O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
“GEOGRAFIYA” TA`LIM YO`NALISHI
2-KURS 320-GURUH TALABASI
BOBOMURODOV ABBOSNING
“O`ZBEKISTON GEOGRAFIYASI” FANIDAN
MAVZU: O`ZBEKISTON TABIIY SHAROITI VA TABIIY
RESURSLARINI XO`JALIK MANFAATLARI NUQTAI –
NAZARDAN BAHOLASH
BAJARDI: BOBOMURODOV ABBOS
TEKSHIRDI: XUDOYBERDIYEV DIYORBEK
TERMIZ 2022
MUNDARIJA
KIRISH
I.BOB. O`zbekiston tabiiy sharoiti va resurslari
1.1. O`zbekistonning yer usti tuzilishi va iqlimi
1.2. Mineral boyliklar va yoqilg`i – energetika resurslari
II.BOB. Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai – nazardan baholash
2.1.Tabiiy resurslarni xo`jalik manfatidagi ahamiyati.
2.2. Tabiiy resurslarini xo`jalik manfaatlari nuqtai nazardan baholash
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish
Tabiiy resurslar –
О‘zbekistonning ishlab chiqaruvchi kuchlarini
rivojlantirish va joylashtirishdagi muhim omildir.
О‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilingan kundan boshlab, yer osti va yer ustida
tabiat yaratgan resurs (ne’mat)lardan oqilona foydalanish, respublika iqtisodiyotini
yuksaltirishda katta istiqbollarni ochib beradi.
Fan – texnika taraqqiyoti davrida tabiatga va uning ne’matlariga ta’sir
kо‘rsatish taboro ortib bormoqda. Yerlarni о‘zlashtirish, yer osti boyliklarini qidirib
topish va ishga solish, suv, tuproq, о‘simlik, hayvonot resurslaridan foydalanish
kо‘lami kengaymoqda. Bunday tabiiy resurslardan tejab – tergab foydalanish,
kelajak avlodlar manfaatlarini kо‘zlab ish yuritish talab etiladi. Tabiiy resurslar
tо‘g‘risida va ularning geografik tarqalishi tо‘g‘risida О‘zbekiston tabiiy
geografiyasida batafsilroq berilgan. Lekin tabiiy resurslardan xо‘jalik nuqtai –
nazardan foydalanish tо‘g‘risida qisqacha tо‘xtab о‘tish maqsadga muvofiqdir.
Chunki mavjud boyliklarning geografik tarqalishini bilish muhim ahamiyatga
egadir.
Farg‘ona soyligi (vodiysi) shimoldan Chotqol va Qurama tizmalari, sharqdan
Farg‘ona tumani, Janubdan Oloy tizmasi va uning davomi bо‘lgan Turkiston tizmasi
bilan о‘ralgan. Barcha yirik tizmalarning suvayirg‘ich qismi respublikadan
tashqarida Farg‘ona soyligining о‘rta qismini sertepa qirlar egallagan. Turkiston
tizmasi Molguzar tizmasi orqali Nurota tog‘lari bilan tutashgan Nurota tog‘laridan
Zarafshon botig‘i orqali ajralib turadi. Ularning eng baland joylari sharqda
Tojikiston chegarasi yaqinida 2800 metrdan ziyod.
Kitob – Shahrisabz soyligidan janubda kenglik yо‘nalishida Hisor tizmasi
yotadi. Hisor tog‘ining Qoldirg‘a tizmasidagi Xazrati Sulton (4688 m) chо‘qqisi
О‘zbekistonning eng baland nuqtasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |