- 408 -
toraytiradi. Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to’liq so’riladi. Buyrak
orqali chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmalari ichishga va vena ichiga yuboriladi.
Miqdori oshganda paresteziya paydo bo’ladi, dispeptik buzilishlar, bo’lmacha-
qorincha o’tkazuvchanligi pasayib, to’liq bloklanadi, buyrak faoliyati buziladi.
Kaliy bir qator kombinirlangan dori vositalar tarkibiga kiritiladi;
masalan
“Asparkam”, panangin, polyarizatsiyalangan aralashma. Polyarizatsiyalangan
aralashmalar kaliy xlorid, glyukoza va insulindan iborat . Polyarizatsiyalangan
aralashmalar miokard infarktida
aritmiyani bartaraf qilish , ektopik aritmiyani,
yurak qisqarishi ritmi buzilishida va yurak glikozidlari miqdori oshganda kelib
chiqadigan aritmiyalarni bartaraf qilish uchun qo’llaniladi. Aritmiyaga qarshi
faollikka ega magniy dori vositalari ham kiradi (magniy sulfat, magniy xlorid,
magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa
gipomagniemiyada samarali
ta’sirga ega. Magniy sulfat yurak glikozidlari bilan zahrlanganda, multiformali
qorinchalar taxikardiyasida vena ichiga yuboriladi.
Ba’zi bir aritmiyalarda yurak glikozidlaridan ham foydalaniladi (angishvonagul
dori vositalaridan). Ularni qo’llashga asosiy ko’rsatma - supraventikulyar
taxiaritmiya (paroksizmal taxikardiya, bo’lmachalar hilpirashi va titrashida)
qo’llaniladi.Bu dori vositalarning aritmiyaga qarshi ta’sir
mexanizmi bir qator
komponentlarni o’z ichiga oladi- yurak glikozidlari ta’siri ostida qorincha ritmi
sekinlashishi, yuqori chastotali yurak bo’lmachasi qisqarishini kamayishi va
bo’lmacha-qorincha tugunini o’tkazuvchanligi susayadi, samarali refrakter davrini
uzayishi kuzatiladi. Yurak glikozidlarini bo’lmachalar titrog‘idagi yuqori samarali
ta’siri, adashgan nervni tonusini oshirib, yurak bo’lmachasini samarali refrakter
davrini qisqarishiga olib keladi. Bu yurak bo’lmacha titrog‘ini bo’lmacha
hilpilashiga olib keladi (yuqori chastotali qisqarish, titroqqa qaraganda). Samarali
refrakter davri oshishi fonida, bo’lmacha tugunidan qorincha tuguniga impulslar
o’tishi yana ham murakkablashadi.
Yurak yetishmovchiligida yurak klikozidlari ta’siri
ostida ritmning buzilishi
asosan adashgan nervlar tonusi oshishi, qon aylanishini normallashishi, simpatik
- 409 -
nervlarni efferent yo’llardan kardiotezlatuvchi reflekslarni kelishini kamaytiradi.
Aritmiyaga qarshi faollikka shuningdek adenozin ham ega. Kimyoviy tuzilishiga
ko’ra adenozin, hujayralarida hosil bo’ladigan (AMF, ADF, ATF), organizmdagi
nukleoizdlarga kiritiladi,. Purinergik nervlar mediatori/modulyatori hisoblanadi;
lokal gormon vazifasini bajarilishi mumkin. Adenozin retseptorlarga o’zaro ta’sir
qiladi (A
1
–A
4
), ularni agonisti hisoblanadi shu asosda G oqsillar orqali
adenilatstiklazani oshiradi yoki kamaytiradi. Ko’plab to’qimalarga shu jumladan
silliq mushaklarga va nerv hujayralariga ta’sir ko’rsatadi.
Adenozin
atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytiradi (A
1
), yurak toj tomirlarini
kengaytiradi (A
2
), miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi (A
1
), trombostitlar
agregatsiyasini pasaytiradi (A
2
). Bronxiolalar tonusini oshirishi mumkin (A
1
).
Semiz hujayralarni (A
3
) retseptorlarini qo’zg‘atib, biologik aktiv moddalarni
ajralishiga olib keladi. MNS ga susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Adenozin
antagonisti bo’lib metilksantin hisoblanadi (teofillin, kofein),
adenozin
retseptorlarini blokatorlari (A
1
–A
2
). Dipiridamol adenozinni to’qimalarda
ingibirlanishini kamaytirib, uning ta’sirini oshiradi. Adenozin supraventikulyar
taxiaritmiyada qo’llaniladi. Uning ta’siri atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni
pasaytirishi bilan asoslangan. Adenozin qisqa vaqt ta’sir qiladi; t
1/2
-10s. Vena
ichiga yuboriladi. Nojo’ya ta’sirlaridan yuz terisini qizarishi kuzatiladi, nafas
buzilishi, qisqa vaqtli atrioventrikulyar blok kuzatiladi. Ko’rinib
turibdiki
aritmiyaga qarshi vositalarni qo’llashdan tashqari aritmiya sababini aniqlash va
agar shoshilinch ko’rsatmalar yo’q bo’lsa, sababni davolashga kirishish kerak
(masalan revmatizmda – revmatizmga qarshi vositalar bilan).
Nomlanishi
Kattalar va bolalar uchun
o’rtacha terapevtik miqdor;
yuborish yo’llari.
Chiqarilish shakli
Xinidin sulfat -
Do'stlaringiz bilan baham: