7
I BOB. MA’NO KO‘CHISH USULLARINI O‘RGATISHINING
NAZARIY-AMALIY ASOSLARI
1.1.
Metaforalarning o‘zbek tilshunosligida o‘rganilishi
Ko‘chma ma’no biror so‘z leksik ma’nosi referenti bilan obyektiv
borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi
yoki sezgi kabilardan biri
aloqador yoki munosabatda bo‘lganligi uchun, uning nomida atalib ketishi orqali
yuzaga keladi. Ya’ni so‘z leksik ma’nosi ikkinchi bir leksik ma’noni hosil
qiladi. Shu sababli keyingi leksik ma’no metafora deb ataladi.
O‘zbek tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishda
asosan A.A.Reformatskiy bilan hamfikrlik qilganlar. Faqat uch darslik
mualliflari farqli qarash bilan chiqqanlar. R.A.Bigayev va P.A.Danilovlar
o‘zlarining hamkorlikdagi darsliklarida ko‘chma ma’no
yuzaga keltiruvchi
hodisalarning hammasini metafora deb ko‘rsatganlar
8
. O.Azizov
9
sinekdoxani
metafora tarkibiga kiritish bilan yuqoridagilardan farqlanadi . Y.Pinxasov
10
o‘z
darsligida vazifadoshlikni tilga olmaydi.
O‘zbek tilshunosligida ko‘chma ma’nolarni o‘rganish bo‘yicha prof.
M.Mirtojiyev va I.Shukurov, Z.Tohirov, D.Xo‘jayeva; shuningdek, prof.
Sh.Rahmatullayev va R.Yunusovlar chuqur ilmiy tadqiqot ishlarini olib
bordilar. M.A. Hamroyev
11
, H.
Jamolxonov
12
, R. Sayfullayevalar
13
o‘zlarining
o‘quv qo‘llanmalarida ma’no ko‘chishini to‘rt guruhga bo‘lganlar. Ko‘chma
ma’noning keng tarqalgan turi metaforadir. O‘zbek tilida metafora leksik ma’no
taraqqiyot yo‘llaridan biri sifatida qaraladi hamda ko‘chimning o‘xshashlikka
asoslangan turi sifatida baholanadi. Sh.Rahmatullayev metafora ko‘chimning
boshqa turlari bilan sinkretik ishlatila olish imkoniyatiga e’tibor qaratadi:
metaforik-funksionallik, metaforik-metonimiya, metaforik-sinekdoxa va hokazo.
8
Данилов П. А., Бигаев Р. И. Ввдение в языкозание. –Ташкент, 1954. –C. 12.
9
Азизов О. Тилшуносликка кириш. –Тошкент: Ўқитувчи, 1963. –Б. 63.
10
Пинхасов Й. Ҳозирги замон ўзбек тили лексикаси. –Тошкент: Ўқитувчи, 1960. –Б. 40.
11
Hamroyev M. A. O‘zbek tilidan ma’ruzalar majmuasi. –Toshkent, 2006. –B. 45.
12
Jamolxonov H. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: O‘zbekiston milliy ensikilopediyasi, 2013. –B. 266-269.
13
Sayfullayeva R. Va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent, 2009. –B. 108-110.
8
Samolyotning qanoti metaforik birikmasida qush qanotiga, nafaqat, vazifa, balki
shakl jihatidan ham o‘xshaydi.
Shundan kelib chiqib, metafora yo‘li bilan ko‘chirishning quyidagi
ko‘rinishlarini ajratadi:
1. Bir predmetning nomi boshqa bir predmetga shakliy o‘xshashlik asosida
ko‘chiriladi:
og‘iz-
(odamning og‘zi) –
og‘iz-
(shishaning og‘zi),
qo‘ltiq-
(odamning qo‘ltig‘i) -
qo‘ltiq-
(dengizdagi qo‘ltiq),
tish-
(odamning tishi) –
tish-
(arraning tishi),
etak-
(kiyimning etagi) –
etak-
(tog‘ning etagi) kabi.
Bunday
ko‘chirish natijasida ba’zan zid ma’no ham tug‘ilishi mumkin. Masalan,
bosh-
leksemasining birinchi ma’nosidan metafora yo‘li bilan ko‘chirish asosida
“ibtido”, “muqaddima” ma’nosi hosil bo‘lgan:
maqolaning boshi
kabi. Bundan
tashqari, “oxir”, “xotima” ma’nosi ham o‘sib chiqqan:
boshi berk ko‘cha
kabi.
Bir leksemaning bunday zid ma’nolarni anglatishi hodisasi
enantiosemiya
deyiladi (yunoncha
en-
“yaqin”,
anti-
“qarshi”). Yana qiyoslang:
Koridorning
u boshidan bu boshigacha stullar qo‘yilgan.
Bu
jumlada
bosh
leksemasi
umuman tomon ma’nosiga ega bo‘lib qoladi.
2. Bir predmetga (ba’zan harakatga) xos belgining nomi boshqa bir
predmetdagi belgiga ko‘chiriladi:
achchiq-
(
achchiq qalampir-
) –
achchiq-
(
achchiq gap
),
to‘g‘ri-
(
to‘g‘ri chiziq
) –
to‘g‘ri-
(
to‘g‘ri gap
),
jonli-
(
jonli
tabiat
) –
jonli-
(
jonli suhbat
),
tez-
(
tez yur
) –
tez-
(
tez odam
) kabi. Bir predmet
nomini boshqa bir predmetga belgi sifatida ko‘chirish ham mavjud:
tosh-
(qattiq
jism) –
tosh nok-
(“qattiq”),
oltin-
(qimmatbaho ma’danning nomi) –
oltin
yaproqlar
(sap-sariq) kabi. Bunda narsaning nomi belgini anglatib keladi.
Yuqoridagi misollarda esa belgining nomi
bir predmetdan boshqasiga
ko‘chiriladi.
3. Bir predmetga xos harakatning nomi boshqa bir predmetning harakatiga
ko‘chiriladi:
savala-
(nimani) -
savala-
(kimni),
cho‘k-
(cho‘kkala-) -
cho‘k
(imoratning cho‘kishi) -
cho‘k
(odamning qariganda cho‘kishi),
o‘l
(jonlilarda
hayotning tugashi) -
o‘l
(o‘simlik palagining so‘lishi, qurishi) kabi
14
.
14
Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o‘zbek tili. –Toshkent: Universitet, 2006. –B. 56.
9
Shu sababali bu kabi holatlarni funksional-metaforik ko‘chirish desa
bo‘ladi. O‘zbek tilshunosligida komponent-semantik tahlilga e’tibor rivojlana
boshlagach, metafora tabiatini o‘rganishga ana shu tahlil usullarini tatbiq etishga
intilishlar yuzaga kela boshladi. Shu xil yo‘nalish namoyondalaridan biri
Z.Tohirov metaforani leksema sememasining pragmatik semasi sifatida
baholaydi. Shuningdek, metafora va o‘xshatish orasidagi farqni uslubda,
shakldagina ko‘radi.
Ilmiy adabiyotda metaforani asosan til va nutq hodisalari sifatida ikki turga
ajratib ko‘rsatadilar. Nutq hodisasi bo‘lgan metafora, shubhasiz,
nazariy
tilshunoslik uchun tekshirish obyekti bo‘lmaydi. U stilistika sohasiga oiddir. Til
hodisasi bo‘lgan metafora esa Yevropa tillariga oid ba’zi adabiyotlarda, yuzaga
keltirgan o‘xshatish belgisiga ko‘ra, bir necha turlarga ajratib beriladi.
O‘zbek tilshunosligida M. Mirtojiyev metaforani o‘xshatish belgisiga ko‘ra
uch turga ajrtadi
15
:
I. O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar ma’no ifoda etgan obyektlarning
o‘xshatilish holatiga ko‘ra, yuqorida qayd etilganday, uch turga: oddiy metafora,
personifikatsiya va sinteziyaga bo‘linadi.
Do'stlaringiz bilan baham: