Mesopotamiya madaniyati



Download 33,5 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi33,5 Kb.
#893326
Bog'liq
mesopotamiya madaniyati


mesopotamiya madaniyati
Qadimgi Mesopotamiya xalqlari madaniyati haqida. Mesopotamiya juda qadimiy va boy madaniyatga ega bo`lgan mamlakat edi. Bu o`lkada turli qabila, elat va xalqlar yonma-yon yashaganlar. Shumer, Akkad, Elam, Ossuriya va Mitanni kabi davlatlar hududida yashagan xalqlar bir-birlarining madaniyatlaridan bahramand bo`lganlar. Shu tariqa umummesopotamiya xalqlari madaniyati qaror topgan. Qadimgi Mesopotamiya xalqlari madaniyati eng qadimgi odamzod yashagan davrga borib taqaladi. Qadimgi davlatlarning vujudga kelishi munosabati bilan Mesopotamiya madaniyati ravnaq topgan va gullab-yashnagan. Mesopotamiya xalqlari madaniyati qo`shni xalqlar, shuningdek jahon xalqlari madaniyati rivojiga juda katta ta`sir ko`rsatgan.
1. Qadimgi Mesopotamiya yozuvlari. Mesopotamiya xalqlari-ning eng katta yutuqlaridan biri bu yozuvning ixtiro qilinishidir. Dastlabki yozuvmiloddan avvalgi IV ming yillikda Shumerda kashf etilgan. Shuning uchun bu yozuv Shumer yozuvi deyiladi. Shumer yozuvi suratli yozuv bo`lib, aytilmoqchi bo`lgan fikr rasm bilan ifoda etilgan.
Masalan, suv so`zi uch qator to`lqinsimon chiziq, qush so`zi qushning. tasviri, yulduz so`zi yulduz tasviri, yig`lash so`zini esa ko`z va suvnibildiradigan belgilarni qo`shib ko`rsatish bilan ifodalangan. Yomg`ir so`zi ham yulduz va suv belgilarini bir-biriga qo`shish orqali bildirilgan. Rasm va turli belgi orqali ifoda etilgan yozuvlarni iyerogliflar deb nomlangan. Ammo suratli yozuv bilan ko`p narsalarni ifoda qilib bo`lmagan. Hayot o`zaro muomala rasmli yozuvni soddalashtirishni talab etgan. Zamonlar o`tishi bilan Mesopotamiyada ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Ular qotmagan loy lavhalar ustiga o`yib tushirilgan. Yozuvlar lavha ustida ko`ndalang, tik va qiyshiq tushirilgan pona-mixlar shaklida 600 dan ortiq belgilar yig`indisidan iborat bo`lgan. Mixxat yozuvi miloddan avvalgi III mingyillikda Shumerda ixtiro qilingan, keyinchalik qo`shnimamlakatlarga yoyilgan.
O`sha zamondan boshlab ruhoniy va mirzolar voqea va hodisalarni mixxat yozuvida sopol, teri, loy va boshqa buyumlarning sathlariga yozganlar. Bular o`ziga xos kitoblar edi. Mesopotamiyaning Ur, Bobil, Ashur, Nineviya kabi ko`p shaharlarida kutubxonalar bo`lgan. Bu jihatdan Ashshurbanipalning Nineviyadagi 30 ming nusxadan iborat lavha kitoblarining saqlanib kelganligi diqqatga sazovordir.
2. Mixxatlarning o`qilishi. Mixxatlar butun Old Osiyoning asosiy yozuvi bo`lib qolgan. Mesopotamiya shaharlaridagi saroy va ibodat-xonalarning hujjatxonalari va kutubxonalaridan sopol lavhalarga bitilgan kitoblar topilgan. Ularda Mesopotamiya xalqlariga oid juda ko`p ma`lumotlar saqlanib qolgan. XVII asrdan boshlab Yevropa olimlari Petro della Valle, Karsten Nubur, Gretefend kabilar mixxatlarni o`qishga uringanlar. Ammo ular yaxshi natijalarga erisha olmaganlar.
Ingliz sayyohi G. Roulinsin Shumer mixxatini o`qib chiqishga muvaffaq bo`lgan. Olimlardan Norris, Xins va Oppertlar ham mixxatni o`qib chiqqanlar. Mixxat yozuvi avval shumeriylarda paydo bo`lgan bo`lsa, keyin butun Old Osiyoga, shuningdek Eronga ham tarqalgan.
Mixxatning o`qib chiqarilishi natijasida olimlar qadimgi Mesopo-tamiya tarixi haqida qimmatli manbalarga ega bo`lganlar.
3. Maktab va maorif. Mesopotamiyaliklar maorif ishlariga alohida e`tibor berganlar. Maktabiarda ko`proq podsho, badavlat kishilar, amaldorlar va o`ziga to`q kishilarning farzandlari o`qishgan. Ammo maktabda erkin jamoadan bo`lgan oddiy kishilar ham o`qigan bo`lsalar kerak.Maktablarning quyi sinflarida til, adabiyot, grammatika, yuqori sinflarda esa matematika, musiqa, huquq, geometriya, astronomiya, tarix, tabobat, veterinariya kabi aniq fanlar bilan bir qatorda diniy fanlar ham o`qitilgan. Maktablar saroy va ibodatxonalar qoshida bo`lib, uni ruhoniylarboshqarganlar. Mari va boshqa shaharlardagi qazishlar vaqtida o`quvchilarga mos o`rindiqlar qo`yilgan maktab binosining qoldig`i topilgan.
Maktablar davlat uchun xo`jalik, savdo va harbiy ishlarni boshqaruvchi xodimlar tayyorlaganlar. Maktablarda Misrdagi kabi mirzolar tayyorlashga katta ahamiyat berilgan.
Maktablarda intizom va nazorat juda qattiq bo`lgan. Yetarli qobiliyatli va tirishqoq bo`lmagan o`quvchilar jazolangan. Maktab qoshida «Xivich bilan savalovchi» maxsus nazoratchi bo`lgan. O`qituvchilar o`quvchilarni qunt bilan o`qishga undaganlar.
4. Ilmiy bilimlarning rivojlanishi. Mesopotamiyada matematika, geometriya, astronomiya, tabobat, tarix va boshqa fanlarga qiziqish ancha erta boshlangan. Yerlarni o`lchash, kanal qazish, masofani aniqlash, hosilni hisoblash va me`morchilikda matematika va geometriya fanlari kerak bo`lgan.
Bu fanlar chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq uchun ham zarur edi. Qadimgi mesopotamiyaliklar birlik, o`nlik, yuzlik va mingliklarni
bilganlar. Bu sonlar alohida belgi bilan ifoda etilgan. 
Mesopotamiyada astronomiya faniga ham katta ahamiyat bergan-lar. Bu yerda olti-yetti qavatli zikkuratlar qurilgan. Mesopotamiyaning Ur, Uruk, Nippur, Bobil, Akkad va boshqa shaharlarida ajoyib rasadxonalar bo`lgan. Ular shu rasadxonalardan quyosh, yer, oy va osmon jismlarining harakatini kuzatganlar.
Astronomlar o`sha vaqtdayoq quyosh va oy tutilishi hodisalarini oldindan aytib berganlar. Olimlar astronomiya taqvimlari tuzib quyosh yili 365kun, oy yili 354 kun ekanligini aniqlaganlar. Yilni esa 12 oyga bo`lganlar. Astronomiya mesopotamiyaliklarning kundalik hayotida, karvon savdosida va tomonlarni aniqlashda zanir bo`lgan. Chunki sayyoh va yo`lovchilar osmon jismlari quyosh, oy va yulduzlarga qarab yo`1 bosganlar.Miloddan avvalgi III mingyillikdayoq shumer tilida astronomiyadan ilmiy asarlar yaratilgan. Mesopotamiyada tarix faniga ham katta ahamiyat berilgan bo`lib, ko`plab tarixiy asarlar yozilgan. Mesopotamiya shaharlari, Ossur podshosi Ashshurbanipolning hujjatxonavakutbxonalaridanmamlakat va qo`shni o`lkalar tarixi va geografiyasiga oid qimmatli ma`lumotlar topilgan. Mesopotamiya olimlari Misr, Urartu, O`rtayer dengizi, Bobil va uning atrofidagi o`lkalarning xaritasini tuzganlar. Bu ishlar bilan asosan kohinlar shug`ullanganlar. Ular mamlakat va atrofdagi o`lkalarda bo`lib o`tgan voqealarning yillik ro`yxatini, podsholarning faoliyatini yozib borganlar. Mesopotamiya olimlari ziroatchilik, iqlimshunoslik va boshqa sohalarda ham muayyan yutuqlarga erishganlar.
5. Qadimgi Mesopotamiya tabobati. Mesopotamiya issiq mamlakat bo`lganligi uchun bu yerda turli kasalliklar keng tarqalgan edi. Ikki daryo oralig`ida shaharlar va davlatlararo tez-tez urushlar ham boiib turgan. Urushlar natijasida ko`p odam halok bo`lgan va jarohatlangan. Turli kasalliklarni davolash va jarohatlanganlarni oyoqqa turg`izish uchun tabobat ilmiga ehtiyoj tug`ilgan. Bemorlarni davolash zamriyatiMesopotamiyada tabobat ilmini ertaroq rivojlanishini taqozo etgan. Tabiblar yurak, bosh og`rig`i, o`pka, jigar, chiqqan-singan, buyrak, ko`z, quloq, tomoq bilan bog`liq kasalliklarni davolaganlar. Tibbiyot jarrohlikka doir ko`z, ichki kasalliklar, ruhiy kasalliklar, ayollar kasalligi, sariq kasallik kabi maxsus tarmoqlarga bo`lingan. Bemorni kasalini aniqlashda tomir urushi, tashqi holati va boshqa belgilariga ahamiyat berilgan. Tomirga qarab kasallikni aniqlash keng tarqalgan edi. Bemorlarni davolashda sodda va murakkab dorilar qo`llanilgan. Bu dori-darmonlarni tayyorlashda shifobaxsh giyoh, o`simlik, meva, har xil hayvon va hasharotlardan foydalanilgan. Ammo bemorlami davolashda ilmga zid bo`lgansehr-jodudan ham foydalanilgan. Masalan, Hammurapi qonunlarining birida tabib bemorni noto`g`ri davolasa, tabibning qo`li kesib tashlanishi aytilgan. Shundan ko`rinib turibdiki, Mesopotamiyada tabobat xodimlari oldiga juda katta mas`uliyat yuklangan. Tabobat ishlari bilan asosan ruhoniylar shug`ullanganlar.
Mesopotamiyada qo`y, echki, eshak, xachir, ot, sigir, buqa, buzoq keyinchalik tuyalar boqib parvarish qilingan. Hayvonlar ham tez-tez kasallikka chalinib turganlar. Shuning uchun ikki daryo oralig`ida hayVonlarni davolash ilmi – veterinariyaga katta ahamiyat berilgan. Shunday qilib, Mesopotamiyada ilmiy-amaliy bilimlar ancha erta rivoj topgan edi. 
Download 33,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish