213
mashinalarning yuritmalari uchun qadamli elektr motorlar ishlatiladi. Bunday
motorlarni asosiy xususiyatlari shundaki,
ular uzluksiz xarakatli emas, balki
to‗xtab – to‗xtab, ya‘ni qadamli xarakat qiladi. Bunday motorli elektr yuritmalarni
odatda diskret elektr yuritmalar deyiladi.
Diskret elektr yuritmalarning keng ko‗lamda ishlatilishi shu bilan
izoxlanadiki, ular o‗zlarining ishlash prinsipiga ko‗ra tabiatan raqamli boshqaruv
tizimiga o‗xshab ketadi; ya‘ni texnikaning barcha
jabxalarida ishlatiladigan
mikroprotsessorli va raqamli dasturli boshqaruv qurilmalari ishtirokida. Sanoatda
qadamli motorlarning bir necha W dan bir necha kW gacha bo‗lgan quvvatlari
ishlab chiqariladi [11] . qadamli motorlar hosil qiladigan momentlari bilan hamda
qadamining kattaligi (diskret) bilan o‗ziga hosdir. Qadam qancha kichik bo‗lsa,
mashina ishchi organning siljishi (surilishi) shuncha aniq bajariladi.
Qadamli motor ishlash prinsipini aktiv rotorli ikki fazali motorning oddiy
sxemasida ko‗rib chiqamiz. (7.2 - rasm). Bunday qadamli motor statorida 2
ta aniq
qutb juftliklariga ega va bu qutblarda qo‗zg‗atish chulg‗ami joylashtiriladi, o‗z
navbatida bu chulg‗amlar motorning ikki fazasini tashkil qiladi. Rotorda doimiy
magnit joylashgan (aktiv rotor). Chulg‗amlar ta‘minoti boshqaruv qurilmasidan
uzatilayotgan impulsli boshqaruv signali yordamida
berilgan qadamlar soniga
qarab o‗zgartirib turadi.
7.2 - rasm. Aktiv rotorli qadamli motorning soddalashtirilgan sxemasi
214
Aytaylik aniq qutblanishga ega bo‗lgan kuchlanish birinchi chulg‗amga
uzatilgan bo‗lsin (1N - 1K). Unda motor rotori 7.2a - rasmda ko‗rsatilgan holatni
egallaydi. Bu holat ustivor holat bo‗ladi, chunki rotor bu holatdan boshqa tarafga
qarab og‗a boshlasa, unga avvalgi holatiga (ustivor holatiga) qaytaruvchi moment
ta‘sir qiladi.
Harakat qadamini bajarish uchun kuchlanish birinchi chulg‗amdan olinib
ikkinchi chulg‗amga (2N – 2K ) uzutiladi. Bunda motor rotori qadam tashlaydi,
ya‘ni π/2 burchakka buriladi (7.2b - rasm). Ikkinchi
qadamni tashlash uchun
kuchlanish ikkinchi chulg‗amdan olinib, teskari qutbga ega bo‗lgan kuchlanish
impulsi birinchi chulg‗amga beriladi, va x.k.
Bir qadam uchun burchak siljishi quyidagiga teng bo‗ladi:
α =π/pn
,
bu yerda:
p
–rotor qutb juftliklari soni (7.2 - rasmdagi sxemada
p
= 1).
n
– stator chulg‗ami fazalari soni.
Ulanishning ko‗rib chiqilgan algoritmidan tashqari bir muncha murakkabroq
ulanish algoritmi ham qo‗llanilishi mumkin. Unda qadam kattaligini ikki barobar
kamaytirish imkoni bo‗ladi. Boshlang‗ich berilganlar 7.2 - rasmda ko‗rsatilgan
birinchi chulg‗am ulangandagi shartlarga mos kelsin deylik.
Unda birinchi
chulg‗amdan kuchlanishni olmasdan, ikkinchi chulg‗amni 7.2с - rasmdagi
qutblanish bilan ulaymiz. Bunda magnit yurituvchi kuchning umumiy fazaviy
vektori stator
qutblari orasida joylashadi, ya‘ni magnit oqimi o‗qi
π/4
burchakka
buriladi. Unga mos ravishda rotor ham qulay bo‗linmaning yarmiga buriladi, ya‘ni
π/4
burchakka.
Qadamli motorni reverslash uchun kunlanish impulsi qutbni o‗zgartirish zarur.
Boshqarishning har bir impulsiga rotor burilishining bitta qadami to‗g‗ri keladi.
Rotorning umumiy burilish burchagi boshqaruv impulslar soniga mos keladi N
θ = α ·N,
burilishning o‗rtacha tezligi esa – kommutatsiya (ulanish) chastotasiga (
f
k
):
ω = α ·f
k
.
Ulanish chastotasi qadamli elektr yuritmaning asosiy parametri hisoblanadi.
Ulanishning ruxsat berilgan chastotasi chulg‗amlarining elektrmagnit inersionaligi
215
hamda rotor va yuritiladigan mexanizmlarning mexanik inersionligi bilan
cheklanadi. Inersionlik qancha yuqori bo‗lsa, motor validagi moment shuncha
yuqori bo‗ladi va ruxsat berilgan ulanish chastotasi shuncha kichik bo‗ladi.
Zamonaviy qadamli motorlar konstruktiv tuzilishi bo‗yicha turlicha bajariladi.
Ular bir fazali,
ikki fazali, ko‗p fazali, aktiv rotorli va passiv rotorli turlarda
bo‗ladi.
Aktiv rotorli konstruksiyalar odatda doimiy magnitli bo‗lib, qadamining
kattaligi
π/12
dan
π/2
gacha bo‗ladi. Bu motorlarning ulanish chastotasi 500 Gs
gacha bo‗ladi.
Kichik qadamli motorlar uchun chulg‗am va doimiy magniti bo‗lmagan passiv
rotorlar ishlatiladi. Reaktiv qadamli motor statori aniq belgilangan qutblarga ega
bo‗ladi va bu qutblarda Z
s
tishlar yo‗nalgan bo‗ladi (7.3 - rasmga qarang).
Rotorning aylanasi bo‗ylab juft sonli (lekin 4ga bo‗linmaydigan) Z
r
tishlar
yo‗nalgan. Rotor tishlarining sonini tanlaganda rotor
tishlarining stator oraliq
qutblariga nisbatan hohlagan holatida ¼ tish bo‘limiga siljitilishiga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: