O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

I.
 
Kardiomiotsitlarda ion kanallarini falajlovchi moddalar (yurakni 
o’tkazuvchi sistemasi va miokard qisqaruvchanligiga ta’sir etuvchi)
1. 
Natriy kanallarini falajlovchi moddalar (membranalarni mustahkamlovchi 
moddalar; I -guruh) 
I A. Kichik guruh (xinidin va xinidinsimon moddalar):
 
Xinidin sulfat, Dizopiramid, Novokainamid, Aymalin
I B: Kichik guruh:
 
Lidokain, Difenin 
IC

Kichik guruh:
 
Flekainid, Propafenon, Etmozin, Etatsizin, Allapinin 
2.
 
L-turkumidagi kalsiy kanallarini falajlovchi moddalar ( IV guruh) 
Verapamil Diltiazem 
3.
 
Kaliy kanallarini falajlovchi moddalar (repolyarizatsiya jarayonini va Shunga 
ko’ra harakat potensiali davomiyligini uzaytiruvchi moddalar; III guruh):
Amiodaron, Ornid, Sotalol 
4.
 
Sinus tugunining Na
+
-K
+
kanallarini tanlab falajlovchi moddalar (I
f
) (V guruh; 
bradikardiya chaqiruvchi moddalar):
Ivabradin, Falipamil, Alinidin 
II.
 
Asosan yurak efferent innervatsiyasi retseptorlariga ta’sir etuvchi 
moddalar:
Adrenergik ta’sirni pasaytiruvchi moddalar ( II guruh) 
β-Adrenoblokatorlar:
 
Anaprilin va boshqalar.
Adrenergik ta’sirni oshiruvchi moddalar
β-Adrenomimetiklar:
 
Izadrin 
Simpatomimetiklar:
Efedrin
Xolinergik ta’sirni pasaytiruvchi moddalar 
M-xolinoblokatorlar:
Atropin 
III.
 
Aritmiyaga qarshi faollikka ega boshqa vositalar. 
IV.
 
Kaliy va magniy preparatlari, Yurak glikozidlari, Adenozin
 
Antiaritmik faollikka ega moddalar turli xil kimyoviy birikmalar sinfiga kiradilar. 
Farmakologik tegishliligi bo’yicha ham bular ko’plab guruh moddalarning 


- 386 -
vakillaridir. Xinidin, novokainamid, etmozin, etatsizin va aymalin faqatgina 
aritmiyaga qarshi vosita sifatida foydalaniladi. 
Aritmiyaga qarshi vositalarning quyidagi tasnifidan ko’pincha foydalaniladi 
(ayniqsa dastlabki to’rt guruhga bo’linish): 
I
gruppa –natriy kanallari blokatorlari (IA kichik guruh – xinidin va xinidinga 
o’xshash vositalar; IB kichik guruh- lidokain va difenin; IC kichik guruh- 
flekainid, enkainid.); 
II
gruppa 
–yurakka 
adrenergik 
ta’sirni 
susaytiruvchi 
vositalar 
(β-
adrenoblokatorlar); 
III
gruppa –repolyarizatsiya jarayoni davomiyligini oshiruvchi va harakat 
potensialini uzaytiruvchi vositalar (amiodaron, ornid, sotalol); 
IV
gruppa –kalsiy kanallarini bloklovchi vositalar (verapamil); 
V
gruppa –selektiv bradikardik vositalar (alinidin, ivabradin); 
VI
gruppa –yurak glikozidlari (digoksin, digitoksin); 
VII
gruppa –supraventrikulyar taxikardiyada adashgan nerv ta’sirini 
kuchaytiruvchi vositalar (mezaton, edrofoniy). 
Kaliy xlorid gipokaliyemiyaning barcha holatlarida, ammo asosan yurak ritmi 
buzilishlarida qo’llaniladi. Lidokain (ksikain) mahalliy anestetik sifatida 
ma’lum, anaprilin (propranolol) - β-adrenoblokator bo’lsa, yurak glikozidlari 
esa yurak yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan dori vositalari 
sanaladi. Bundan tashqari quyidagilar aritmiyaga qarshi xususiyatlarga ega: 
epilepsiyaga qarshi dori vositalar difenin va karbamazepin; stenokardiyani 
davolash uchun birinchi tavsiya qilingan dori vositalar, verapamil (izoptin); 
ornid (bretiliy tozilat) esa simpatolitik vosita sifatida ma’lum. Bradiaritmiyada 
va o’tkazuvchanlik buzilganda m-xolinoblokatorlar va adrenomimetiklar 
qo’llaniladi. 
Aritmiyaga qarshi moddalar qo’llanilishi bo’yicha quyidagi guruhlarga 
bo’linadi: 
A. 
Taxiaritmiyada va ekstrasistoliyada qo’llaniladigan moddalar



- 387 -
Natriy kanallarini bloklovchi moddalar 
Kalsiy kanallarini bloklovchi moddalar 
Kaliy kanallarini
 
bloklovchi moddalar 
Bradikardik vositalar 
β-Adrenoblokatorlar 
Yurak glikozidlari (Angishvonagul moddalari)
Adenozin 
Kaliy va magniy preparatlari 
B. Bradiaritmiya va o’tkazuvchanlik buzilganda qo’llaniladigan vositalar 
M-xolinoblokatorlar
β -Adrenomimetiklar 
Aritmiyaga qarshi vositalarni umumiy baholash aritmiyaning turli 
shakllarida ularning o’ziga xos samaradorligi va noqulay ta’sirlarining 
ifodalanganligi va chastotasidan kelib chiqadi. Barcha aritmiyaga qarshi 
vositalarda u yoki bu darajada bo’ladigan 
aritmogen (proaritmik) ta’siri 
ga katta 
e’tibor qaratiladi. Bu ta’sir mavjud aritmiyaning yomonlaShuvi yoki yangi taxi- 
yoki bradiaritmiyalar, ekstrasistolalar paydo bo’lishi, Shuningdek sinoatrial va 
atrioventrikulyar blokadalar rivojlanishi bilan namoyon bo’lishi mumkin. Ba’zan 
bu bemor hayoti uchun xavf tug‘diradi, masalan polimorf qorincha taxikardiyasi 
(torsade de pointes) paydo bo’lganda. Aritmiyaga qarshi vositaning bemorga 
ta’sirini oldindan aytishning amalda imkoni yo’q. Shuning uchun dori vositani 
aritmogenligi bo’yicha xavfsizini tanlash va uni dozalash bir necha kun davomida 
uzluksiz EKG tahlili bilan birga amalga oshiriladi. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish