Navoiy davlat pedagogika instituti tarix fakulteti “milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” kafedrasi



Download 2,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/167
Sana22.04.2022
Hajmi2,56 Mb.
#575065
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   167
Bog'liq
Туплам конф. Маънавий тахдид (2)

Адабиётлар

1.
Қосимов Ф.М. Ностандарт масала-топшириқлар. // «Бошланғич таълим», Т., 
2007, 9-сон. -30-б. 
2.
Джуракулова А.Х, Жураева Д. Ш. Бошланғич синф математика дарсларида 
ностандарт масалаларни мулоҳаза юритиш усули билан ечиш.//Замонавий 
таълим/Современное образование. 2016, №9-сон. –Б.51. 
3.
Бикбаева Н., Сидельникова Р., Адамбекова Г. Бошланғич синфларда 
математика ўқитиш методикаси. Тошкент, Ўқитувчи. 1996. –Б. 6. 
4.
Джуракулова А.Х. Ўқувчиларнинг қобилиятини шакллантиришда ностандарт 
масалалар аҳамияти. // «Ўзбекистонда ижтимоий фанлар», Т., Ўзбекистон 
Республикаси Фанлар академияси, 2011, 1–2-сон. 
 


138 
ZAMONAVIY O’ZBEK MILLIY TA’LIM TIZIMI MODELIDA PEDAGOGIK 
MAHORAT ORQALI YOSHLARNING MA’NAVIY SALOHIYATINI OSHIRISH 
Raxmatova Gullola Odilovna 
Navoiy shahar 4 – AFCHO’IM
O’zbek tili fani o’qituvchisi 
 
Т.A.Ilina ta’lim metodi haqida to’xtalib, unga “O’quvchilar bilish faoliyatini tashkil 
etish usuli”
123
, deya ta’rif bergan. Har qanday metod ta’lim berish jarayonida muayyan 
metodik usullar orqali ro’yobga chiqariladi. Ta’lim jarayonida xilma – xil metodik usullardan 
o’rinli foydalana olish o’qituvchining pedagogik mahorati va ijodkorligini ko’rsatadi. 
O’qituvchi qanchalik harakatchan bo’lsa, va o’z ustida muntazam shug’ullanib, egallagan 
bilimlarini amaliyotda tadbiq etib, yangi usullarni o’ylab topsa o’quvchining darsga bo’lgan 
qiziqishini oshiradi. 
Abul – Qosim Mahmud ibn Umar az – Zamaxshariy o’zining “Navobig’ ul – kalom” 
(Nozik iboralar) asarida “Murabbiy o’qib tursagina murabbiy bo’la oladi, agar o’qishni 
to’xtatib qo’yar ekan, unda murabbiylik o’ladi”
124
.
Haqiqatdan ham o’qituvchining mahoratini u ta’lim – tarbiya berayotgan o’quvchining 
bilim saviyasiga qarab ham bilishimiz mumkin. Zotan bugungi kunda yosh o’qituvchilarning 
kasbiy mahorati, bilim va ko’nikmalarini muntazam oshirib boorish maqsadida qizg’in 
faoliyat olib borilmoqda. 1997 yilda qabul qilingan “Ta’lim tog’risida”gi Qonun hamda 
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bunga yaqqol misoldir.
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko’rsatilgan vazifalarga asosan tarbiyaning 
asosiy maqsadi – erkin, ijodkor, mustaqil fikrga ega bo’lgan komil inson va malakali 
mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da 
kadrlar tayyorlash tizimini mukammallashtirishning asosiy yo’nalishlaridan biri sifatida 
ta’lim tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarining yaxlit axborot makonini yaratish 
ta’kidlab o’tilgan. Unda ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari kompyuterlashtirish
va kompyuter tarmoqlari negizida rivojlanib borishi belgilangan. O’quv jarayonida 
zamonaviy axborot texnologiyalarini qo’llash, ta’lim metodlarining samaradorligini 
oshirishga, ularning pedagogik mahoratini takomillashtirishga, pedagogik tizimning takibiy 
o’zgarishiga samarali ta’sir etadi. O’qituvchi kompyuter texnologiyasidan ta’lim jarayonida 
foydalanishi unga quyidagi samaradorlik va qulayliklarni yaratadi.
-
Multimediya texnologiyasidan foydalanib, o’quvchini fanga bo’lgan qiziqishini 
orttirish; 
-
Masofadan turib ta’lim berish, (faqat o’zlashtiruvchi o’quvchilar yoki internet ta’limi 
uchun emas, balki sababsiz dars qoldirgan o’quvchilar uchun); 
-
Real holatlarda ko’rsatilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va ko’rish 
imkoniyatini berish; 
-
O’quv va badiiy adabiyotlarning electron matnlaridan foydalanish; 
-
Kompyuterda yozilgan testlar orqali o’quvchining o’zlashtirishini nazorat qilish; 
-
Barcha fanlar bo’yicha o’rgatuvchi dasturlardan foydalanish. 
Davlatimizning 
birinchi 
Prezidenti 
I.A.Karimov 
davlat 
va 
jamiyat 
qurilishi 
akademiyasining ochilishi marosimida so’zlagan nutqida “Birovni o’qitadigan, tarbiya 
qiladigan inson avvalo o’zi har tomonlama barkamol bo’lmog’i shart”
125
, degan edilar. 
Bundan ko’rinadiki, ta’lim jarayonida samaradorlikni oshirish uchun avvalo, o’qituvchining 
123
Suvonova Z. Ahmova G. “Bolalar psixologiyasi va uni o’qitish metodikasi”. Toshkent. 2006. 124 – bet. 
124
Xoliqov A.A. “Pedagogik mahorat”. Toshkent. 2011. 36 – bet. 
125
Pedagogik mahorat asoslari. Toshkent. 2013. 18 – bet.


139 
o’zi zamonaviy bilim olishi, ta’lim sohasidagi o’zgarishlardan xabardor bo’lishi, ularni 
o’rgatish darajasida o’zlashtirishi lozim. 
XV asrda yashab ijod etgan mutafakkir Kamoliddin Husayn Voiz al – Koshifiy (1440 – 
1505) bola tarbiyasida maktab va muallimning alohida o’rni borligi haqida gapirib, 
muallimlar dono, bilimli, shirinsuxan, adolatli bo’lishi zarur, deb hisoblaydi. Alloma 
murabbiylar to’g’risida “Axloqi muhsiniy” asarida “Murabbiy bolaga ta’lim – tarbiya 
berishda odob qoidalariga rioya qilishi darkor. Jamoatchilik joylarida o’quvchiga pand berish 
yaramaydi, balki xilvat joyda bolaga nasihat qilish zarur. Agar murabbiy nasihat berishning 
fursati kelganini bilsa, unga muloyimlik bilan murojaat qilishi lozim, chunki bizning 
zamonamizda muloyim va xushfe’l bo’lish maqsadga muvofiqdir”
126
, deb yozadi. 
Fikrimizcha, allomaning ushbu qimmatli fikri bugungi zamonaviy ta’lim tizimi uchun ham 
ahamiyatga ega hisoblanadi. Chunki, bugungi yosh avlodni xushfe’llik bilan, pand – 
nasihatlar orqali tarbiyalashni davr taqozo etmoqda. 
O’quvchi va o’qituvchi orasidagi munosabatning yaqinligi darsda o’zini erkin tutishi, erkin 
fikrlashi va bilimlarni qiynalmasdan egallashiga va fanga bo’lgan hurmat va qiziqishning 
ortishiga sabab bo’ladi. Demak, fikrimizcha, darsni mana shunday yo’sinda turli xil 
metodlardan foydalangan holda qiziqarli olib borilishi, bu zamonaviy pedagogikaning bir 
necha yillar davomida egallagan bilimlarini amaliyotda tadbig’ etishi, undan samarali 
foydalanishi – pedagogik mahorat sanaladi. Aynan O’zbek tili darslarida pedagogik mahorat 
orqali o’quvchilarning ma’naviy salohiyatini oshirish bugungi kunda o’ta dolzarblik kasb 
etmoqda, desak mubolag’a bo’lmaydi. 
Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri Finlandiya mutaxassislarning fikriga ko’ra 
dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi rivojlangan mamlakat bo’lib, u yerdagi ta’lim tizimi 
boshqa davlatlardan quyidagilari bilan farq qiladi:
-
Fillandiyada nufuzli yoki oddiy maktab degan tushuncha yo’q. hamma maktab 
davlatga tegishli bo’lib, ular bir xil asbob – uskuna va imkoniyatlarga ega. 
-
Kichik sinflarda bolalarga uy vazifasi berilmaydi, imtihon topshirilmaydi va ularga 
baho qo’yilmaydi. 
-
Fillandiya maktablarida bolalar juda ko’pinsho yozadi, mustaqil ishlash bolaga har bir 
masala haqida o’z fikriga ega bo’lishini izohlashni o’rgatadi. 
-
Bir o’quvchini boshqa o’quvchi bilan qiyoslash ta’qiqlangan. Imkoniyati cheklangan 
va qobiliyatli bolalar bir sinfda o’qishadi. 
-
Finlandiya maktablarining shiori shunday: Biz bolani yo hayotga tayyorlaymiz, yo 
imtihonga. Biz birinchisini tanladik, shuning uchun ham Fillandiya maktablarida faqat bir 
marta – o’quvchi 16 yoshga to’lganida imtihon topshiradi. 
Xulosa o’rnida aytish mumkinki, yuqorida keltirilgan yetakchi o’rinda turuvchi dunyo 
mamlakatlarining ta’lim sohasidagi pedagogik mahoratidan foydalanilsa, ular qo’llagan 
ayrim jihatlarni zamonaviy o’zbek ta’lim tizimiga qo’llash orqali dars mashg’ulotlari 
jarayonini mahorat bilan boshqara olishga erishish mumkin. Chunonchi, dars jarayoni 
noan’anaviy tashkil etilib, o’zga tilli guruhlarda tahsil olayotgan o’quvchilarga O’zbek tili 
darslarida ularga erkinlik, shinam muhit yaratib berilsa, o’quvchilarda mustaqil fikr, o’z 
xulosasiga ega bo’la olish ko’nikmasi shakllana boradi. Bu esa pedagogning yuksak mahorati 
sanaladi. 

Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish