Mavzu: Yorug’lik dispersiyasi. Spektral analiz. Kamalak qanday hosil bo’ladi? - Kamalakning qanday yuzaga kelishini tushunish uchun, avvalo, kamalak quyoshli kunda yo yomg’irdan bevosita oldin, yo yomg’ir paytida, yoki undan keyin yuzaga kelishini unutmaslik lozim. Demak, kamalak havodagi suv tomchilari bilan bog’liq ekan. Ikkinchidan, yorug’lik ikki muhit chegarasidan o’tayotib, bir vaqtning o’zida ham qaytishini, ham sinishini, ham tarkibiy qismlarga ajralishini eslash kerak. Uchinchidan, suv-havo chegarasidan o’tayotganida qizil nur eng kam, binafsha nur esa eng ko’p sinishini hisobga olish kerak. Quyosh yorug’ligi bilan yoritilayotgan yomg’ir tomchisini ko’raylik. Yomg’ir tomchisi shar shaklida bo’ladi, deb faraz qilaylik. Havo - tomchi chegarasida yorug’likning bir qismi qaytadi, boshqa qismi sinib, tomchi ichiga kiradi. Shar sirtiga o’tkazilgan tik chiziq uning radiusi bo’ylab yo’naladi. Yorug’lik nuri tomchi ichiga kirganda sinadi, sinish burchagi tushish burchagidan kichik bo’ladi. Bundan tashqari, qizil rangdagi yorug’lik binafsha rangdagi yorug’likka qaraganda kamroq sinadi Birinchi havo - tomchi chegarasida yorug’lik qaytish qonuniga muvofiq ravishda qaytadi. Tushish burchagi qaytish burchagiga teng bo’ladi. Тоmchi - havo chegarasida yorug’lik tomchidan chiqadi, bu holda sinish burchagi tushish burchagidan katta bo’ladi. Kuzatuvchining ko’ziga yorug’lik tarkibiy qismlarga ajralgan holda yetib keladi.
Nyuton tajribasi! - 1666-yilda buyuk ingliz fizigi Isaak Nyuton ajoyib bir tajriba qildi. Qorong’ilashtirilgan xonaning deraza pardasida cho’zinchoqroq A tirqish qilingan. Yig’uvchi L linza yordamida Nyuton xonaning qarama-qarshi devorida tirqishning tasvirini hosil qildi. So’ng olim yorug’lik dastasi yo’liga uchburchak prizma o’rnatdi. Bu holda xonaning qarama-qarshi devorida rangi biridan ikkinchisiga uzluksiz o’tib boruvchi yettita rangli yo’l hosil bo’ldi. Eng yuqorida qizil yo’l, eng pastda esa binafsha yo’l ko’ringan. Rangli tasvirlar (yo’llar) quyidagi tartibda joylashgan: qizil, zarg’aldoq, sariq, yashil, havorang, ko’k va binafsha.
Nyuton diskining ishlashi Nur sindirish ko’rsatkichining yorug’lik to’lqin uzunligiga bog’liqligi DISPERSIYA deyiladi. - m qizil nur eng katta to’lqin uzunlikka ega
- =3.8binafsha rang eng kichik to’lqin uzunlikka ega
- Bir muhitdan ikkinchisiga yorug’lik o’tganda uning to’lqin uzunligi o’zgaradi, lekin chastotasi o’zgarmaydi.
-
- -to’lqin uzunlik (m)
- Yorug’likning c=3m/s tezlik bilan tarqaladigan elektromagnit to’lqinlardan iborat ekanligini 1873-yilda ingliz olimi J.Maksvell aniqlagan
Do'stlaringiz bilan baham: |