardan biri О‘zbekistonning 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish