Venn diagrammasi
116
S.Ahmedov, B.Qosimov va boshq. Adabiyot 7-sinf.T.:”Sharq”-2015.120-b.
117
Muhitdinova.X.S.O‘zbek tilini o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar. O‘quv-uslubiy majmua,Toshkent, 2006, 39-40-b.
118
B. To‘xliyev va b.O‘ zbek tili o‘qitish metodikasi. .O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi “Adabiyot jamg‘armasi”
nashriyoti, 2006,106-110-b.
ASLIY SIFAT
-
-
-
-
NISBIY SIFAT
-
-
SIFAT
-
-
-
132
Ushbu usulda o‘quvchilar “Sifat” so‘z turkumi haqida va uning ma’noviy guruhlari, ya’ni
asliy va nisbiy sifatlarning o‘xshash va farqli jihatlarini grafik organayzerga misollar orqali
joylashtirilishi kerak bo‘ladi. Bu kabi integratsiyalash va grafik organayzerlar vositasidan
foydalanish metodlari o‘quvchilarning oan tili darsiga bo‘lgan qiziqishlarini va olgan
bilimlarini xotirada mustahkamroq saqlanishiini ta’minlaydi.
Xulosa qilib aytganda, Ona tili fani o‘qitish jarayonini integratsiyalash va ko‘rgazmali
vositalar orqali tashkil etish o‘quvchining ijodiy va mustaqil fikrlash qobiliyatini, fanga
bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi, o‘quv materiallarini idrok qilish va puxta o‘zlashtirishga
yordam beradi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuningdek, ona tili ta'limi jarayonini tashkil
qilishda, interfaol usullardan, ayniqsa, integratsiyalashtirish va grafik organayzerlarni
qo‘llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi.
O‘ZBEK TILIDA “MA’NAVIYAT” UMUMIY MA’NOLI ATOB
BIRLIKLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI
Tojiboyeva Mushtariy
O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 1-kurs talabasi
Ilmiy rahbar: f.f.f.d F.H.Yuldashev
O‘zbek tilshunosligida so‘ngi yillarda kognitiv lingvistika, pragmalingvistika,
lingvomadaniyatshunoslik hamda lingvoma’naviyatshunoslik yo‘nalishlari bilan bog‘liq
tadqiqotlarga ko‘p urg‘u berilmoqda. Yangi yo‘nalishlar prizmasida olib borilayotgan
linvistik tadqiqotlar tilning ifoda imkoniyatlari, leksik ma’no imkoniyatlari, leksemalarning
ma’no ko‘lamini chuqurroq anglashga turtki bo‘lmoqda. O‘zbek tilining lisoniy takibini
leksik-semantik va funksional-semantik paradigma sifatida o‘rganish tilning leksik
imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Xususan, o‘zbek tilshunosligida tobora rivojlanib
borayotgan “lingvoma’naviyatshunoslik” sohasining yangi qirralarini shakllantirishga xizmat
qiladi. Ushbu maydon tizimi va tarkibiy elementlarini tadqiq qiluvchi bu kabi ilmiy ishlar
paradigma tarkibidagi boshqa vositalarni o‘rganish uchun metodologik baza bo‘la oladi.
Har bir davr fan oldiga yangi vazifalar va maqsadlar qo‘ygani kabi davr tilshunosligi ham
ayni shu vazifalarni bajaradi. Umuman olganda, badiiy asarda estetika yoki didaktika
ustuvorligi haqidagi bahslar haligacha davom etmoqda. Shunga qaramasdan, o‘zbek mumtoz
adabiyoti ham, zamonaviy o‘zbek adabiyoti namunalari ham o‘zining yuksak tarbiyaviy
ta’siri sabab e’tirofga sazovor bo‘lishini tan olish lozim. Demak, o‘z tarkibida ruhiy,
tafakkuriy, axloqiy va diniy tushunchalarni qamrab olgan “ma’naviyat” paradigmasi
sistemasini, undagi tarkibiy qismlarning o‘zaro munosabatlarini o‘rganish falsafiy, adabiy va
lingvistik nuqtayi nazaridan baholanishi va tadqiq qilinishi ushbu paradigmaning naqadar
keng va yuksak didaktik tabiatga egaligidan darak beradi. Albatta, bu borada “ma’naviyat”
leksik-semantik kategoriyasini har bir yo‘nalish o‘z tadqiqot obyekti va usullari asosida
o‘rganadi, tasniflaydi va xulosalar chiqaradi.
“Ma’naviyat’’ xususida paradigma deb so‘z yuritar ekanmiz, uning tushuncha sifatidagi
xarakteristikasi urg‘u berish lozim. Chunki paradigmaning mukammal tasnifi ayni shu
maydonni umumlashtiruvchi konsept mazmunini tushunishdan boshlanadi. Demak,
“ma’naviylik inson va insoniyatning nodir fazilati bo‘lib, u inson ruhiyati bilan chambarchas
bog‘liqdir. Ma’naviylik – bu ko‘p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi
insonning kundalik hayot tajribalari, uning tabiat, atrofdagi kishilar va jamiyat bilan bo‘lgan
munosabatlarida hosil qilgan malakalari, ko‘nikmalari, uning shaxs isfatida shakllanishi
133
davomida egallagan axloqiy, siyosiy, huquqiy-diniy, falsafiy qarashlari, shuningdek, fanlarni
o‘rganish asosida olgan bilimlari, badiiy, texnik va ilmiy ijodlarining yig‘indisi
hisoblanadi.
119
O‘zbek tilining izohli lug‘atida “ma’naviyat’’ leksemasiga quyidagicha izoh
berilgan. Ma’naviyat (arabcha; ma’no, ma’nolar majmuasi) moddiy hayot bilan doimo
yonma-yon yuradigan, inson xalq va jamiyat hayotining ajralmas qismi bo‘lgan ijtimoiy
hodisa.
120
XX asr oxiri XXI asr boshlaridagi o‘zbek tilshunosligida va adabiyotida yuz bergan
ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotdagi o‘zgarishlarni o‘zining leksik qatlamida aks ettira
boshladi. “Barchamizga ayonki, XXI asr intellektual salohiyat, tafakkur va ma’naviyat asri
sifatida insoniyat oldida yangi-yangi ufqlar ochish bilan birga biz ilgari ko‘rmagan, duch
kelmagan keskin muommolarni ham keltirib chiqarmoqda. Bugungi murakkab va tahlikali
zamonda yozuvchining bashariyatning ertangi kunini o‘ylab, odamlarni ezgulikka, mehr-
oqibat va bag‘rikenglikka da’vat etishga qaratilgan haroratli so‘zi har qachongidan ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda”.
121
Inson tafakkurining yangilanishida, uning ongiga ma’lum
bir g‘oyani singdirishda hech bir soha lingvistika sohasidek muhim ahamiyat kasb etmaydi.
Sababi har bir davrning leksik bazasi va uning ma’no munosabati shu davrning hayotini ham
aks ettira olish imkoniyatiga ega.
“Bugungi kunda o‘zbek tilshunosligi “nutq, lison” yo‘nalishi asosidagi tadqiqotlar davrini
muvaffaqiyatli bosib o‘tib, o‘zining yangi pog‘onasiga “lison, nutq” tamoyili asosida ish
ko‘rishga jadal o‘tmoqda. Boshqacha aytganda, nazariy tilshunoslik aniqlangan lisoniy
umumiylarning nutqiy voqealanishi, undan samarali foydalanish masalalari bilan
shug‘ullanuvchi zamonaviy fan yo‘nalishlari bo‘lgan sotsiolingvistika, lingvokulturologiya,
kompyuter lingvistikasi kabi ijtimoiy va iqtisodiy samarador qator yo‘nalishlar jadal
rivojlanayotganligi ham ko‘rsatmoqda. Ayniqsa, millatimiz faxri bo‘lgan atoqli so‘z
san’atkorlari badiiy mahorati natijasi o‘laroq yangi-yangi qirralarini namoyon qilgan lisoniy
vositalarni har tomonlama va chuqur o‘rganish dolzarb tus olmoqda”.
122
Jumladan, XX asr
oxiri va XXI asr boshlarida fantastik va sarguzasht asarlari bilan o‘zbek adabiyoti xazinasiga
katta hissa qo‘shgan, fantastikaga milliylikni olib kirgan o‘tkir so‘z ustasi bo‘lgan Tohir
Malik asarlarida bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Uning Vatanimiz va xalqimizga, azaliy
qadriyatlarimizga sadoqat va tuyg‘ulari mahorat bilan tarannum etilgan badiiy asarlari
kitobxonlar qalbidan chuqur joy oldi. Adibning ma’naviyat masalalariga, axloqiy
qadriyatlarga bag‘ishlangan asarlari kitobxonlarga manzur bo‘ldi. Adib insonning ma’naviy,
ruhiy olamini tadqiq etishga ko‘p e’tibor qaratdi. O‘z navbatida kishilarning xarakterini
ochishda nutqiy va lisoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay oldi va asarlarida shuni singdirdi.
Shunday ekan, olamning o‘zbek milliy lisoniy tasvirida “ma’naviyat” maydoninig o‘rni,
uni tashkil etuvchi vositalar tizmini aniqlashda Tohir Malik ijodiga murojaat etish ushbu
paradigma elementlarining kontekstual, paradigmatik xususiyatlarini ochish imkonini beradi.
Adib millat jonkuyari sifatida, albatta, shaxs kamoloti, axloq-odob masalalariga bot-bot
murojaat etadi. Uning asarlarida “ma’naviyat” leksik-semantik guruh elementlari ma’lum
maqsad va vazifalarda qo‘llanishiga guvoh bo‘lamiz. Adibning “Halovat” asarini tahlil qilish
vositasida ulardagi “ma’naviyat” leksik-semantik kategoriyasining atov birliklari va ularning
ma’noviy guruhlarini tasniflash hamda ular o‘rtasidagi ma’noviy munosabatni aniqlash,
o‘xshah, faqli tomonlarini aniqlashni maqsad qilganmiz. Jumladan, adib asarlaridagi
ma’naviyatga oid atov birliklar shaxsning vaziyati yoki ma’naviy dunyosi haqida baho
berishda qo‘llaydi.
119
Ahmedova M. Falsafa.–T., 2005. – B. 174
120
O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 80 000 dan ortiq so‘z va so‘z birikmasi. J. I. - Toshkent: O‘z ME, 2020. –B. 565.
121
.Karimov I. Adabiyotga e’tibor-ma’naviyatga e’tibor. –Toshkent:”O‘zbekiston”, 2009. –B. 11-12
122
Qodirova X, Abdulla Qodiriyning evfemizm va disfemizmdan foydalanish mahorati. f.f.n diss.avtoreferati. 2012. 3-bet
134
Adibning qator badiiy asarlarini tahlil qilish vositasida ulardagi “ma’naviyat” atov
birliklari asosan ushbu vazifalarni bajarishi aniqlandi. Masalan, insonlarning xarakteriga
ijobiy baho berish, ularning xarakteriga salbiy baho berish, voqeya, hatti-harakat, shaxsga
nisbatan personaj munosabatini yoritishni maqsad qilgan. Jumladan, adib o‘z tilidan
so‘zlaganda ushbu maydon vositalarini vaziyat yoki shahsga baho berishda qo‘llaydi.
Masalan, 1.
Bugungi kuyov va kelinning ertangi totuv hayoti,
Do'stlaringiz bilan baham: |