216
tishlari mos ravishdagi qutb tishlari qarshisiga to‗g‗ri keladi va magnit zanjirining
singuvchanligi eng katta qiymatga to‗g‗ri keladi.
Statorning keyingi fazasiga tok berilganda rotor bir qadamga buriladi. Bunda
rotor tishlari qutblarning keyingi tishlari qarshisiga to‗g‗ri keladi. Qadam kattaligi
quydagiga teng bo‗ladi.
α = 2π
.
Qadamli motorlar ishchi organ holati rostlanadigan yuritmalarda qo‗llaniladi.
Ayniqsa soat mexanizmlarida ular keng ko‗lamda ishlatiladi.
7.3. Chiziqli motorli elektr yuritmalar.
Elektr motorlarning aksariyat qismi aylanma xarakatli motorlarga to‗g‗ri
keladi. Vaxolangki, ishlab chiqarishdagi asosiy mashina – mexanizmlar
ilgarilanma (konveer, transportyor) yoki qaytarma – ilgarilanma (manipulyatorlar,
porshenli mexanizmlar) harakatga asoslangan bo‗ladi.
Aylanma harakatni
ilgarilanma harakatga aylantirish maxsus kinematik bo‗g‗inlar yordamida amalga
oshiriladi. Masalan, vint – gayka, sharik – ventili uzatma, shesternya –
reykali
uzatma, krivoship – shatunli uzatma va boshqalar.
Ishchi mashinalar konstruktorlari uchun ularning ilgarilanma yoki qaytarma
– ilgarilanma harakatlanadigan ishchi organlariga rotori chiziqli harakatlanadigan
motorlarni loyixalash asosiy vazifa (yoki muammo) bo‗lib qolmoqda.
Hozirgi paytda chiziqli asinxron, ventilli va qadamli motorlar ishlatilgan
yuritmalar keng rivojlanmoqda. Prinsipial jihatdan hohlagan turdagi chiziqli motor
statorini tekislikka yoyish bilan hosil qilinishi mumkin [11] .
Chiziqli asinxron motor haqida tasavvur hosil
qilish uchun asinxron motor
statorini tekislikka yoyilgan deb qabul qilish kerak. Bunda stator magnitlovchi
kuchlar vektori statorining bo‗ylama yo‗nalishi bo‗ylab siljiydi, ya‘ni
oddiy
motorlardagi singari aylanma harakatda emas, balki statorning yuguruvchi
elektrmagnit maydoni sifatida xarakatlanadi. Ikkilamchi
element sifatida stator
217
yoyilmasi bo‗ylab biroz havo tirqishi bilan joylashtirilgan ferromagnit tasma
xizmat qilishi mumkin. Bu tasma qisqa tutashtirilgan rotor vazifasini bajaradi.
Ikkilamchi element statorning xarakatlanuvchi maydoni bilan suriladi va stator
maydoni tezligidan chiziqli absolyut sirpanish kattaligiga kam bo‗lgan tezlik bilan
harakatlanadi.
Yuguruvchi elektrmagnit maydonining chiziqli tezligi teng bo‗ladi:
V
0
= 3η · f
1
, m/s.
bu yerda:
η –
qutb bo‗linmasi (qutbiy bo‗linma), ya‘ni
chiziqli asinxron motor
yondosh qutblari orasidagi masofa.
Ikkilamchi element tezligi:
V = V
0
(1-s
ch
)
bo‗ladi.
bu yerda:
s
ch
– chiziqli nisbiy sirpanish.
Motorning standart chastotali kuchlanish bilan ta‘minlangandagi maydon
tezliklari sezilarli darajada katta bo‗ladi (3 m/s. dan ko‗p), bu esa bunday
motorlarni sanoat mexanizmlari yuritmalarida ishlatishini qiyinlashtiradi.
Bunday
motorlar yuqori tezlikli transport mexanizmlarida ishlatiladi. Nisbatan kichik
tezlikli motorlarni olish uchun hamda ularning tezligini rostlash maqsadida bunday
motor chulg‗amlari chastota o‗zgartirgichlari orqali ta‘minlanadilar.
Chiziqli asinxron motorning bir nechta konstruktiv variantlari mavjud.
Ulardan biri 7.4 - rasmda ko‗rsatilgan. Bu yerda ikkilamchi element 2, ishchi organ
bilan biriktirilib, stator 3 da hosil qilinadigan yuguruvchi
elektrmagnit maydoni
ta‘sirida 1 yo‗naltiruvchi bo‗ylab harakatlanadi. Bunday konstruksiya ishchi
mashina bilan joylashtirishga qulay. Biroq stator maydonining tarqalgan oqimlari
bilan to‗qnash kelishi natijasida motor cosθ ko‗rsatkichi kichik bo‗ladi.