131
Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”
116
asarini o‘rganish orqali biologiya,
ekologiya, tarix, geografiya kabi fanlar uyg‘unligi namoyon bo‘ladi.
Muhammad Yusufning “Vatanim” she’rini o‘rganganda, 10 ta joy nomi tilga
olinganligining guvohi bo‘lamiz. Bular: O‘zbekiston, Balx, Qozon, No‘tsand, Sirdaryo,
Qashqar, Enasoy, Kurdiston, Hindiston, Chambil. 12 nafar tarixiy shaxslar keltirilgan, bular:
Boborahim Mashrab,
Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ahmad Yassaviy,
Temur Malik, Muqanna, Shiroq, Alpomish, Ulug‘bek,
Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir,
Jaloliddin Mangubedi, Chingizxon. Demak, ushbu tushunchalar orqali bir nechta fanlar
haqida o’quvchilarga bilimlar yetkazilishi mumkin.
Fanlararo aloqadorlik o‘quv – tarbiya jarayononing barcha tarkibiy elementlari (mazmun,
shakl, metod, usul va vositalar)ni yaxlit bir tizimga birlashtirishga xizmat qiladi.
Bundan
tashqari, u ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashning muhim omili hisoblanadi.
Ta’lim jarayonini integrativ dasturlar va darsliklar asosida tashkil ettish orqali o‘quv–biluv
jarayoni natijasida samaradorlikka erishish nazarda tutiladi. Integratsiyadan turli darajalarda
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Fikrimizcha, ona tili fanini fanlararo aloqadorlikda o‘qitish o‘quvchilar tafakkurini
o‘stirishga, dunyoqarashining kengayishiga katta yordam beradi. Umumiy o’rta ta’lim
maktablarida o’qitiladigan ona tili darslarini integratsiyalash o’qituvchining va
o’quvchilarning dars jarayonida bitta maqsad sari harakatlanishlarida katta ahamiyat kasb
etadi. Bu jarayon esa pedagogik texnologiya bilan chambarchas bog’liq.
Bunda pedagogik texnologiya turlarini
tanlash shakllanayotgan bilim, ko‘nikma va
malakalar, tashkil etilayotgan darslarning shakli, qo‘llanilayotgan metodlar va metodik
usullarning xususiyatiga bog‘liq. Masalan, o‘quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish,
o‘quv materiallariga tanqidiy yondashish ko‘nikmasini shakllantirish
hamda mahsuldor
faoliyat turlarini tashkil etish bilan bir qatorda, ya’ni an’anaviy dars shakllari bilan birga
bahs–munozara, konferensiya darslari, ish o‘yinlari, hamkorlikda o‘tkaziladigan
turli
dasturlardan foydalanish lozim.
117
“Sifat” so‘z turkumini o‘rganish, uning ichki ma’no guruhlari ustida ishlash, sifatlar
ishtirok etgan so‘z birikmalari hosil qilish, unga oid materiallarni semantika va uslubiyat (gap
tuzish) bilan o‘zaro uyg‘unlikda o‘rganish, shakldosh va zid ma’noli sifatlar ustida ishlash,
nutqiy mahoratni shakllantiruvchi har xil o‘yin-topshiriqlardan foydalanish– o’quvchilar so‘z
boyligini oshirish va nutqiy salohiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
118
“Sifat” so‘z turkumini o‘rgatishda quyidagi grafik organayzerlardan foydalansa bo‘ladi.
“Venn diagrammasi” bir – birini kesadigan ikki yoki undan ko‘p doiralarda ko‘riladi, ular
o‘rtasida yozish uchun yetarli joy qolishi kerak. U g‘oyalarni zidlash uchun ishlatilishi yoki
ularning umumiy xususiyatlarini (nimada ular kesishadi) ko‘rsatishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: