O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


EKG da P-R interval va QRS kompleks uzayadi



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

EKG da
P-R interval va QRS kompleks uzayadi. 
Qorinchalar repolyarizatsiyasi tezligiga ta’sir qilmaydi. SA tuguni 
avtomatizmini sal pasaytiradi. Miokard qisqaruvchanligini ham ozgina 
susaytiradi. Me’da ichak traktidan yaxshi so’riladi. Jigardan 1-marta o’tganda 
o’zgarishga uchramaydi. Metabolitlari va o’zi buyrak orqali chiqib ketadi. 
Qo’llanishi qorincha va qorinchalar usti aritmiyalarida. Ichishga yoki venaga 
yuborishga buyuriladi. Nojo’ya ta’sirlari bosh aylanish, ko’rish buzilishi, dispone. 
Aritmogenligi ham yaxshi ifodalangan. Preparatni yurak bloki va kardiogen 
shokda berish mumkin emas. 
P r o p a f e n o n (ritmonorm) natriy kanallarini bloklash bilan birga β-
adrenoblokatorlik va kamroq bo’lsada kalsiy kanallarini susaytirish 
xususiyatlariga ega. Natriy kanallarida moddalarning assotsiatsiya-dissotsiatsiya 
jarayonlari sekin o’tadi. SA tugun va ektopik o’choqlar avtomatizmini susaytiradi. 


- 397 -
AV tugun, bo’lmacha,qorincha va Giss-Purkinye tolalarida o’tkazuvchanlikni 
kamaytiradi. 
EKG da P-R interval va QRS kompleks uzayishi kuzatiladi
. Yurak 
yetishmovchiligi fonida yurak zarb hajmi kamayishi kuzatiladi. 
Ichakdan yaxshi so’riladi,lekin jigardan o’tganda bir qismi metabolizmga 
uchrab ketadi. Shuning uchun ham dorining biofaolligi chegarasi har xil(3-40%). 
Bemorlar guruhida propafenonning tez metabolizmga uchraydigan(90%ida 5,5 
soat) va sekin metabolizmga uchraydigan(10%ida 17,2 soat) guruhlari farq qiladi. 
Propafenon asosan qorinchalar usti aritmiyasi Shuningdek, qorinchalar 
aritmiyasida boshqa dori vositalar samarasiz bo’lganda qo’llaniladi (ichishga va 
ba’zan vena ichiga buyuriladi). Nojo’ya ta’sirlari tez-tez kuzatiladi (
1
/
3
-
1
/

bemorlarda). Ko’ngil aynash, qayt qilish, qabziyat, holsizlik, bronxospazm va 
b.Kuchli aritromogen ta’sirga ega. 
Propafenonni o’tkazuvchanlik buzilganda, yurak yetishmovchiligida, 
kardiogen shokda qo’llash tavsiya qilinmaydi. 
Bu guruhga fenotiazin unumlaridan e t m o z i n va e t a t s i z i n ni kiritish 
mumkin. Ikkalasi aralash ta’sirga ega dori vosita sanaladi. Etmozin natriy 
kanallarini bloklovchi barcha uch guruh xususiyatlarini birlashtiradi (IC, IB, IA). 
Etatsizin nafaqat natriy balki kalsiy kanallarini ham bloklaydi (IC, IV). 
Etmozin yurak bo’lmacha-qorincha tugunida, Gis tutamida va Purkine 
tolalarida o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Amalda repolyarizatsiya tezligini 
o’zgartirmaydi. 
Arterial bosim va yurak qisqarishi chastotasi sezilarli oshadi. Yurak toj 
tomirlarida qon aylanishi biroz yaxshilanadi. Miokard qisqaruvchanligiga deyarli 
ta’sir ko’rsatmaydi. Hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. BiokiriShuvchanligi 
40%. Jigarda to’liq metabolizmga uchraydi. Metabolitlari buyraklar orqali 
chiqariladi. 
Dori vosita qorinchalar va qorinchalar usti aritmiyasida samarali ta’sir 
ko’rsatadi. Ammo etmozinning yuqori aritmogen ta’sirga ega bo’lgani sababli 
qorinchalar aritmiyasida boshqa dori moddalari ta’sir qilmaganda qo’llaniladi. 


- 398 -
Nojo’ya ta’sirlari 2-5% bemorlarda kuzatiladi. Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, 
holsizlik, dispnoe, taxikardiya, paresteziya, qorin sohasidagi og‘riq, mialgiya, 
diareya va hokazolar kuzatiladi. 
Etatsizin kuchli aritmiyaga qarshi ta’sirga ega. Avtomatizm va 
o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kalsiy kanallariga bloklovchi ta’sir ko’rsatgani 
uchun miokardni qisqaruvchanligini kamaytiradi. 
Qo’llanilishi va qo’llash man etiladigan holat etmozinga o’xshash. Nojo’ya 
ta’sirlari etmozinga nisbatan ko’proq kuzatiladi (bosh aylanishi, quloq 
shang‘illashi, ko’rishni buzilishi, paresteziya va hokazo). Eng ko’p uchraydigan 
nojo’ya ta’sirlar etatsizinni vena ichiga yuborilganda namoyon bo’ladi. Shuning 
uchun dori vositani enteral yuborish maqsadga muvofiqdir. Natriy kanallari 
blokatorlariga Shuningdek a l l a p i n i n ham kiradi. U lappakonitin alkaloidi 
gidrobromidi hisoblanadi. Eksperimentlarda yaxshi o’rganilmagan. Yurak 
bo’lmachasi va qorinchalardan qo’zg‘aluvchanlik o’tishini sekinlashtiradi. 
Miokardning 
qisqaruvchanlik 
aktivligiga 
deyarli 
ta’sir ko’rsatmaydi. 
Gipotenziyani chaqirmaydi. Qorincha usti va qorinchalar ekstrasistoliyasida 
hamda taxiaritmiyada qo’llaniladi. Ichishga qabul qilinadi. Allapinin ko’pincha 
nojo’ya ta’sirlarni chaqiradi (bosh aylanishi, diplopiya, bosh og‘rig‘i, aritmiya, 
allergik reaksiyalar). 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish