- 393 -
1
Lidokain vena ichiga yuboriladi, qolgan dori vositalar -
peros.
4
Dori
modda
sekin metabolizmga uchraganda
2
Vena ichiga dori modda yuborilish
to’xtatilgandan keyin.
3
Dori modda tez metabolizmga uchraganda.
Novokainamid enteral va parenteral yuboriladi (vena ichiga, mushak ichiga),
oshqozon-ichak traktidan xinidinga nisbatan tez so’riladi. Turli bemorlarda
novokainamid metabolizmi tezligi bo’yicha sekin
va tezkor astetilyatorlar
ajratiladi av Shunga qarab dori ta’sir davomiyligi farq qiladi. Buyraklar orqali
chiqib ketadi. Novokainamidni bemorlar odatda yaxshi ko’taradi. Xinidinga
o’xshash tarzda o’tkazuvchanlikni buzilishiga olib kelishi mumkin. Aritmogen
ta’sirga ko’ra xinidinga o’xshab ketadi. Ichishga
qabul qilinganda xinidinga
nisbatan arterial bosimni kam darajada pasaytiradi. Ammo bir qator holatlarda
novokainamid ko’ngil aynishga, qayt qilish, ich ketish va sudorgiga sabab bo’lishi
mumkin. Parenteral yuborilganda enteralga qaraganda nojo’ya ta’sirlari ko’proq
bo’ladi. Bunda asosiy muammo novokainamidga yuqori ta’sirchanlik bo’lib,
sanchiqlar, bo’g‘imlar va mushaklar sohasidagi og‘riqlar, terida toshmalar, kam
holatda agranulotsitoz va qizil bo’richa sindromi rivojlanishi mumkin.
Xinidin va novokainamid idiosinkraziyada va yurak bo’lmacha-qorincha
blokida qo’llanmaydi. Yurak yetishmovchiligida, gipotonik holatlarda bemorlarga
bu moddalar ehtiyotkorlik bilan tayinlanadi.
Aritmiyaga qarshi ta’sirga d i z o p i r a m i d (ritmilen) ham ega. Xinidinga
o’xshab miokardning barcha qisqaruvchi bo’limlariga va o’tkazuvchi
tizimiga
ta’sir ko’rsatadi. Ichakdan yaxshi so’riladi. Asosan buyrak orqali chiqariladi. Dori
vosita ko’pincha qorincha aritmiyasida qo’llaniladi. Dizopiramidni buyurilganda
miokardni qisqaruvchi aktivligi pasayishini hisobga olgan holda buyurish kerak.
Uning salbiy xususiyatlariga m- xolinoblokatorlik faolligini kiritish mumkin, bu
og‘iz bo’shlig‘i shilliq pardasi qurishi, ko’zda akkomodatsiyani o’zgarishi, siydik
ajralishining qiyinlashishiga olib keldi. Ko’ngil aynab, qayt qilish ehtimoli
mavjud.
A y m a l i n (aritmal) – ilonsimon rauvolfiya alkaloidi sanaladi. Xinidinga
- 394 -
o’xshab yurakning asosiy funksional parametrlarini o’zgartiradi, ammo miokard
qisqaruvchanligini kam miqdorda kamaytiradi. Aymalin tizimli arterial bosimni
kam miqdorda pasaytiradi, yurakda toj-tomir qon aylanishini yaxshilaydi. O’sha
o’simlik xomashyosidan olinuvchi rezerpindan
farqli ravishda aymalin
tinchlantiruvchi va simpatolitik ta’sirga ega emas . Oshqozon-ichak traktidan
yomon so’riladi, Shuning uchun uni parenteral yuborish maqsadga muvofiq
(mushak ichiga va vena ichiga); t
1/2
= 15 soat. Aymalin ekstrasistoliyada, yurak
bo’lmasi paroksizmal titroq aritmiyasida qo’llaniladi. Uni odatda yaxshi
ko’taradi. Ba’zan dispeptik holatlar, umumiy holsizlikni chaqiradi.
Natriy kanallarini bloklovchi vositalarga
Shuningdek lidokain, meksiletin
va difenin kiradi. Ba’zi bir qator ta’sirlari bilan xinidindan birmuncha
farqlanadi. Shuning uchun ularni
IB
guruhiga kiritadi.
L i d o k a i n (ksikain, ksilokain) nafaqat mahalliy anestetik balki
aritmiyaga qarshi vosita sifatida ham qo’llaniladi. Rezorbtiv ta’sirida u
avtomatizmga pasaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi (4-faza- diastolik depolyarizatsiya
fazasi kamayadi). Bu Purkinye tolalarida va qorincha mushaklarida bo’lib, SA
tugunda kuzatilmaydi. Ektopik o’choqlarda qo’zg‘aluvchanlikni
pasaytiruvchi
xususiyatga ega. Tezkor depolyarizatsiya tezligiga (0 faza) u ta’sir qilmaydi
yoki Purkinye tolalarida kam miqdorda pasaytiradi. Xinidindan farqli ravishda
harakat potensiali davomiyligini ( ya’ni repolyarizatsiya fazasi) va samarali
refrakter davrni lidokain kamaytiradi (asosan o’tkazuvchi sitemada va qorincha
mushaklarida). EKG da
5>
Do'stlaringiz bilan baham: