3. Sinesteziya
ma’lum so‘zning leksik ma’nosi ifoda etgan obyekt boshqa
sezgi orqali his etiladigan ikkinchi bir obyekt (kishi subyektining
umumlashtirishida o‘ziga o‘xshash bo‘lgani uchun) nomdosh qilib olishidir.
Buning orqasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko‘chma
ma’noga ega bo‘ladi. Masalan,
mayin
so‘zining leksik ma’nolaridan biri
paypaslab, ushlab ko‘rish orqali his etiladigan belgini ifoda etadi. Tovushning
ohista va yoqimlilik belgisini ifoda etuvchi ko‘chma ma’no esa mazkur
ma’nodan hosil bo‘lgan. Bu belgilar subyektiv o‘lchov, sezgiga ta’sir etishi
nuqtayi nazaridan umumlashtirilgan va o‘zaro o‘xshatilgan. Masalan, Faqat
suvning mayin jildirashi eshitiladi (S. Zunnunova).
Sinesteziya sifat, ot, fe’l va ravish turkumiga oid so‘zlarda uchraydi.
11
Demak,
oddiy
metaforada
belgilariga
qarab
oddiy
qiyoslash,
personifikatsiyada jonlantirish natijasida qiyoslash, sinestaziyada esa subyektiv
holatda qiyoslash o‘xshatish uchun asos bo‘ladi.
II.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar o‘zi hosil qilgan ko‘chma
ma’noning ekspressiv-stilistik bo‘yoqqa egaligiga ko‘ra ikki turga bo‘linadi:
1.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar natijasida hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’nolar sof tushunchani, ya’ni obyektni ifoda etish bilangina
cheklanadi. Masalan, gul so‘zida ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz ko‘chma ma’no
hosil bo‘lgan, uning “o‘simlik jinsiy a’zosi” leksik ma’nosidan “kashtachilik
buyumlaridagi bezak” ko‘chma ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ma’no obyektni ifoda
etish bilangina chegaralangan. Unda subyektiv hech narsa o‘z ifodasini
topmagan. Masalan,
Mehrini esa do‘ppisining gulidan tanidi
(Sh. Rashidov).
Ekspressiv-stilistik bo‘yoqsiz metaforalar sifat, fe’l va ravish turkumiga
oid so‘zlarda ham yuzaga keladi.
Ko‘pchilik ishchilar, yosh shoirlar,
yozuvchilar, progressiv intelligentlar edi
(Oybek).
Qishloqqa qorong‘i
tushganda yetib kelishdi
(A. Qahhor).
Qahramonlar aslo o‘lmaydilar, ular
mangu hayot
(A. Rahmat) gaplaridagi
yosh, yetmoq, aslo
so‘zlarining ko‘chma
ma’nosi ekspressiv bo‘yoqsiz metafora natijasidir.
2.Ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar natijasida hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’nolar tushuncha, ya’ni obyektni ifoda etish bilan unga nisbatan
subyektning munosabatini ham bildiradi. Masalan, dum so‘zining “imtihon yoki
topshiriq bo‘yicha qarz” ko‘chma ma’nosi ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metafora
natijasida hosil bo‘lagan:
Maktabda yurar mish-mish, Norvoyning dumi bormish
(Q.Muhammadiy).
Gul
va
dum
so‘zlaridagi ko‘chma ma’no hosil bo‘lishi oddiy metafora
natijasidir. Oddiy metafora bo‘yoqli ham, bo‘yoqsiz ham bo‘lishi mumkin.
Ammo sinesteziya asosan bo‘yoqsiz bo‘lgani holda, personifikatsiya asosan
bo‘yoqli bo‘ladi. Chunki jonlantirish o‘z tabiati bilan subyekt munosabatlaridan
kelib chiqadi. Masalan,
yemoq, dam, beor
so‘zlarida sodir bo‘lgan
personifikatsiyani eslashning o‘zi kifoya.
12
Metafora natijasida ma’lum so‘zda ko‘chma ma’no hosil qilinar ekan, u
subyekiv maqsaddan kelib chiqqan bo‘lishi ham mumkin. Bunda hosil bo‘lgan
ko‘chma ma’no o‘zini hosil qilgan leksik ma’noning xususiyati bilan so‘zda
ifoda topadi. Mana shu ma’noning subyektiv munosabatini bildiruvchi
bo‘yog‘idir. Masalan, imtihon bo‘yicha qarzning hayvonga xos dum orqali ifoda
topishi, albatta, subyektning salbiy munosabatidan kelib chiqqan va metafora
salbiy bo‘yoqni yuzaga keltirgan.
Demak, ekspressiv-stilistik bo‘yoqli metaforalar subyektiv munosabatni
ham bildiradigan ko‘chma ma’no hosil qilishi bilan ekspressiv-stilistik
bo‘yoqsiz metaforalardan farq qiladi.
III.O‘zbek tilidagi lingvistik metaforalar, ma’lum so‘zning leksik
ma’nosidan qanday jarayon bilan ko‘chma ma’no hosil qilishiga ko‘ra ikki turga
bo‘linadi:
1.Lingvistik bo‘lmagan yoki nolingvistik asosli metafora biror so‘zning
ma’lum leksik ma’nosi ifoda etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa
obyektni ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi
obyektni atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. Garchi so‘z va uning hosil
bo‘lgan ko‘chma ma’nosi lingvistik fakt bo‘lsa ham, so‘zning ko‘chma ma’no
hosil qilishi uchun sabab bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora tildan tashqarida
yuzaga keladi. Masalan,
dum
,
gul
,
yosh
,
mayin
va hokazo so‘zlarning yuqorida
keltirilgan ko‘chma ma’nosi nolingvistik asosli metafora natijasidir.
2.Lingvistik asosli metafora biror so‘zning ma’lum leksik ma’nosi ifoda
etgan obyektga o‘xshash deb topilgan boshqa obyektni ma’lum grammatik
jarayonlardan keyin atalishidir. Shu orqali mazkur so‘zda keyingi obyektni atash
hisobiga ko‘chma ma’no hosil bo‘ladi. So‘z va uning hosil bo‘lgan ko‘chma
ma’nosi til fakti bo‘lishi bilan birga, so‘zning ko‘chma ma’no hosil qilishi sabab
bo‘lgan hodisa, ya’ni metafora ham til hodisasi sifatida yuzaga keladi. Ya’ni
avval o‘xshatish konstruksiyasi yoki atributiv birikma tuziladi va biror
komponent konstruksiyasi yoki birikmaning ma’nosini o‘zida saqlab qolib,
qolgan komponentlar ellipsisga uchraydi. Masalan
, do‘mboq
so‘zi “to‘ladan
13
kelgan bola” ko‘chma ma’nosiga lingvistik asosli metafora natijasida ega
bo‘lgan, ya’ni bu so‘zdan avval
do‘mboq bola
birikmasi tuzilgan:
Juvon:” Voy,
mana bu
Do'stlaringiz bilan baham: |