7.4 - rasm. Chiziqli bir koordinatali
motor konstruksiyasi
7.5 - rasm. Silindrik konstruksiyali
chiziqli motor
Stator hamda ikkilamchi element orasidagi elektrmagnit bog‗lanishni
kuchaytirish maqsadida, ikkilamchi element ikkita stator orasidagi chiziqli
tirqishga joylashtiriladi yoki motor konstruksiyasi silindr shaklida bajariladi (7.5 -
rasm).
Motor slindr shaklida bo‗lganda uning statori trubka (1) ko‗rinishda bo‗lib,
uning ichiga slindrik shaklda yig‗ilgan g‗altaklar (2) joylashtiriladi, ular stator
chulg‗amlari bo‗ladi. G‗altaklar orasida ferromagnit halqalar (3) joylashtirilgan,
ular magnit o‗tkazgichning bir qismi bo‗lib xizmat qiladi. Ikkilamchi element
bo‗lgan shtok quvur shaklida bo‗lib ferromagnit materialdan yasalgan.
Chiziqli asinxron motorlar teskari harakatli bo‗lishi ham mumkin, ya‘ni
ikkilamchi element qo‗zg‗almas qilib qotirilib, stator ilgarilanma xarakatga keladi.
Bunday motorlar odatda transport vositalarida qo‗llaniladi. Bunda ikkilamchi
element sifatida rels yoki maxsus tasmadan foydalaniladi, stator esa
harakatlanuvchi aravachaga joylashtiriladi.
Chiziqli asinxron motorlarning asosiy kamchiligi uning F.I.K.ning
kichikligi, va unga asosan energiya yo‗qotilishining kattaligi, ayniqsa ikkilamchi
elementda (sirpanish yo‗qotishlari).
Oxirigi vaqtlarda asinxron motordan tashqari sinxron (ventilli) motorlar ham
ishlatila boshladi. Ventilli motorning ishlash prinsipi 8 – bobda ko‗rib chiqilgan,
va shu prinsip chiziqli motor uchun ham taalluqli bo‗ladi. Bunday motor
konsturksiyasi 7.4 - rasmda ko‗rsatilgan konstruksiyaga o‗xshash bo‗ladi. Motor
219
statori tekislikka yoyilgan, ikkilamchi elementda esa doimiy magnit
joylashtirilgan. Ba‘zida teskari variantlar ham qo‗llaniladi, ya‘ni stator siljuvchan
qismda joylashtirilib, rotor magnitlari tekislikka yoyiladi. Stator chulg‗amlarini
qayta ulash magnitlarining nisbiy holatiga qarab amalga oshiriladi. Bu maqsadda
konstruksiyada holat datchiklari ham nazarda tutiladi (4). (7.4 - rasm).
Holatlanuvchi yuritmalar uchun chiziqli qadamli motorlar ham samarali
qo‗llaniladi. Agar 7.3 - rasmda ko‗rsatilgan qadamli motor statorini tekislikka
yoysak, va ikkilamchi element sifatida plastina shaklidagi tasmani qabul qilib,
unda freza yordamida tishlar qo‗ysak, unda stator chulg‗amlarini mos ravishda
qayta ulaganimizda ikkilamchi element ilgarilanma harakatga keladi va uning
qadami juda kichik bo‗lib, millimetrning bo‗laklariga teng bo‗ladi. Bu motorlarda
ko‗proq holatlarda ikkilamchi element qotirilgan teskari konstruksiya ishlatiladi.
Chiziqli qadamli motorning tezligi tishli bo‗linma kattaligi η, fazalar soni
m
,
va qayta ulanish chastotasiga bog‗liq bo‗ladi:
V = ηf / m.
Bu motorlarda katta tezliklarni hosil qilish uncha qiyinchilik tug‗dirmaydi.
Chunki tishlar oralig‗i kattaligi va chastota kattaligini o‗zgartirish texnologik
jixatdan murakkab hisoblanmaydi, chunki η qiymat uchun minimal ko‗rsatkich
cheklanadi, ya‘ni tish bo‗linmasining stator va ikkilamchi element orasidagi
masofa kattaligiga nisbati 10 dan kam bo‗lmasligi kerak.
Diskret yuritmalarni qo‗llash nafaqat mexanizm konstruksiyasini
soddalashtirishda, balki bir yuritma bilan ko‗p koordinatali harakatni hosil qilish
imkonini ham beradi. Agar harakatlanuvchi qism statorida ikki xil chulg‗am
tizimini ortogonal ravishda joylashtirsak, ikkilamchi elementda esa ikki o‗zaro
perpendikulyar yo‗nalishli ariqchalar yo‗nalsa, unda xarakatlanuvchi element ikki
koordinata bo‗ylab, ya‘ni tekislikda harakatlana oladi. Bu holatda harakatli element
uchun tayanch konstruksiyasi muammo bo‗lib qoladi. Uni hal qilish uchun havo
yostig‗i qo‗llanilishi mumkin. Chiziqli qadamli motorlar kichik tortuvchi
220
(itaruvchi) kuchga ega bo‗lib, ularning F.I.K. lari ham kichik bo‗ladi. Shuning
uchun ularni asosan yengil xarakatlanuvchi mexanizmlarda qo‗llaniladi.
Bunday chiziqli motorlarni ishlatish murakkab tuzilishga ega bo‗lgan
kinematik uzatmalardan voz kechish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |