O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Noglikozid strukturali kardiotonik moddalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Noglikozid strukturali kardiotonik moddalar 
Adrenomimetiklar, dofamin, metilksantinlar, glyukagon ham yurakni 
stimullovchi xususuyatga ega. Lekin ularning ko’pgina nojo’ya ta’sirlari 


- 378 -
(taxikardiya, aritmiya) bor, bu esa kardiotonik sifatidagi ta’sirini kamaytiradi. 
Boshqacha mexanizmda ta’sir qiladigan moddalar ham kashf qilingan (masalan, 
Kardiomiotsitlarning 
Ca
2+
ga 
sezuvchanligini 
stimullovchi). 
Noglikozid 
moddalar kardiomiotsitlarga ta’sir qilish mexanizmi bo’yicha quyidagicha 
tasniflanadi:
Kardiomiotsitlardagi sAMF va Ca
2+
 ionlari miqdorini oshiruvchi vositalar 
1. β
1
-adrenoretseptorlarni stimullovchi vositalar
Dofamin 
Dobutamin
2. Fosfodiesterazani ingibitorlari
Amrinon 
Milrinon 
Dofamin va dobutaminning kardiotonik ta’siri ularning yurakdagi 
adrenoretseptorlarga ta’siri bilan bog‘liq. Bunda adenilatsiklaza faollashadi, bu 
esa Kardiomiotsitlardagi sAMF miqdorining ko’payishiga va Ca
2+
ionlari 
konsentratsiyasining ortishiga olib keladi. Natijada yurakning qisqarish kuchi 
oshib boradi. 
Dofamin(dopmin) dofaminoretseptorlarga ta’sir qiladi, bundan tashqari 
noradrenalinning o’tmishdoshi bo’lganligi sababli α- va β- retseptorlarni ham 
stimullaydi. O’rtacha terapevtik dozada dofamin musbat inotrop ta’sir ko’rsatadi 
(yurakdagi β
1
 
retseptorlarni qo’zg‘atadi), buyrak va mezenterial qon tomirlarni 
kengaytiradi (silliq mushaklardagi dofamin retseptorlariga ta’sir qiladi). 
Dofamin kardiogen shokda qo’llaniladi. Bu dori vositasi taxikardiya, aritmiya 
chaqirishi, periferik qon tomirlarni qarshiligini va yurak ishini haddan tashqari 
oshirib yuborishi mumkin.
Dobutamin β
1
 
adrenomimetik sifatida ko’proq tanlab ta’sir ko’rsatadi. 
Uning kardiotonik ta’siri ko’proq ifodalangan. Dobutamin yurakning 
dekompensatsiya davrida qisqa muddatli stimullovchi sifatida qo’llaniladi.
Dobutamin taxikardiya, aritmiya, gipertenziya va boshqa nojo’ya ta’sirlarni 
keltirib chiqaradi. Dofamin va dobutamin vena ichiga yuboriladi.


- 379 -
Oxirgi yillarda taxikardiya, aritmiya chaqirmaydigan, arterial bosimni 
o’zgartirmaydigan sintetik kardiotonik moddalar bo’yicha chuqur izlanishlar 
olib borilmoqda. Bundan tashqari preparatlarning musbat inotrop ta’siri koronar 
qon aylanishini yaxshilab, yurakni kislorodga bo’lgan ehtiyojini oshirmagan 
holda yuzaga chiqishi maqsadga muvofiqdir. Amrinon va milrinon ushbu 
talablarga qisman javob beradi. Ular fosfodiesteraza III ni ingibirlash hisobiga 
sAMF miqdorini oshiradi, ya’ni sAMF inaktivatsiya jarayonini bloklaydi. sAMF 
ning yig‘ilishi Ca
2+
ionlarini konsentratsiyasini oshishiga olib keladi, bu esa 
musbat inontrop ta’sir ko’rsatadi. Shunday qilib, bu moddalar mexanizmi 
bo’yicha yurak glikozidlari va katexolaminlardan ajralib turadi. 
Amrinon – (bispiperidin unumi) miokardni qisqarish aktivligini oshiradi va 
vazodilatatsiya chaqiradi. Hozirgi kunda bu dori yurakning o’tkir 
yetishmovchiligida faqat qisqa muddatga (vena ichiga) qo’llaniladi. Amrinon 
gipotenziya, ba’zan aritmiya chaqirishi mumkin. Amrinonni enteral qo’llash 
tavsiya qilinmaydi, chunki turli noxush ta’sirlarga ega va uzoq qo’llaganda 
hayot davomiyligini kamaytiradi 
Milrinon strukturasi va ta’siri bo’yicha amrinonga o’xshash.
Noglikozid kardiotonik prepatlar qatoriga miofibrillalarni Ca
2+
ionlariga 
sezuvchanligini oshiruvchi vositalarni ham kiritish mumkin. Bu guruhning 
birinchi vakili piridazinondinitrilning unumi 
Levosimendan
(simdaks) 
hsoblanadi. Ta’sir mexanizmi troponin C bilan birkib yurak miofibrillalarining 
Ca
2+
ionlariga sezuvchanligini oshirishdan iborat. Shu orqali miokardning 
kislorodga bo’lgan ehtiyojini oshirmagan holda, yurakni qisqarish kuchini 
ko’paytiradi. Bundan tashqari 
levosimendan 
toj tomirlarni va boshqa qon 
tomirlarini (arteriya va venalarni) kengaytiradi. Bu qon tomirlar silliq 
muskullida K
ATF
- kanallarining faollashuvi bilan bog’liq. Bundan tashqari 
levsimendan endotelin-1 ajralishini kamaytiradi. Yuqori konsentratsiyada
fosfodiesteraza III ni ingibirlaydi. Tomirlarni kengaytiruvchi ta’siri hisobiga toj 
tomirlarida qon aylanishini yaxshilaydi, tomirlarning umumiy periferik 


- 380 -
qarshiligini kamaytiradi, hajm tomirlari va o’pka arteriyalaridagi bosimni 
pasaytiradi, yurakka tushadigan pred- va postnagruzkani kamaytiradi. Bularning 
hammasi yurak yetishmovchiligida uning ish faoliyatini yaxshilanishiga sabab 
bo’ladi. 
Terapevtik 
dozada 
qo’llanilganda 
odatda aritmogen xususiyati 
kuzatilmaydi. Organizmda
 
levosimendan deyarli to’liq o’zgarishga uchraydi. 
Moddaning 5% ga yaqini aktiv metobolitga aylanadi. 97-98%i qondagi plazma 
oqsillari bilan bog‘lanadi. Tezda eliminatsiyaga uchraydi. 
t
1/2 
~ 1 soat. 
Levosimendan o’tkir yurak dekompensatsiyasida qo’llaniladi. Vena ichiga 
infuziya yo’li bilan yuboriladi. Qo’llash davomiyligi 6-24 soat, ba’zan undan 
ham ortiq. Ijobiy ta’siri infuziya to’xtatilgandan so’ng bir haftagacha saqlanadi. 
Preparat yaxshi qabul qilinadi. Nojo’ya ta’silardan bosh og’rig’i arterial 
gipertenziya, bosh aylanishi, ko’ngil aynishi, gipokaliyemiya kuzatilishi 
mumkin. Yuqori dozalarda qo’llanilishi yurak aritmiyasiga olib keladi. 
Umuman olganda, to’langan ma’lumotlar asosida yurak yetishmovchiligida 
levosimendan boshqa noglikozid kardiotoniklarga nisbatan yaxshiroq natija 
ko’rsatishini ko’rishimiz mumkin, ammo preparatning samaradorligi va 
xavfsizligi haqida xulosa yuritishimiz uchun keyingi izlanishlarda davom 
etishimiz lozim. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish