1.2 Ma’no ko‘chish usullarini o‘rganishda xorij tajribasi
Metafora tilshunoslikning boshlang‘ich sohalaridan biri hisoblanib,
qadimdan olimlarning ulkan qiziqishiga sabab bo‘lib kelmoqda. Tabiiyki, turli
xil qarashlar yuzaga keladi va ular metaforani ritorik va kognitiv yo‘nalishlarda
talqin qilinadigan “an’anaviy” va “zamonaviy” metafora maktablariga
ajratishgan.
Ritorika yo‘nalishidagi “an’anaviy metafora” yoki “metafora ilmi” tarixi
Aristoteldan Richardsga borib taqaladi. Aristotelning “Poetika” asarida metafora
(to‘g‘rirog‘i epifora) tushunchasiga ta’rif berilgandan buyon bu hodisaga
qiziqish ortgan. O‘tgan davrlar mobaynida metaforaga ko‘plab ta’riflar berilgan
bo‘lib, shu soha bilan shug‘ullanganlarning hammasi Arastu ta’rifini yodga olib
o‘tadilar.
Aristotelning o‘zi ham bu haqda quyidagi fikrlarni e’tirof etgan: “Ko‘chma
so‘z (metafora) narsaga xos bo‘lmagan, jinsdan turga, yoki turdan jinsga, yoxud
turdan turga ko‘chirilgan yoinki o‘xshatilgan so‘zdir.
15
1. Jinsdan turga ko‘chirilgan so‘zlarga “Ana mening kemam turibdi”
jumlasi misol bo‘la oladi. Bu yerda umuman “turibdi” so‘zi “langarda turibdi”
xususiy ma’nosini anglatadi.
2. Turdan jinsga ko‘chirilgan so‘zlar “Minglab shavkatli ishlarni qildi
Odissey...” jumlasidagi, “minglab” so‘zi umuman “ko‘plab”ning xususiy holati
bo‘lgani uchun, bu o‘rinda, ko‘plab ma’nosini anglatadi.
3. Turdan turga ko‘chirilgan so‘zlar, masalan, “Mis bilan jonni bo‘shatib”
va “suv zarrasini charchamas mis bilan kesib”. Birinchi holda “bo‘shatib”so‘zi
“kesib” ma’nosini, ikkinchi holda “kesib” so‘zi “bo‘shatib” ma’nosini anglatadi.
4.O‘xshatilgan so‘z bu yerda men ikkinchi so‘z birinchisiga qanchalik
aloqasi bo‘lsa, to‘rtinchi so‘z uchinchisiga shunchalik aloqador bo‘lgan holni
nazarda tutaman. Shuning uchun (shoir) ikkinchi so‘z o‘rniga to‘rtinchisini yoki
to‘rtinchi so‘z o‘rniga ikkinchisini aytish mumkin. Goho bunga almashtirilgan
so‘zga aloqador bo‘lgan so‘z ham qo‘shiladi. Masalan, kosa Dionisga qanchalik
aloqador bo‘lsa, qalqon Aresga shunchalik aloqador. Shuning uchun kosani
“Dionis qalqoni” qalqonni esa “Ares kosasi” deyish ham mumkin”
18
.
Arastu metaforani “g‘alati nomning yo jinsdan turga, yo turdan jinsga, yo
turdan turga, yo o‘xshashlik asosida ko‘chishidir”,-deb ta’riflaydi. Bu ta’rifda
bizga notanish tuyuluvchi “g‘alati” atamasini Arastuning o‘zi shunday
izohlaydi:
“Men ko‘p qo‘llanadigan hamma so‘zlardan boshqasini noyob so‘zlar,
metafora, cho‘zilgan va boshqa so‘zlarni “g‘alati” deb atayman”.
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, metafora “g‘alati” nomlarning bir turi.
“G‘alati” nom esa (bu o‘rinda aynan, metaforaga nisbatan) aslida mavjud emas,
u oddiy nom natijasida hosil bo‘ldi. Demak, mohiyatan olib qaraganda, metafora
ko‘chim asosida hosil bo‘lgan g‘alati nomdir, g‘alati nomning ko‘chishi emas.
Richards o‘zining “O‘zaro munosabatlar nazariyasi ta’rif etilgan ritorika
falsafasi”
19
asarida metafora mohiyatini metaforik ibora va u ishlatilgan kontekst
18
Аристотел. Поетика. –Тошкент: Адабиёт ва санъат, 1980. –Б. 45.
19
Richards I. A. The Philosophy of Rhetorics. –London: Oxford University Press, 1936.
16
o‘rtasidagi munosabatda o‘z aksini topadi, deb ta’kidlab o‘tgan. O‘zaro
munosabatlar nazariyasi odatiy metaforani to‘g‘ri kuzatuv natijasida yuzaga
kelgan.
An’anaviy metafora tarafdorlari aytishicha, metafora faqatgina tushuncha,
ya’ni bitta so‘zni ikkinchi so‘zga o‘zgartirish, so‘zning ta’sirini oshirish va
bezak berish uchun ko‘maklashadigan vositadir.
1980-yildan metaforani o‘rganish yangicha tus oldi. Lakof va Jonson
o‘zlarining “Biz bilan yashayotgan metafora”
20
asarida tilshunoslik sohasidagi
metafora mohiyatini tubdan o‘zgartirib yuborishdi. Ularning ta’kidlashicha,
metafora poetik tasvirlash yoki ritorik bezak berish vositasi emas, balki harakat
va fikr hodisasidir.
Koveksesning fikriga ko‘ra, g‘azab, g‘urur va muhabbat konsepsiyalangan
tushunchalar hisoblanadi
21
. Yuqoridagi izlanishlarning barchasi metaforani
tafakkur hodisasi ekanligini ta’kidlab o‘tishgan. Jumlada, metafora- bu inson
ongi va dunyoqarashini bog‘laydigan vositadir.
So‘zning kо’chma ma’nosi yuzaga kelishini tasnif etish uchun so‘zning
hosil qiluvchi va hosila ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabat ahamiyat kasb
etadi. Ko‘chma ma’no yuzaga kelishini turli tilshunoslar hosil qiluvchi va hosila
ma’no referentlari o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra bir necha tipga bo‘ladilar.
G’arbiy Yevropa tillari tilshunoslari ko‘chma ma’no yuzaga kelishi
hodisasini uch ko‘rinishga bo‘ladilar. Fransuz tilshunosi J.Maruzoning lingvistik
lug’atida ham, nemis ensikilopedik lingvistik lug’atida ham u uchga: metafora,
metonimiya, sinekdoxaga bo‘lingan
22
.
S.Ulman
ikkiga:
metafora
va
metonimiyaga bo‘lib o‘rganadi
23
.
Rus lingvistlari asosan Yevropa tillari tilshunosligiga asoslanib, ko‘chma
ma’no yuzaga kelishini tasnif qilishgan bo‘lsa ham, ko‘rinishini belgilashda
ba’zan bir, ba’zan undan ortiq farq qilishganligini ko‘rish mumkin.
20
Lakoff G. and Johnson M. Metaphors We Live By. –Chikago: University of Chikago Press, 1980.
21
Kovecses G. Metaphors of Anger, Pride and Love. –Amsterdam: Benjamins, 1986.
22
Марузо Ж. Словар лингвистических терминов. –Москва, 1960.
23
Ульман Ст. Семантические универсалии // Новое в лингвистике. –Москва: Радуга, 1970. –С. 276.
17
Rus tilshunosi L.A.Bulaxovskiy ko‘chma ma’no yuzaga kelishini oltiga
bo‘ladi:
1) metafora (кузнечик-kichik temirchi, chigirtka);
2) vazifadoshlik (перо-pat, po‘latdan ishlangan yozuv quroli);
3) emotsionallik (голубчик-kaptarcha, suygunchak bola);
4) metonimiya (пота-ter, mehnat);
5) xalq etimologiyasi (давлеть-yetishmoq, bosmoq);
6 aloqadorlik (небо-osmon, tanglay)
24
.
Ba’zi ingiliz, fransuz, nemis va arab leksikologiyasi bilan shug’ullanagan
rus tilshunoslari faqat metafora bilan metonimiyani ajratganlar.
Rus tilshunosi N.M.Shanskiy ko‘chma ma’noni uchga: o‘xshashlik, ya’ni
metafora, yondoshlik- metonimiya, vazifadoshlikka ajratadi. D.N.Shmelev ham
N.M.Shanskiydek uni uchga bo‘ladi. Lekin u sinekdoxa hodisasini ham qayd
etib, metonimiyaning bir ko‘rinishi deb aytadi
25
. A.A.Reformatskiy to‘g’ridan-
to‘g’ri to‘rt ko‘rinishda deb bergan, ammo u D.N.Shmelevdan farqli sinekdoxani
alohida hodisa deb ataydi.
Arman tilshunosi E.B.Agayan D.N.Shmelevda ancha ilgari ko‘chma
ma’no yuzaga kelishini xuddi unga o‘xshab sinekdoxani metonimiya tarkibida
deb, uchga bo‘lgan.
Turkiy xalqlar tilshunosligida ham bu hodisa shu tasniflar ko‘rinishida
ajratilgan. Ozarbayjon tilshunosi S.Jafarov, shunungdek, qozoq tilshunosi
G.G.Musaboyev rus tilshunosi A.A.Reformatskiy tasnifiga qo‘shilgan.
Qoraqalpoq tilshunosi E.Berdimuratov faqat metafora va metonimiyani ajratgan.
Boshqirt tilshunosligida xuddi shu yo‘l tutilgani holda, metonimiya tarkibiga
sinekdoxa kiritiladi. Tatar tilshunosi K.Sabirov ko‘chma ma’no yuzaga
kelishini beshga bo‘ladi: o‘xshashli(metafora), aloqadorlik, (metonimiya),
vazifadoshlik, qamrash doirasiga ko‘ra, xususiyat yaqinligiga ko‘ra
26
.
24
Булаховский Л.А. Введение в языкознание. –Москва, 1955. –С. 57-63.
25
Шмелев Д.Н. Очерки по семасиологии русского языка. –Москва, 1964. -С. 64.
26
Современный татарский литературный язык. Лексикология. Фонетика. Морфология. –Москва: Наука,
1969. –С.53.
18
Metafora asosida o‘xshashlikning mavjudligini shu soha bilan
shug‘ullanganlarning barchasi e’tirof etadi. Lekin o‘xshatishning metaforadagi
o‘rni masalasida turli fikrlar bildiriladi.
“Metafora qisqargan o‘xshatishdir” (A. Potebnya,) ya’ni o‘xshatishga xos
bo‘lgan “kabi”, “xuddi”, “aynan” “o‘xshamoq” kabi so‘zlar tushirilsa, metafora
yuzaga keladi.
Masalan: U gul kabi go‘zal va nafis edi //
U go‘zal va nafis gul edi.
Polyak olimi Y. Kasyan ham yuqoridagi fikrni rivojlantirishga harakat
qiladi. Agar kelib chiqishini tekshiradigan bo‘lsak, shaksiz, aniqlash mumkin
bo‘ladiki, u yoki bu metafora u yoki bu o‘xshatishdan rivojlangan bo‘ladi.
Biroq shunday asosda xuddi qarama-qarshi xulosa chiqarish ham mumkin-
ko‘plab o‘xshatishlar metaforadan kelib chiqqan
27
. Shuning uchun ayrim olimlar
metafora va o‘xshatish orasidagi farqqa alohida e’tibor berganlar.
Masalan, Veselovskiy, Ch. Kukin, M. Shteynlar fikricha, o‘xshatishda
o‘xshatilayotgan narsalar ajratib tasavvur qilinsa, metaforada ular bir butundek
tushuniladi.
O‘xshatish
va
metaforaning
bunday
tig‘iz
olib
o‘rganilishi
A.Vejbitskayada e’tiroz tug‘diradi.
Har ikkala hodisa asosida o‘xshashlik yotishi mutlaqo ularda semantik farq
yo‘q degan xulosaga olib kelmasligi kerak: “Metafora va o‘xshatish ichki tarkibi
bilan farqlanadi”.
