O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


strofantin = konvallyatoksin > selanid > digoksin>digitoksin



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

strofantin = konvallyatoksin > selanid > digoksin>digitoksin.
Yurak glikozidlarining kordiotonik ta’sirining davomiyligi ularning 
organizimda inaktivatsiyasining tezligi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi va 
organizmdan chiqarish tezligi bilan aniqlanadi. Strofant, angishvonagul va 
marvaridgul dori vositalari odatda kun yoki undan ko’proq vaqt davomida 
chiqarib yuboriladi. Davomiy ta’sirni qirmizi angishvonagul glikozidi bo’lgan 
digitoksin (elimenatsiyasi 2-3 hafta) ko’rsatadi. O’rtacha ta’sirni angishvonagul 
glikozidlaridan digoksin va selanid namoyon etadi (chiqarilish vaqti 3-6 kun). 


- 374 -
Yurak glikozidlarining asosiy xarakteristekasi bo’lib, ularning kumulyatsiya 
qilish qobilyati hisoblanadi. Yurak glikozidlari qancha davomli ta’sir qilsa, ular 
shuncha ko’p kumulyatsiyalanadi. Bunda moddiy kumulyatsiya kuzatiladi, 
digitoksinlarda bu holat yaqqol ifodalangan. Bu inaktivatsiya jarayonining sekin 
kechishi va digitoksinning organizimdan chiqarilishiga bog‘liq (t
1/2
~ 160 soat). 
Digoksin(t
1/2
~ 34-36 soat) va selanid kamroq kumulyatsiya bo’ladi. 
Strafantinning yuborilgan dozasidan 7/8 qismi birinchi 24 soat davomida 
chiqariladi, shuning uchun ham kumulyatsiya kam ifodalangan bo’ladi. Ta’sir 
davomiyligi bo’yicha yurak glikozidlari quyidagi tartibda joylashtiriladi. 
Digitoksin > digoksin > selanid > strofantin.
Angishvonagul
va marvaridgul
dori vositalari strofantinga nisbatan kam kumulyatsiyalanadi.
7.2-jadval.
Yurak glikozidlari naperstyanka va strofantani taqqoslash 
xarakteristikasi 
Dori 
vosita
lari 
Ichak 
orqali 
so’ri 
lishi 
Latent davr 
Maksimal effekt 
rivojlanish tezligi 
Yuborilish tezligi 
Kumulyat-
siyaning 
namoyon 
bulishi 
Ichga 
yuboril 
ganda 
Vena 
orqali 
jo’natil
ganda 
Ichga 
yuboril 
ganda 
Vena 
orqali 
jo’natil
ganda 
24 
soat 
ichida 
%
Qon 
plaz-
masi 
dagi 
miqdori 
To'liq 
chiqarib 
tashlani 
shi 
Digit
oksin 
90-100 2 soat 
30-90 
Min 
12 soat 
4-12 
soat 
7-10 
8—9 
kun 
2-3 
hafta va 
undan 
ko’prok 
++++ 
Digo 
ksin 
50—80 30 min - 
2soat 
5-30 
min 
6-8 soat 
1-5 soat 20- 30 34- 
soat 
2-7 
kun 
+ + + 
Strofa
ntin 
2-5 
Qo’llanil
maydi 
5-10 
min 
Qo'llanil 
maydi 
30—90 
Min 
85-90 8 soat 
1-3 
kun 

Yurak glikozidlari dori vositalari oshqozon-ichak traktidan bir xilda 
so’rilmaydi. Lipofil bo’lgan digitoksin 90-95% va digoksin 50-80%, selanid 
o’rtacha (20-40%) so’riladi. Strofantin juda yomon so’riladi (2-5%) va qisman 


- 375 -
o’zgarishga uchraydi. Marvaridgul glikozidlari hazm traktida parchalanadi. 
Shuning uchun ham asosan angishvonagul dori vositalarini (digoksin) qo’llash 
maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, bahorgi adonis
dori vositalari ham ichga 
qabul qilinadi.
Yurak glikozidlari so’rilgandan so’ng turli xil organlar va to’qimalarda har 
xil taqsimlanadi. Yuborilgan dozani 1% ga yaqini yurakda aniqlanadi. Shunga 
ko’ra yurak glikozidlarining asosiy yo’nalgan ta’siri bu guruh dorivor 
moddalariga yurak to’qimalarining yuqori sezuvchanligi bilan tushuntiriladi. 
Yuborilgan glikozidlarning bir qismi plazmadagi albumin bilan bog‘lanadi 
(masalan digoksin 30-35%, strofantin 5%).
Yurak glikozidlari asosan jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Kimyoviy 
o’zgarishlar davomida shakar (glikon) qismi ajralib, aglikon (genin) qismigina 
qoladi. Bundan tashqari ularning gidroksillanishi (digitoksin) va qisman 
konyugatlar hosil bo’lishi kuzatiladi. Yurak glikozidlari va ularning mahsulotlari 
asosan buyraklar orqali hamda o’t suyuqligi bilan ajraladi. Buyraklar 
patalogiyasida yurak glikozidlarining ta’sir davomiyligi oshadi.
Digitoksin metabolitlar va konyugatlar ko’rinishida ajratiladi. Digoksinning 
faqat oz qismi kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Strofantin o’zgarmagan holda 
ajratiladi.
Yurak glikozidlari asosan o’tkir va surunkali yurak yetishmovchiligida 
qo’llaniladi. O’tkir yurak yetishmovchiligida qisqa latent davriga ega (strofantin, 
korglikon) 
yurak 
glikozidlarini 
tavsiya 
qilinadi. 
Surunkali 
yurak 
yetishmovchiligida digoksin asosiy dori vosita hisoblanadi. Bazida glikozidlar 
yurak aritmiyalarida ham buyiriladi. (hilpillovchi aritmiya, paroksizmal 
taxikardiyada). Ko’rsatilgan aritmiyalarda glikozidlarning ta’siri adashgan 
nervning 
tonusini 
oshishi 
va 
yurakning 
o’tkazuvchi 
sestemasida 
qo’zg‘alishlarning kamayishi bilan bog‘liq bo’ladi.
Yurak glikozidlari ko’pincha ichishga (angishvonagul, marvaridgul dori 
vositalari), vena ichiga (strofantin, digoksin, silanit, korglekon). Bazida mushak 


- 376 -
orasiga va rektal yo’l bilan yuboriladi. Teri ostiga ineksiya qilish maqsadga 
muvofiq emas, chunki ular turli xil reaksiyalar: yuborilgan sohada qizarish va 
absesslarga sabab bo’lishi mumin.
Yurak glikozidlarini qabul qilishga qarshi ko’rsatmalarga: to’liq bo’lmagan 
atrioventrikulyar blokada, bradikardiya, o’tkir infekstion miokardit kiradi. Yurak 
glikozidlarini kalsiy preparat bilan va gipokaliyemiya holatida ehtiyotkorlik bian 
qo’llash lozim. Bunga sabab qon zardobida kalstiy ionlari miqdorining ortishi, 
miokardning yurak glikozidlariga sezuvchanligini oshiradi va ushbu dori 
vositalarning toksik ta’siri oshib ketadi. Xuddi shunday holat kaliy ionlarining 
miqdori kamayib ketganda ham kuzatiladi.
Toksik ta’sir yurak glikozidlarining dozasi oshirib yuborilgan hollarda han 
kuzatiladi. Ko’p hollarda bu yuqori kumlyatsiyanish xususiyatiga ega bo’lgan 
angishvonagul dori vositalari qo’llanilishi bilan bog’liq. Intoksikatsiya kardial va 
ekstrakardial buzulishlar bilan kechadi. Bunda turli xil aritmiyalar 
(ekstrasistoliya), qisman yoki to’liq atrioventrikulyar blokada rivojlanadi. 
Ko’pincha o’lim sababchisi – qorinchalar hilpirashi hisoblanadi.
Boshqa sistemalarda ko’rishning pasayishi (rang ajratish ham), holsizlik, 
mushaklar bo’shashi, despeptik o’zgarishlar (ko’ngil aynishi, qayt qilish, 
diareyalar), psixik buzulishlar (qo’zg‘alish, galyusinatsiyalar), bosh og‘rig‘i, teri 
toshmalari 
kuzatiladi. 
Angishvonagul 
preparatlari 
va 
boshqa 
yurak 
glikozidlardan zaharlanishni davolash birinchi navbatda yurak faoliyatidagi 
o’zgarishlarni bartaraf etishga qaratilgan. Bu dori vositalarni bekor qilish yoki 
dozasini kamaytirish, ularning fiziologik antagonistlarini qo’llash maqsadga 
muvofiq. Yurak glikozidlari Kardiomiotsitlarda kaliy ionlarining miqdorini 
kamaytirishini hisobga olgan holda, kaliy dori vositalari (kaliy xlorid, kaliy 
normin va b.) ni qo’llash tavsiya etiladi. Ularni ichishga yoki vena ichiga 
yuborilganda qon zardobida odatdagi kaliy miqdoridan oshib ketmasligi zarur. 
Kaliy dori vositalari glikozidlarning yurakka toksik tasirini oldini olish uchun 
qo’llaniladi, asosan yurak qisqarish ritmining buzilishlarida yaxshi samara 


- 377 -
beradi. Xuddi shu maqsadda magniy dori vositalari (magniy orotat), shuningdek 
panangin (tarkibida kaliy asparaginat va magniy asparaginat saqlaydi) va tarkibi 
bo’yicha unga o’xshash bo’lgan «Asparkam» tabletkalari buyuriladi. Panangin (1 
tab.da 0,158 g kaliy asparaginat) va “Asparkam” (1 tab.da 0,175 g kaliy) 
tabletkalari kaliy ionlarini kam tutganligi bois odatdagi dozada yurak 
glikozidlarining toksik tasirini bartaraf eta olmaydi. Kaliy-normin bitta 
tabletkasida 1g kaliy xlorid saqlaydi. Shuningdek panangin va asparkam vena 
ichiga yuborish uchun ampulalarda ham ishlab chiqariladi. Qonda kaliy ionlari 
konsentratsiyasini 
kamaytiruvchi 
moddalar 
(siydik 
haydovchilar, 
kortikosteroidlar) yurak glikozidlarining kardiotoksik tasirini yuzaga chiqaradi.
Aritmiyalarda aritmiyalarga qarshi tasir ko’rsatuvchi difenin, lidokain, 
amiodaronlar ishlatiladi. Atrioventrikulyar blokadada adashgan nervni yurakka 
tasirini bartaraf etish uchun atropin buyuriladi.
Yurak glikozidlaridan zaharlanishda monoklonal antitelolarni ham qo’llash 
mumkin. Digoksin antidoti bo’lgan Digoxin immune fab (Digibind) dori vositai 
ham shu guruhga masnub.
Molekulasida sulfgidril guruhini tutuvchi unitiol ham yurak glikozidlari 
zaharlanishda yaxshi samara beradi. Ushbu ta’sir miokard hujayrasidagi yurak 
glikozidlari tomonidan ingibirlangan transport ATFazani qayta aktivlanishi bilan 
bog’liq. Biroq unitiol kamdan-kam hollarda qo’llaniladi. Yurak glikozidlari 
ta’sirini yuzaga chiqishida kalstiy ionlarining roli kattaligi sababli qon 
zardobida kalstiy ionlarini miqdorini kamaytiruvchi yoki ularni bog‘lovchi dori 
vositalarni qo’llash tavsiya etiladi. Etilendiamintetraatsetat kislotaning 
dinatriyli tuzi (EDTA dinatriyli tuzi, edetat dinatriy, trilon B) va stitratlar 
shunday xususiyatga ega. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish