209
Ko‗rilayotgan sxemaning eng asosiy kamchiligi kichik tezliklarda (0,1
n
dan kam) invertor tiristorlarini ulashning murakkablashishidir. Chunki bunda
motor E.YU.K. invertor ventilini tabiiy ravishda ulash uchun yetarli bo‗lmaydi. Bu
holatda motorni 0,1
n
tezlikkacha yurgazish paytida invertor ventili yopilishini
ta‘minlash uchun o‗zgartirgich tiristorlarini yopib tokni uzishga to‗g‗ri keladi, bu
esa boshqarish sxemasini murakkablashtiradi.
6.29 - rasm. 6.28 - rasmdagi sxemadagi ventilli motorning mexanik
xarakteristikalari.
Keyingi yillarda IGBT – tranzistorlari va yopiluvchi tiristorlarning
paydo bo‗lishi bilan invertorning majburiy ulanuvchi ventilli sxemalari qo‗llanila
boshladi. Bu esa ventilli motorning rostlanish xususiyatlarini oshiradi va uni
tezlikni rostlash diapazoni keng bo‗lgan dinamik elektr yuritmalar uchun qo‗llash
imkonini beradi.
6.7.
Takrorlash uchun nazorat savollari.
1.
Asiinxron motorlarni rostlash usullari sinflanishini keltiring.
2.
Rostlashning qanday usullarida asinxron motor
kichik qiymatli sirpanish
bilan ishlaydi.
3.
Faza rotorli asinxron motor rotori zanjiriga «qo‗shimcha qarshiliklarni
kiritish»nima uchun qo‗llaniladi?
210
4.
Ko‗p tezlikli asinxron motor necha xil ishchi tezliklarga ega bo‗lishi
mumkin?
5.
Asinxron motor tezligini iste‘mol kuchlanishi qiymatini o‗zgartirish bilan
rostlash usulining qanday asosiy kamchiligi mavjud?
6.
Asinxron motor qaysi usul bilan rostlanganda
u katta qiymatli sirpanish
bilan ishlaydi, biroq bu usul tejamli hisoblanadimi?
7.
Asinxron motor absolyut sirpanishi qanday o‗lcham birligiga teng?
8.
Nima uchun iste‘mol kuchlanishi chastotasini nominaldan kamaytirganda,
bir vaqtning o‗zida kuchlanish qiymatini rostlash kerak?
9.
Asinxron motorni chastotali rostlashda chastota va iste‘mol kuchlanishi
qiymati orasidagi munosabat qanday ifodalanadi?
10.
Asinxron motorlarni chastotali rostlashda stator chulg‗amidagi
aktiv
qarshilik kuchlanishining pasayishi motorning mexanik xarakteristikalariga
qanday ta‘sir ko‗rsatadi?
11.
Agar asinxron motorning kuchlanish chastotasini,
kuchlanish qiymatini
nominal qiymatda saqlagan holda oshirib borilsa, uning uzoq ta‘sir etuvchi
momenti qanday o‗zgaradi?
12.
Chastotali – rostlanadigan asinxron elektr yuritmalarda ishlatiladigan yarim
o‗tkazgichli chastota o‗zgartirgichlar sinflanishini keltiring.
13.
Bevosita bog‗lanishli chastota o‗zgartirgichlar
uchun chiqish chastotasi
o‗zgarish diapazoni qanday xarakterga ega?
14.
Avtonom tok invertorli va avtonom kuchlanish invertorli chastota
o‗zgartirgichlarning sxemalarida qanday farqlar bor?
15.
Tok invertori turidagi bitta chastota o‗zgartirgichi bilan nechta motor
ta‘minlanishi mumkin?
16.
Kuchlanish invertorli va oraliq o‗zgarmas
tok zanjirli chastota
o‗zgartirgichlarida chiqish kuchlanishini rostlashning qanday usullari
ishlatiladi?
17.
Ventilli motor rostlanuvchi elektr yuritma tizimi sifatida qanday asosiy
elementlardan tashkil topadi?