A. Vejbitskaya fikricha, metafora mohiyatan inkorni nazarda tutadi:
ko‘zlar-olov, insonlar-vaxshiy sherlar deyilganda, hech kim haqiqatan ham
ko‘zni olov, odamni sher deb o‘ylamaydi, bunday fikrni rad etadi, inkor qiladi.
O‘xshatishda esa o‘xshashlik o‘z mavqeyini saqlab qoladi
28
. Qadimiy
metaforalar mazmuniy qurililishini tekshirar ekan, Ortiga-i Gasset ham shunga
o‘xshash fikrni olg‘a surgandi: “Ong rivojlanishning juda ibtidoiy bosqichlarida
27
Кассир Э. Сила метафоры // Теория метафоры. –Москва, 1990. –С. 33.
28
Вежбицкая А. Сравнение-градация-метафора // Теория метафоры. –Москва, 1990. –С. 145.
19
metaforaning lug‘aviy ifodasida ikkilngan jarayonda, avallo, tasdiq, so‘ng inkor
aks etib turadi”.
Inkorning metaforik mazmun tarkibida tutgan o‘rnini yanada keng
tushunish natijasida Monro Birdeli metafora tarkibida o‘xshashlik borligini rad
etadi. Uningcha, metaforik bog‘lanish asosida o‘xshashlik emas, mantiqiy
qarama-qarshilik yotadi. Masalan, “kulayotgan quyosh” metaforasining yuzaga
kelishida quyoshga o‘xshatishning umuman xos emasligi, uningcha, ziddiyatni
keltirib chiqaradi va metafora asosida aynan shu ziddiyat turadi. Ammo bu
mazmunda M.Birdeli ham har qanday oppozitsiya, har qanday ziddiyat asisida
o‘xshashlik turishini nazardan chetda qoldiradi. Agar muayyan o‘xshshlik
bo‘lmasa, ziddiyat yuzaga kelmaydi. M.Birdeli ham, demak, o‘xshatish va
metaforani turlicha ichki qurilishga ega hodisalar siftida baholovchilardan-da
farq qilib, ular orasida mutlaqo bog‘liqlik ko‘rmaydi.
Demak, metafora va o‘xshatish orasidagi munosabatga qarash ikki xil:
1. Metafora – qisqargan o‘xshatish, ya’ni ular orasida farq tashqi
shakllanishidadir.
2. Metafora va o‘xshatish o‘zaro mazmuniy (ichki) shakllanuv jihatidan
farq qiladi.
Umuman, metaforaga berilgan ta’riflarda uni yondash hodisalar bilan
qo‘shib yuborilgan holatlar ko‘p uchraydi.
Masalan, E. Kassirer metaforaga quyidagicha ta’rif beradi: “Metafora bir
tasavvur nomini unga mutanosib qandaydir belgiga ega bo‘lgan yoki u bilan
qandaydir bilvosita “analogiya”larni nazarda tutuvchi boshqa soha-boshqa
tasavvurga ko‘chirish deb tasavvur qilish mumkin”.
Ta’rifdan ma’lumki, E.Kassirer metafora asosida o‘xshashliknigina
ko‘rmaydi, balki umuman har qanday “analogiya”larni nazarda tutadi. Natijada
metafora tushunchasi ostiga metonimiya va sinekdoxa ham kiritiladi. Chunki
nomi ko‘chayotgan va nomni qabul qilayotgan predmetlararo belgining tabiati
izohlanmaydi: (o‘xshashlikmi, bog‘liqlikmi, butun qismlikmi...) shuning uchun
20
nom ko‘chishning bir necha xil belgiga asoslanganligi bilan farqlanuvchi turlari
chatishib ketadi.
F. Uilrayt metaforaning ikki turini taqdim etadi. Epifora “ma’noning
o‘xshatish vositasida kengayishini va tarqalishini”, diafora “sintez va yonma-
yonlik yordamida yangi ma’noning tug‘ilishi”ni bildiradi.
Avvalo, shunga e’tibor qaratish lozimki, F. Uilrayt ma’no kengayishi
haqida gapirganda, ma’no tarkibida (strukturasi-semik qurilishida) muayyan
o‘zgarishlarni (kengayish hisobiga) nazarda tutadi. So‘zning metaforik
qo‘llanishi esa mutloq uning mazmuniy tarkibi mohiyatini o‘zgartirmaydi.
Uning mazmuni o‘zining ontologik butunligini saqlab turadi.
Metaforani nom ko‘chishning boshqa usullaridan farqlovchi obyektiv yoki
subyektiv o‘xshashlikka asoslanish belgisi murakkab hodisa bo‘lib, ikki omil
bilan belgilanadi.
1.Metaforada ko‘chishning ko‘chish bazasi doim ham to‘la, aniq
bo‘lavermaydi. Masalan, “oltin bosh”, ko‘chayotgan so‘z oltin aynan qaysi so‘z
o‘rnida kelayapti - noaniq. Balki “qimmatli”, “aqlli”, “dono” va hokazo. Ammo
bu noaniq. Sanab o‘tilgan so‘zlarning har birida oltin bilan mutanosib sema bor.
2. O‘xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa
shaxs uchun o‘xshashlikni tiklash qiyin kechadi, hatto umuman mumkin
bo‘lmaydi. Masalan, kimdir sevgan odamini “chumchuqcham” desa,
chumchuqni yoqtirmaydiganlar bu metafora asosini topa olmaydilar. Bunday
atashda mehr yoki mazah yotganligini farqlay olmaydilar.
Demak, metafora asosida turuvchi o‘xshashlik metafora tabiatiga ta’sir
o‘tkazadi. Shunga ko‘ra metafora – o‘xshatish ochiq bo‘lganda tushunarli,
o‘xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o‘xshatish yo‘qolganda sezilarsiz
bo‘ladi.
O‘xshashlikning yo‘qolishi metaforik qo‘llanuvchi so‘zlarni oddiy
nomlarga aylantirib qo‘yadi.
21
A.
Avelichevning
fikricha,
metafora
so‘zlovchining
quyidagi
ehtiyojlaridan kelib chiqadi: birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan,
nomlanganda ham nomning “gapiradigan bo‘lish zaruriyati”
29
.
Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki
xil hodisa nazarda tutiladi.
1.
Nomsiz narsani nomlash;
2.
Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi)
Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o‘tirishga hojat yo‘q,
chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi
nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo‘lgan nom
so‘zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta’minlay olmay qolganda
yuzaga keladi. Ayrim tilshunoslar so‘zning ko‘chma ma’nosi ikkilamchi
nominatsiya natijasidir deb hisoblaydilar.
Agar muayyan so‘zda ayni jarayon (ikkilamchi)da qatnashish imkoniyati
bo‘lmasa, u bu jarayonda qatnasha olmaydi. Bunday imkoniyat esa so‘z
sememasi (ma’nosi)ning tarkibiy qismlari - semalarining nisbiy mustaqillikka
erisha olish qobiliyatidir. Ya’ni ikkilamchi nominatsiya uchun zaruriy semalar
yorqinlashadi, mustaqillashadi va mutanosib semaga ega bo‘lgan boshqa bir
so‘z bilan sintagmatik aloqaga kirishadi. Natijada ikkilamchi nominatsiya
yuzaga keladi.
Demak, ko‘chma ma’noni o‘rganish Aristotel zamonidan boshlanib shu
kunga qadar davom etib kelmoqda. Jahon tilshshunosligida ko‘chma ma’noni
olimlar Aristotel ta’rifiga tayangan holda tadqiq qilganlar va o‘rganganlar.
Keyinchalik o‘zbek tilshunoslari ham jahon tilshunos olimlarining tadqiqotlariga
tayangan holda ko‘chma ma’nolar ustida ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Natijada metafora o‘zbek tilshunosligida o‘z o‘rniga ega hodisalardan biri bo‘lib
qoldi.
29
Авеличев А. К. Заметки о метафора.–Москва, 1973. – С. 25-28.
22
Do'stlaringiz bilan baham: |