140
YOSHLARDA MAFKURAVIY IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY
MUZEYLARNING O’RNI
Shirinova Firuza Inoyatovna
NavDPI katta o’qituvchi
Mustaqil O’zbekiston jahoning eng ilg’or mamlakatlari safidan o’rin topdi.
Mustaqillik barqaror rivojlanishi uchun mustaqillik dunyoqarashiga ega bo’lgan, milliy
iftixor tuyg’usi bilan yo’g’rilgan, hur va erkan fikrlovchi, ayni vaqtda fuqarolik mas’uliyatini
chuqur his etadigan, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o’z kasb – kori, ijtimoiy muhiti
talab qiladigan, yosh avlodni ajdodlar tarixi, yuksak ma’naviyati
va madaniyati bilan
yaqindan tanishtirish orqali ularda milliy g’urur his – tuyg’ularini tarbiyalash, vatanparvarlik
g’oyalarini shakllantirish, mamlakatimiz ijtimoiy – siyosiy hayotidagi dolzarb masalalardan
biri sanalgan etnodemografik jarayonlarga munosabat bildiri oladigan chuqur bilim va tajriba
bilan qurollangan yoshlarni tarbiyalashni islohotlarning mazmuni etib belgilab qo’ydi.
Ma’lumki, muzeylar tarixiy xotirani jonlantirish omili hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish
to’g’risida” gi Farmoni 1998 yil 12 yanvarda qabul qilinib, u mamlakatimiz muzeylari va
muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. 2008 yilning sentyabrida qabul
qilingan “Muzeylar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni milliy
muzeylarimiz faoliyatini davlat siyosati darajasiga ko’tarilganidan dalolatdir. Mamlakatimiz
hududida mavjud bo’lgan muzeylarimiz
faoliyatini takomillashtirish, ularda xalqning
ma’naviy axloqiy kamolotida tutgan o’rnini yanada oshirish maqsadida “O’zbekmuzey”
jamg’armasi tuzildi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar
qurilish tashkilotlari, qishloq , jamoa, boshqaruv xo’jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat
markazlarida, xalq ta’limi tizimida 1200 dan ortiq muzeylar bo’lib, ular qatorida o’nlab
yozuvchilar, olimlar, shoirlar, rassomlar, mashhur san’at arbablarining uy muzeylari faoliyat
ko’rsatmoqda.
Muzeylar madaniy – ma’rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar,
madaniy va moddiy ashyolarni to’plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash, ularni
o’rganish, tadqiq qilish, ko’rgazmalar tashkil etish barobarida dunyoga tanitish, hamda eng
asosiysi yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’minlashdan
iboratdir. Muzeylar aholining keng tabaqasi o’rtasida madaniy ma’rifiy
ishlarni olib borar
ekan, xalqning tarixiy taraqqiyot davomida erishgan yutuqlari, milliy madaniy odatlari,
merosini talqin etib, ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish, ularni ma’naviy kamolotga yetkazishning
eng yetakchi vositasi hisoblanadi. Birinchi Preziden I. Karimov ta’kidlaganidek, “Har qanday
fidoiylik, jasorat erishilgan narsalarni himoya qilishda namoyon bo’ladi, buning uchun esa
insonda muqaddas biladigan, e’zozlaydigan, jon – jahdi bilan himoya qiladigan teran
anglagan qadriyatlari, moddiy – ma’naviy, siyosiy mulki bo’lishi kerak.”
127
“O’zbekiston hududida qadimdan shakllangan
muzeylar tizimini yanada
takomillashtirish, ulparni xalqning ma’naviy – axloqiy kamolotida tutgan o’rnini oshirish,
muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks
ettiruvchi nodir, noyob eksponatlarni avaylab – asrash, o’rganish, boyitib borish, dunyoga
olib chiqish, ulardan yoshlarimiz ongida milliy g’urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat
tuyg’ularini kuchaytirish yo’lida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori
malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy texnik
bazani mustahkamlab jahon
127
. Qadr-qimmatim, tayanchim, iftixorimsan, mustaqil O’zbekiston!. T. Ma’naviyat. 2013 yil. B-59.
141
muzeyshunoslik tajribasini qo’llash, zarur shart shuroitlar yaratish”
128
masalalari muzeylar
faoliyatini takomillashtirish sari qo’yilgan katta odim hisoblanadi.
Yurtimiz go’zalligi, boyligi, mo’’jizaviy tabiati, san’ati, nodir asarlari hozirda
butun dunyoga ma’lum. O’zkamiz asrlar qa’ridan
topilgan noyob, nafis san’at asariga
o’xshaydi. Shuni faxr bitlan aytish joizki, Xalqaro muzeylar Kengashi – IKOM ga
respublikamizning 62 ta muzeyi a’zo bo’lib kirdi. Ushbu tashkilot 1946 yilda tuzilgan bo’lib,
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy kengashida maslahat maqomiga ega. Tashkilotning Parijdagi
Bosh qarorgohida YUNESKO – IKOM ma’lumot markazi tashkil etilgan. Tashkilotning 140
mamlakat bilan faoliyati yo’lga qo’yilgan, shuningdek, 30 ta xalqaro qo’mita doimiy ravishda
ish olib bormoqda. IKOM Bosh Assambliyasi majlislarida O’zbekiston vakillari muntazam
ravishda o’z fikr – mulohazalarini bildirib kelishmoqda. O’zbekiston Respublikasi Madaniyat
va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi Ispaniya - O’zbekiston
do’stlik jamiyati hamkorligida “Klavixo – Amir Temur” mavzusida xalqaro ko’rgazma
tashkil etildi, Lyuksemburg Tarix muzeyi va ushbu mamlakat milliy qo’mitasi
hamkorlikda
O’zbekiston arxeologiya ko’rgazmasi o’tkazildi. Bundan tashqari, AQSHning Portlend
shtatida joylashgan “Intersta” madaniyat markazida “O’zbek milliy amaliy san’ati
ko’rgazmasi” ninig tashkil etilishi ham milliy muzeylarimizning jahonga yuz tutayotganidan
dalolatdir.
Yoshlarda mavkuraviy dunyoqarashini mustahkamlashda muzeylar amaliy vosita
bo’lib xizmat qiladi. Bugunni ertangi kun bilan chambarchas bog’lab turuvchi ko’prik
sanalgan muzeylarimiz faoliyatida ham ayrim muammolar yo’q emas. Bugun yoshlar
oldidagi dolzarb mamalalardan yana biri, muzeylarimiz zahirasini
boyitish uchun amaliy
san’at asarlarini yig’ish, ulardagi nodirlik, noyoblik, xolisiylik, tarixiylik jihatlarini o’rganib
chiquvchi mutaxassislarni ko’paytirish masalalaridir. Biz ham ajdodlarimiz kabi
avlodlarimizga munosib meros qoldirmog’imiz darkor. Zero I. Karimov ta’kidlaganidek,
“Farzandlarimiz kelajak avlodlar bizdan shu o’lkani shu muqaddas zaminni yana ham boy
kuchli va qudratli holatda qabul qilib olishlari uchun, biz buyuk ajdodlarimizga nisbatan
qanday minnatdorchilik tuyg’ularini his etayotgan bo’lsak, o’g’il –qizlarimiz, kelajak avlod
ham bizga nisbatan shunday minnatdorchilik tuyg’ularini his etishlari uchun lozim bo’lgan
hamma ishni qilish bizning fuqarolik burchimizdir.”
129
Do'stlaringiz bilan baham: