Дарсга кириш ва уни таҳлил қилиш зарурати



Download 89,5 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2022
Hajmi89,5 Kb.
#680856
  1   2   3   4   5
Bog'liq
дарс тахлил ва таркиб


O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da yuqori malakali, erkin va mustaqil fikrlaydigan, chuqur nazariy va amaliy tayyorgarlikka ega bo’lgan, olgan bilim va ko’nikmalarini amaliyotda qo’llay oladigan, jahon andazalariga mos mutaxassislarni tayyorlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish va bu boradagi qator muammolarni hal etishda umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarning ilmiy-pedagogik salohiyati muhim ahamiyatga ega. O’qituvchi tomonidan olib borilayotgan mashg’ulotlar mazmuni yuqori saviyada bo’lishi, fan bo’yicha belgilangan Davlat ta’lim standartlari va tegishli fan dasturlariga mos kelishi shart. O’qituvchining har bir darsi o’quvchilarda shakllanayotgan bilim va ko’nikmalar qamrovini bosqichma-bosqich kengayishiga xizmat qilishi, ularning mazkur fanga bo’lgan qiziqishlarini yanada ortishiga xizmat qilishi zarur.


Pedagogik faoliyatda amalga oshirilgan ko’p yillik ish tajribalari va kuzatishlar o’qituvchi hamisha o’z ustida ishlashi, bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirib borishi kerakligini ko’rsatmoqda. O’qituvchi pedagogik mahoratining kundan-kunga o’sib borishi, yangi pedagogik va axborot kommunikatsi texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llay olishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Darsni turli shakllarda o’tish mumkin, ammo o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish uchun ayrim talablarga rioya etish maqsadga muvofiq. Ular quyidagilar:

  • o’qituvchi darsning mavzusi va maqsadini aniq belgilashi shart;

  • har bir dars ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifasiga ega bo’lishi kerak;

  • dars jarayonida o’quvchilarning yakka holda, guruh va jamoa bo’lib ishlashlari talab etiladi;

  • dars o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini hisobga olgan holda o’qituvchi tomonidan maqsadga yo’naltirilgan bo’lishi;

  • o’qituvchi o’tiladigan mavzuni dars davomida o’quvchilar tomonidan to’liq o’zlashtirib olishlarini ta’minlaydi;

  • darsda sanitariya-gigiena talablariga rioya qiladi.

O’qituvchi foliyatining qanchalik samarali ekanligi va pedagogik mahoratini uning o’tayotgan darslarini kuzatish va tahlil qilish orqali bilish mumkin. O’qituvchining darsini kuzatish va taxlil etish mo’ljallangan bo’lsa, o’qituvchilik kasbi odobiga ko’ra uni darsga kirish oldidan ogohlantirish lozim. Darsni kuzatishda bir kishi, agar imkoniyat bo’lsa, 2-3 kishi bo’lib dars kuzatilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’z navbatida, har xil anglashilmovchiliklar va psixologik to’siqlarning oldini olishga yordam beradi.
Kuzatuvchilar birgalikda darsga kirib kelib, orqa o’rindiqlarni egallashgandan so’ng dars boshlanadi. O’qituvchi darsga kirganda qo’li (yoki o’quv xonasi)da guruh jurnali, o’quv dasturi, kalendar-mavzu rejasi, dars ishlanmasi(konspekti) bo’lishi kerak. Dars uchun kerakli jihozlar va ko’rgazmali qurollar oldindan tayyorlab qo’yilgan bo’lishi lozim.
Dars boshlangandan so’ng hech kimning ushbu jarayonga xalaqit berishga yo’l qo’yilmaydi.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman, shahar mudirlari, o’rinbosarlari, metodistlari tomonidan haftasiga kamida 2 soat, ta’lim muassasalari direktorlari, ularning o’rinbosarlari tomonidan 4 soat, fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan 2 soat, o’qituvchilar tomonidan 1 soat o’qituvchilar darslarining kuzatilishi va tahlil qilinishi talab etiladi.



Download 89,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish