- 402 -
qorincha bloki, shox pardada preparatning mikrokristallarni yig‘ilishi(qaytar
bo’ladi), teri pigmentatsiyasi (kulrang - ko’k rangga bo’yaladi), fotodermatitlar,
qalqonsimon bez funksiyalari buzilishi kuzatiladi. Ba’zan o’pkada fibroz
rivojlanadi. Katta dozada turli nevrologik buzilishlar
kuzatilishi mumkin
(paresteziyalar, tremor va h.). Dori vositani qabul qilish to’xtatilgandan so’ng
nojo’ya ta’sirlari ancha uzoq saqlanadi.
D r o n e d a r o n (multitag) ham mexanizmi amiodaronga o’xshaydi, lekin
tarkibida yod atomi yo’qligi uchun qalqonsimon bezga yomon ta’sir etmaydi,
o’pkada fibroz ham bo’lmaydi. Ammo adabiyotlarda dronedaronni doimiy
hilpiroq aritmiyada qo’llaganda insult va yurak yetishmovchiligi rivojlanib letal
oqibatlarga olib kelishi mumkinligi qayd etiladi. Antikoagulyantlar
bilan birga
qo’llanadi.
Bu guruhga aritmiyaga qarshi vosita sifatida qo’llaniladigan simpatolitik
o r n i d kiradi. Ornid Purkine tolalari va qorinchalar mushagida harakat
potensialini va samarali refrakter davrini uzayishiga olib keladi. Sinus ritmini soni
pasayadi. Yurak bo’lmacha-qorinchalar tugunidagi o’tkazuvchanlikni bloklaydi.
Miokard qisqaruvchanligi o’zgarmaydi.
Ornid oshqozon-ichak traktidan yomon so’riladi.
Shuning uchun u vena
ichiga yoki mushaklar orasiga yuboriladi.
Asosan o’zgarmagan shaklda buyrakdan chiqariladi. Aritmiyaga qarshi
boshqa moddalarni effekti bo’lmaganda qorinchalar aritmiyasida qo’llaniladi.
Nojo’ya ta’sirlari orasida – ortostatik gipotenziya, ko’ngil aynash,
qayt qilish,
quloq oldi bezida og‘riqli sanchiqlar kuzatiladi.
Bu guruh vakillariga izomerlar aralashmasini o’zida aks ettiruvchi s o t a l o l ni
kiritish mumkin (sotaleks). L-sotalol β-adrenoblokatorlik faollikka ega, D-sotalol
kaliy kanallari blokatori hisoblanadi. Shunday qilib amaliyotda qo’llanilayotgan
sotalol ratsemati aralash turdagi ta’sirga ega aritmiyaga qarshi vosita sanaladi
(II/III). Kaliy kanallarini bloklab va β
1
va β
2
adrenoretseptorlarni bloklab,
repolyarizatsiya
jarayonini uzaytirib, sinoatrial tugundagi avtomatizmni
- 403 -
kamaytiradi, atrioventrikulyar tugunda o’tkazuvchanlikni kamaytirib samarali
refrakter davrni oshiradi. Miokardda qisqarishlar sonini kamaytiradi. Hazm qilish
traktidan yaxshi so’riladi. BiokiriShuvchanligi 90-100%. O’zgarmagan
shaklda
buyrakdan chiqariladi.
Yuqori aritmiyaga qarshi ta’siri bilan xarakterlanadi. Qorinchalar va qorinchalar
usti aritmiyasida qo’llaniladi. Sutkada 2 marta ichishga buyuriladi. Nojo’ya
ta’sirlardan dori vositaning aritmogenligini ko’rsatish mumkin. Shuningdek
sinusli bradikardiya kuzatiladi,
holsizlik, dispnoe, miokardning qisqaruvchi
faolligini pasayishi. Buyrak yetishmovchiligi fonida nojo’ya ta’sirlar kuchli
ko’rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: