- 397 -
AV tugun, bo’lmacha,qorincha va Giss-Purkinye tolalarida o’tkazuvchanlikni
kamaytiradi.
EKG da P-R interval va QRS kompleks uzayishi kuzatiladi
. Yurak
yetishmovchiligi fonida yurak zarb hajmi kamayishi kuzatiladi.
Ichakdan yaxshi so’riladi,lekin jigardan o’tganda
bir qismi metabolizmga
uchrab ketadi. Shuning uchun ham dorining biofaolligi chegarasi har xil(3-40%).
Bemorlar guruhida propafenonning tez metabolizmga uchraydigan(90%ida 5,5
soat) va sekin metabolizmga uchraydigan(10%ida 17,2 soat) guruhlari farq qiladi.
Propafenon asosan qorinchalar usti aritmiyasi Shuningdek, qorinchalar
aritmiyasida boshqa dori vositalar samarasiz bo’lganda qo’llaniladi (ichishga va
ba’zan vena ichiga buyuriladi). Nojo’ya ta’sirlari tez-tez kuzatiladi (
1
/
3
-
1
/
5
bemorlarda). Ko’ngil aynash, qayt qilish,
qabziyat, holsizlik, bronxospazm va
b.Kuchli aritromogen ta’sirga ega.
Propafenonni o’tkazuvchanlik buzilganda,
yurak yetishmovchiligida,
kardiogen shokda qo’llash tavsiya qilinmaydi.
Bu guruhga fenotiazin unumlaridan e t m o z i n va e t a t s i z i n ni kiritish
mumkin. Ikkalasi aralash ta’sirga ega dori vosita sanaladi. Etmozin natriy
kanallarini bloklovchi barcha uch guruh xususiyatlarini birlashtiradi (IC, IB, IA).
Etatsizin nafaqat natriy balki kalsiy kanallarini ham bloklaydi (IC, IV).
Etmozin yurak bo’lmacha-qorincha tugunida,
Gis tutamida va Purkine
tolalarida o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Amalda repolyarizatsiya tezligini
o’zgartirmaydi.
Arterial bosim va yurak qisqarishi chastotasi sezilarli oshadi. Yurak toj
tomirlarida qon aylanishi biroz yaxshilanadi. Miokard qisqaruvchanligiga deyarli
ta’sir ko’rsatmaydi. Hazm qilish traktidan yaxshi so’riladi. BiokiriShuvchanligi
40%. Jigarda to’liq metabolizmga uchraydi. Metabolitlari
buyraklar orqali
chiqariladi.
Dori vosita qorinchalar va qorinchalar usti aritmiyasida samarali ta’sir
ko’rsatadi. Ammo etmozinning yuqori aritmogen ta’sirga ega bo’lgani sababli
qorinchalar aritmiyasida boshqa dori moddalari ta’sir qilmaganda qo’llaniladi.
- 398 -
Nojo’ya ta’sirlari 2-5% bemorlarda kuzatiladi. Bosh
aylanishi, bosh og‘rig‘i,
holsizlik, dispnoe, taxikardiya, paresteziya, qorin sohasidagi og‘riq, mialgiya,
diareya va hokazolar kuzatiladi.
Etatsizin kuchli aritmiyaga qarshi ta’sirga ega.
Avtomatizm va
o’tkazuvchanlikni pasaytiradi. Kalsiy kanallariga bloklovchi ta’sir ko’rsatgani
uchun miokardni qisqaruvchanligini kamaytiradi.
Qo’llanilishi va qo’llash man etiladigan holat etmozinga o’xshash. Nojo’ya
ta’sirlari etmozinga nisbatan ko’proq kuzatiladi (bosh aylanishi, quloq
shang‘illashi, ko’rishni buzilishi, paresteziya va hokazo). Eng ko’p
uchraydigan
nojo’ya ta’sirlar etatsizinni vena ichiga yuborilganda namoyon bo’ladi. Shuning
uchun dori vositani enteral yuborish maqsadga muvofiqdir. Natriy kanallari
blokatorlariga Shuningdek a l l a p i n i n ham kiradi. U lappakonitin alkaloidi
gidrobromidi hisoblanadi. Eksperimentlarda yaxshi o’rganilmagan. Yurak
bo’lmachasi va qorinchalardan qo’zg‘aluvchanlik o’tishini sekinlashtiradi.
Miokardning
qisqaruvchanlik
aktivligiga
deyarli
ta’sir ko’rsatmaydi.
Gipotenziyani chaqirmaydi. Qorincha usti va qorinchalar ekstrasistoliyasida
hamda taxiaritmiyada qo’llaniladi. Ichishga qabul qilinadi. Allapinin ko’pincha
nojo’ya ta’sirlarni chaqiradi (bosh aylanishi, diplopiya, bosh og‘rig‘i, aritmiya,
allergik reaksiyalar).
Do'stlaringiz bilan baham: