Tema-17.Kompensatorlar turleri hám konstrukciyalari.
Turli sanoat tarmoqlarining korxonalarida ko‘plab nasoslar, qurilmalar, mashinalar va ayniqsa ko‘p yopib–ochiladigan moslamali salniklar bilan ta’minlangan bo‘lib, bu salniklar ishchi muhit yuqori bosim va temperaturada bo‘lganda, val va shtoklarning harakat tezliklari yuqori bo‘lgan sharoitlarda ekspluatatsiya qilinadi. Yuqorida qayd etilgan mashina va qurilmalar konstruksiyalarini tahlil qilish natijasida aytish mumkinki, ular ikki guruh detallarini o‘z ichiga oladi: rotor detallari va statorning qo‘zg‘almas detallari. Rotor detallari elektromexanik yuritma energiyasini ishchi muhitga o‘zi orqali o‘tkazib beradi. Eng og‘ir sharoitda rotor detallari ekspluatatsiya qilinadi, chunki ular ishchi muhit tomonidan kuch, korroziya va abraziv ta’sirlarga duchor bo‘ladi.
Kompensatorlar turleri
Kompensatorlar turleri: P-simon, linzali, to‘lqinsimon, ftoroplastli, rezinali, silfonli va salnikli kompensatorlar ishlatiladi.
Flanecli rezinali kompensator
salnikli kompensatorlar
silfonli kompensatorlar
Materialli kompensatorlar asosan gazli muhitda ishlatiladi. Bunda gaz harorati 1200°С gacha ishlatilishi mumkin.
Materailli (tawarli (tkanli)) kompensatorlar
Texnologik truba quvurlaridagi temperatura deformatsiyalarini bartaraf qilish uchun P-simon, linzali, to‘lqinsimon va salnikli kompensatorlar ishlatiladi.
Truba quvurlarining diametridan qat’iy nazar er ustidagi konstruksiyalarda P-simon kompensatorlar juda ko‘p hollarda qo‘llaniladi (17.1 - rasm).
17.1-rasm P-simon kompensator
Bu turdagi moslamalar kompensatsiya qilish qobiliyati katta, istalgan bosimlarda ishlatish mumkin. Lekin, ular qo‘pol va maxsus tayanchlar o‘rnatilishini talab qiladi. Odatda, ular gorizontal holatda joylashtiriladi va drenaj moslamasi bilan ta’minlanadi.
Ishchi bosim 1,6 MPa bo‘lgan gaz quvurlarida linzali qompensatorlar o‘rnatiladi.
To‘lqinsimon kompensatorlar bosimi 6,4 MPa gacha bo‘lgan noagressiv va o‘rtacha agressiv muhitlar uzatiladigan truba quvurlarida ishlatiladi (17.2-rasm).
Bunday kompensator patrubka (1) ga payvandlangan gofrirlangan element (4) dan tarkib topgan. CHegaralovchi halqa (3) element shishib ketish va element devorining egilish oldini oladi. Element tashqi tomoni-qobiq (2) yordamida himoyalangan. Kompensator gidravlik qarshiligini kamaytirish uchun ichki tomonida stakan (5) o‘rnatiladi.
1.2–rasm. To‘lqinsimon kompensator.
1-patrubka; 2--qobiq; 3-xalqa; 4- gofrirlangan element; 5-stakan
Salnikli kompensator
Bu turdagi kompensatorlar juda katta temperatura deformatsiyalarini kompensatsiya kila oladi. Lekin, zichlash qiyin bo‘lgani uchun yonuvchan, zaharli va suyuq gazlarni uzatishda ishlatib bo‘lmaydi.
Truba quvurlari tayanchlarga o‘rnatiladi. Ular orasidagi masofa truba diametri 250 mm bo‘lsa, tayanchlar orasidagi masofa 3-6 m ga teng qilib o‘rnatiladi.
Cho‘yan va metallmas materiallardan yasalgan truba quvurlarida salnikli kompensatorlar o‘rnatiladi (17.3-rasm). Ushbu kompensator tayanch (1) mahkamlangan -qobiq (3), zichlovchi qistirma (2) va grundbuksa (4) dan tarkib topgan. Temperatura deformatsiyasini kompensatsiya qilish-qobiq (3) va truba (5) larning siljishi tufayli amalga oshadi.
17.3 – rasm. Salnikli kompensator
1-tayanch; 2-zichlovchi qistirma; 3-qobiq; 4-grundbuksa; 5-truba
Yumshoq tiqinli salniklar
Salnikning ishlash prinsipi quyidagicha: salnikni zichlab tortish vaqtida (17.4– rasm) bosuvchi vtulkadan ta’sir etayotgan bosim yumshoq tiqinni zichlanishga majbur qiladi. Yumshoq tiqin yonbosh bosim hisobiga deformatsiyalanib valga va salnikli kamera devoriga zichlashadi, mustahkam germetiklikni ta’minlaydi. Odatda, salnik hisobi uning konstruksiyasidagi elementlarning geometrik parametrlarini aniqlashni; germetiklikni ta’minlovchi tortish kuchi va salnikdagi ishqalanish kuchini engishdagi quvvat yo‘qolishini o‘z ichiga oladi. Tiqinning har bir nuqtasiga bir vaqtning o‘zida o‘q yo‘nalishli bosim py va yonbosh bosim px ta’sir etadi. Agar, tiqin materiali suyuqlikka o‘xshash bo‘lganda, u holda Paskal qonuniga ko‘ra, tiqindagi o‘q yo‘nalishli bosim yonbosh bosimiga teng bo‘lardi.
17.4– rasm. Salnik konstruksiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |