Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari Olimning ma’suliyati va erkinligi Kompyuter etikasi



Download 145,06 Kb.
bet1/3
Sana11.03.2022
Hajmi145,06 Kb.
#490374
  1   2   3
Bog'liq
11 мавзу компютер этикаси


10-mavzu: Kompyuter etikasi. Kompyuter jinoyatchiligi

  1. Hozirgi zamon axloq falsafasining muhim muammolari

  2. Olimning ma’suliyati va erkinligi

  3. Kompyuter etikasi



Ҳозирги замон ахлоқ фалсафасининг муҳим муаммолари
XIX-XX asrlardagi falsafiy ta’limotlardan axloqiy muammolarga eng ko’p e’tibor qaratganlar personalizm, «hayot falsafasi», ekzistensializm va boshqalar edi. Personalizm nuqtai nazaricha, shaxslarning o’z-o’zlarini axloqiy kamolot sari yo’llashi to’la ijtimoiy uyg’unlikka olib kelishi mumkin. Nemis personalizmi asoschilaridan biri M.Sheler (1874-1928) fikricha, insonda ikki bir-biriga qarshi bo’lgan ibtidoning kurashi: axloqiylik va «hayot kuchi» yuz beradi. Inson birinchisiga yoki ikkinchisiga intilishi mumkin. Muammo shundaki, inson qanchalik axloqiy, ma’naviy jihatdan boy bo’lsa, u shunchalik «hayotiy kuch» jihatidan zaif bo’ladi.
F.Nisshe «hayot falsafasi» ning eng yorqin vakillaridan biridir. Shelerdan farqli o’laroq, u o’zining butun kuchi va oshkoraligi bilan «hayot kuchi» (vitalizm)ni targ’ib qilib, ma’naviy qadriyatlar va axloqsizlikka mensimaslik bilan qaraydi.
Ekzistensializm ta’limoti amalan butunlay axloqiy muammoga bag’ishlangan. Bu ushbu falsafiy yo’nalishning kelib chiqish davri bilan bog’liqdir: birinchi jahon urushining oxiri va ikkinchi jahon urushining arafasi. Insoniyatning barcha muammolarining keskinlashuvi (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va hokazo) axloqiy masalalarda o’z ifodasini topmasdan iloji yo’q edi. Ekzistensializm o’z manbasini shu yerdan olib, hayot ma’nosi, zino, xavfxatar, haqiqat, adolat, bema’nilik, isyon, ozodlik va boshqa shu kabi muammolarga katta qiziqish bilan yondashadi. Ekzistensializmda axloqiy tanlash muammosi haqiqatan ham har tomonlama xususiyat kasb etdi. Yirik fransuz ekzistensialisti J.P.Sartr (1905-1980) yozgan edi: «Mavjud bo’lish uchun inson biror narsani tanlashi lozim, ichki tomondan ham, tashqaridan ham unga biror narsa kelmaydiki, uning uchun uni qabul qilishgina qolgan bo’lsin. Inson butunlay va qaytarilmas darajada shunga mustahaq etilganki, u o’z mavjudligini eng mayda juz’iy qismlarigacha juda ham zaruriy tarzda o’zi yaratishi kerak».
XX-XXI asrlar orasi faqat siyosiy, bilish va boshqa jihatlardangina emas, balki ma’naviy-axloqiy muammolardagi yangi yo’nalish va yondoshishlarning shakllanishi jihatidan ham haqiqatan burilish nuqtasi bo’ldi. Jumladan, biologik axloq, tabiat axloqi, ekologik axloq va shu kabi yo’nalishlar shakllandi. Shunday qilib, axloqiy mas’uliyat doirasining kengayishi yuz berdi. Masalan, biologik axloq ta’limotining asoschilaridan biri bo’lgan ingliz faylasufm R.Atfild hyech bir istesnosiz barcha yirik mavjudotlarni axloqiy maqomga ega qilib qo’yadi. «Yer yuzi axloqi» ta’limotining asoschilaridan biri O.Leopold undan ham o’zib ketadiki, uning fikricha, faqat biologik obyektlargina emas, balki ekologik tizimlar ham, biosfera, yer yuzi ham yo’laligicha axloqiy maqomga egadirlar.
Axloq falsafasida yangi yo’nalishlarning shakllanishi, hali unda an’anaviy ma’naviy-axloqiy muammolarga qiziqishning barham topishi ma’nosini anglatmaydi. Ezgulik va illatlar, hayot va o’lim, yaxshilik va yomonlik, to’g’rilik va egrilik, ulug’vorlik va pastkashlik, altruizm va xudbinlik – bu va boshqa ko’plab masalalar asrlar davomida insoniyatning eng asl aql egalarini, faqatgina faylasuflarnigina emas, doim qiziqtirib kelgan.
Mustaqil O’zbekistonning milliy g’oyasini shakllanishi va rivoji do’stlik, xayrixohlik, mehr-shafqat, mehnatsevarlik, poklik, kattalarga hurmat, bag’ri kenglik, ma’rifatparvarlik kabi axloqiy qadriyatlar bilan bog’liqdir1. Jamiyatning haqiqiy gullab-yashnashi, taraqqiyoti faqat shundagina mumkinki, agarda unda ma’naviy-axloqiy asos mustahkam o’rnatilgan bo’lsa.
Ushbu paragrafni A. Eynshteyning so’zlarini keltirish bilan tugallash maqsadga muvofiqdir: «Oxir oqibatda insoniy qadriyatlarning barchasini asosida axloqiylik yotadi».

Download 145,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish