145
tushunchasini ifodalovchi atov birliklarining struktur va tarixiy-etimologik xususiyatlari, turli
matnlarda qo‘llangan “ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi muqobilli birliklar tarjimasi,
ma’naviyat” tushunchasini ifodalovchi muqobilsiz birliklar tarjimasi, “ma’naviyat”
tushunchasini ifodalovchi birliklar tarjimasini mukammallashtirish masalalari, “ma’naviyat”
tushunchasini ifodalovchi birliklarning “o‘zbekcha-inglizcha” tarjima lug‘atlarida berilishi
masalalari, “ma’naviyat” atov birliklarini ifodalovchi birliklarning leksikografik talqinlarini
takomillashtirish vazifalarini lingvistik tadqiq etish davr taqazosi. Bugungi kungacha
“ma’naviyat” hanuz kompleks tadqiq etilmagan. Bugungi kunga
qadar amalga oshirilgan
tadqiqotlar ushbu yirik paradigma tarkibidagi ba’zi ma’no turlarini qamrab oladi.
133
Mamlakatimiz xalqaro miqyosida nufuzi ortib borayotgan bir paytda, qadriyatlarmiz
tiklanayotgan, tariximizni chuqur o‘rganish, o‘zligimizni anglash jarayonida, boshqacha qilib
aytganda, ma’naviyatimizni yuksak darajaga ko‘tarish haqida gap borar ekan, ma’naviyat
aslida tildan, til madaniyatdan, til madaniyati esa muomala madaniyatidan boshlanishiga
e’tiborni qaratish zarur. Bu uch mushtaraklik bugungi davdagi muhim omildir. Zamon
rivojlanishi asosida bugungi kunda jadal globallashuv ma’naviyat muammosi yanada
shakllanib, o‘z ahamiyatini o‘tkirlashtirib, boshqa tegishli
fanlar qatori tilshunoslik
zimmasiga ham sfisifik xususiyatidan kelib chiqqan holda katta ma’sulyat yuklamoqda. Zero,
til – ma’naviyatning ifodalovchisi va saqlovchisi, boyituvchisi va uzatuvchisidir.
Komunikantning nutq jarayonidagi faoliyati lisoniy shaxsning ma’naviyatini ham yuzaga
chiqaradi. Mohiyatning shaxs ma’naviy dunyosi prezmasidan o‘tib, munosib muloqot va
nutqiy faoliyatida nomoyon bo‘lishi nutqiy xulqni shakllantiradi. Demak ma’naviyat adresant
va adresat muloqotidagi keng qamrovli kategoriyadir. Shu o‘rinda “ma’naviyat” leksimasiga
“O‘zbek tilining izohli lug’ati”da shuday tarif berilgan: ”Ma’naviyat – insoniyatnung falsafiy,
huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiiy va shu kabi tassavurlari va tushunchalari majmuyi”
134
.
Bu ta’rif boshqa lug‘atlarda, xususan, “Ma’naviyat asosiy tushunchalar izohli lug’atida” esa:
“Moddiy hayot bilan doimo yonma-yon yuradigan, inson, xalq va jamiyat hayotining
ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy hodisa”, – deb tariflangan.
Aslida mustaqillikkacha bo‘lgan o‘zbek lug‘atlarida “Ma’naviyat” so‘ziga ta’rif yo‘q edi.
Vaholanki, ot so‘z turkumi sifatida “ma’naviyat” so‘zi 1981-yilda nashr etilgan “O‘zbek
tilining izohli lug’ati”da ham mavjud emas. Ammo ma’naviyatimiz “Avesto” va
Zardushtiylik ta’limotidan boshlab hozirgi kungacha shakillanib, boyib, umuminsoniy
qadriyat bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Agar o‘sha davr insonlarida “sabr”, “vijdon”,
”or-nomus” kabi ma’naviyatning sifisifik kategoriyal xususiyatlari mavjud bo‘lmaganda edi,
bugungi turmush tarzimiz ham bu darajada go‘zallashmagan bo‘lar edi. Hatto, 2006-yil nashr
etilgan “O‘zbek tilining izohli lug’ati”da ham “ma’naviyat” leksemasi izohida ma’naviy,
aqliy, axloqiy tushunchalar kabi mavhum ot sifatida ta’rif keltirilgan. O‘quv qo‘llanmalari,
lug’atlarda “Ma’naviyat” tushunchasi va uning asosiy tamoyillariga o‘ziga xos ta’riflar
berilayotganligini
kuzatish mumkin, biz bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda
“ma’naviyat” tushunchasining mazmuni faqat “ma’ni”, “ma’no” degan so‘zlar doirasida
chegaralanib qolmaydi, deb o‘ylayman. Ayni hol bu tushunchaning o‘ziga xos rivojlanish
evolyutsiyasini aks ettiradi va uning keng ma’noga ega ekanligidan dalolat beradi.
Bu haqida qarang;Tojiyeva G.”O‘zbek tili ma’naviy-ma’rifiy leksikasining mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti(“milliy
g‘oya”atov birliklari tizimi);falsafa doktori(PhD)… diss.-Qarshi,2017;Xojeyev Y.’’Alpomish’’ dostonidagi shaxs
ma’naviy sifatlarini ifoda etuvchi atov birliklarining semantik-struktur, konseptual va leksikografik xususiyatlari. Falsafa
doktori (PhD) … diss. – Toshkent, 2020; Axmedova M O‘zbek
tilidagi <
> va ingiliz tilidagi
<> umumiy semali atov birliklari tipologiyasi, Falsafa doktori (PhD) … diss, - Buxoro, 2019; Yo’ldashev
F. O‘zbek tilining “ma’naviyat” leksik-sematik kategoriyasi “e’tiqod” ma’noviy guruhi atov birliklari tizimi. Falsafa
doktori (PhD) … diss. – Termiz, 2021
133
134
O‘zbek tilining izohli lug’ati:Toshkent.”Sharq”,2007.191b;
146
“Ma’naviyat izohli lug’ati”da keltirilgan izohda: “Ma’naviyat insonni ruhan poklanish,
qalban ulg’ayishga chorlaydi, odamning ichki dunyosini, irodasini baquvvat, iymon-
e’tiqodini
butun qiladigan, vijdonni uyg’otadigan beqiyos kuch” deb izohlangan edilar
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov
135
. Aynan mana shu o‘rinda “til bag’ridagi
ma’naviyat” namoyon bo‘ladi. Ya’ni shaxsdagi o‘ziga xoslik uning nutqiy madaniyati,
ma’naviyatida aks etadi. Xususan, chiroyli keyingan, har qanday so‘nggi zamonaviy
vositalari mavjud shaxs bo‘lsa-da, ammo undagi ma’naviyat shakillanmagan bo‘lsa,
shukronalik, sabr, iroda, vijdon kabi ma’naviy olami bo‘lmasa, bizningcha, u jamiyatning
faol kamunikanti bo‘la olmaydi. “Falsafa lug’ati” da “Ma’naviyat
insonning botiniy
dunyosini o‘zida ifoda etuvchi tushuncha. Inson botiniy dunyosining gavhar to‘la tubsiz
dengiziga qiyoslash mumkin. Ma’naviyat insonning ruhiyati o‘z-o‘zini anglashning, did-
farosati, adolatni razillikdan, yaxshilikni yomonlikdan, go‘zallikni xunuklikdan, oqillikni
johillikdan ajrata bilish qobilyati, aql-zakovati, ularni amalga oshirish yo‘lidagi ongli faoliyat
ko‘rsatish va intilishi”
136
, – deb tariflanishi fikrimiz dalilidir.
O‘zbek tilshunosligida bugungi kunda keng miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarning
natijasi o‘laroq bu sohaga daxldor ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop
adabiyotlar chop
etilmoqda. Biroq hozirga qadar tilshunosligimizda “ma’naviyat” leksik kategoriyasiga
aloqador bo‘lgan so‘zlarning sistemasi, semantikasi va badiiy asarlardagi leksikografik
xususiyatlarini ifodalovchi til ifodalarining to‘liq tizimli tadqiq etilmayotganligi, ularning
lisoniy qiymati sodda va barchaga birdek aniqlanmayotganligi va yosh avlod ongida milliy
ma’naviyatimiz yuksaltirishga xizmat qiladigan ta’lim yo‘nalish va sohalarida tayaniladigan
tegishli lingvistik bazaning shakllantirilmayotganligi hamda kerakli tavsiyalarning ishlab
chiqilmaganligi bu boradagi ishlarning samaradorligiga to‘siq bo‘lmoqda. Shu ma’noda
“ma’naviyat” leksik kategoriyasini ifodalovchi birliklarning lingvistik tadqiqi dolzarblik kasb
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: