O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Aritmiyaga qarshi faollikka ega turli vositalar



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet225/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Aritmiyaga qarshi faollikka ega turli vositalar 
Yurak qisqarishi ritmining ko’plab buzilishlari, ayniqsa qon plazmasidagi 
kaliy ionlari kamayishi bilan bog‘liq, (masalan, bir necha diuretiklar 
qo’llanganda) va miokardda (yurak glikozidlari miqdori oshganda) kaliy xlorid 
samarali natija beradi. Kaliy ionlari astetilxolinga o’xshab yurakka ta’sir qiladi 
yoki adashgan nervlarga qitiqlovchi ta’sir ko’rsatadi. Ular yurak qisqarishi ritmini 
kamayishi, 
qisqaruvchanlik 
aktivligini 
kamaytiradi, 
o’tkazuvchanlikni 
avtomatizmni, miokard qo’zg‘aluvchanligini pasaytiradi. Kaliy ionlarini 
kardiotrop ta’sirini atropin bartaraf qilolmaydi. Kaliy ionlarining kichik 
konstentratsiyasida yurakning qon tomirlarini kengaytiradi, yuqori dozada ularni 


- 408 -
toraytiradi. Oshqozon-ichak traktidan kaliy ionlari tez va to’liq so’riladi. Buyrak 
orqali chiqib ketadi. Kaliy xlorid eritmalari ichishga va vena ichiga yuboriladi. 
Miqdori oshganda paresteziya paydo bo’ladi, dispeptik buzilishlar, bo’lmacha-
qorincha o’tkazuvchanligi pasayib, to’liq bloklanadi, buyrak faoliyati buziladi. 
Kaliy bir qator kombinirlangan dori vositalar tarkibiga kiritiladi; masalan 
“Asparkam”, panangin, polyarizatsiyalangan aralashma. Polyarizatsiyalangan 
aralashmalar kaliy xlorid, glyukoza va insulindan iborat . Polyarizatsiyalangan 
aralashmalar miokard infarktida aritmiyani bartaraf qilish , ektopik aritmiyani, 
yurak qisqarishi ritmi buzilishida va yurak glikozidlari miqdori oshganda kelib 
chiqadigan aritmiyalarni bartaraf qilish uchun qo’llaniladi. Aritmiyaga qarshi 
faollikka ega magniy dori vositalari ham kiradi (magniy sulfat, magniy xlorid, 
magniy orotat, magniy asparaginat). Ular ayniqsa gipomagniemiyada samarali 
ta’sirga ega. Magniy sulfat yurak glikozidlari bilan zahrlanganda, multiformali 
qorinchalar taxikardiyasida vena ichiga yuboriladi. 
Ba’zi bir aritmiyalarda yurak glikozidlaridan ham foydalaniladi (angishvonagul 
dori vositalaridan). Ularni qo’llashga asosiy ko’rsatma - supraventikulyar 
taxiaritmiya (paroksizmal taxikardiya, bo’lmachalar hilpirashi va titrashida) 
qo’llaniladi.Bu dori vositalarning aritmiyaga qarshi ta’sir mexanizmi bir qator 
komponentlarni o’z ichiga oladi- yurak glikozidlari ta’siri ostida qorincha ritmi 
sekinlashishi, yuqori chastotali yurak bo’lmachasi qisqarishini kamayishi va 
bo’lmacha-qorincha tugunini o’tkazuvchanligi susayadi, samarali refrakter davrini 
uzayishi kuzatiladi. Yurak glikozidlarini bo’lmachalar titrog‘idagi yuqori samarali 
ta’siri, adashgan nervni tonusini oshirib, yurak bo’lmachasini samarali refrakter 
davrini qisqarishiga olib keladi. Bu yurak bo’lmacha titrog‘ini bo’lmacha 
hilpilashiga olib keladi (yuqori chastotali qisqarish, titroqqa qaraganda). Samarali 
refrakter davri oshishi fonida, bo’lmacha tugunidan qorincha tuguniga impulslar 
o’tishi yana ham murakkablashadi.
Yurak yetishmovchiligida yurak klikozidlari ta’siri ostida ritmning buzilishi 
asosan adashgan nervlar tonusi oshishi, qon aylanishini normallashishi, simpatik 


- 409 -
nervlarni efferent yo’llardan kardiotezlatuvchi reflekslarni kelishini kamaytiradi. 
Aritmiyaga qarshi faollikka shuningdek adenozin ham ega. Kimyoviy tuzilishiga 
ko’ra adenozin, hujayralarida hosil bo’ladigan (AMF, ADF, ATF), organizmdagi 
nukleoizdlarga kiritiladi,. Purinergik nervlar mediatori/modulyatori hisoblanadi; 
lokal gormon vazifasini bajarilishi mumkin. Adenozin retseptorlarga o’zaro ta’sir 
qiladi (A

–A
4
), ularni agonisti hisoblanadi shu asosda G oqsillar orqali 
adenilatstiklazani oshiradi yoki kamaytiradi. Ko’plab to’qimalarga shu jumladan 
silliq mushaklarga va nerv hujayralariga ta’sir ko’rsatadi. Adenozin 
atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni pasaytiradi (A
1
), yurak toj tomirlarini 
kengaytiradi (A
2
), miokard qisqaruvchanligini pasaytiradi (A
1
), trombostitlar 
agregatsiyasini pasaytiradi (A
2
). Bronxiolalar tonusini oshirishi mumkin (A
1
). 
Semiz hujayralarni (A
3
) retseptorlarini qo’zg‘atib, biologik aktiv moddalarni 
ajralishiga olib keladi. MNS ga susaytiruvchi ta’sir ko’rsatadi. Adenozin 
antagonisti bo’lib metilksantin hisoblanadi (teofillin, kofein), adenozin 
retseptorlarini blokatorlari (A

–A
2
). Dipiridamol adenozinni to’qimalarda 
ingibirlanishini kamaytirib, uning ta’sirini oshiradi. Adenozin supraventikulyar 
taxiaritmiyada qo’llaniladi. Uning ta’siri atrioventikulyar o’tkazuvchanlikni 
pasaytirishi bilan asoslangan. Adenozin qisqa vaqt ta’sir qiladi; t
1/2 
-10s. Vena 
ichiga yuboriladi. Nojo’ya ta’sirlaridan yuz terisini qizarishi kuzatiladi, nafas
buzilishi, qisqa vaqtli atrioventrikulyar blok kuzatiladi. Ko’rinib turibdiki 
aritmiyaga qarshi vositalarni qo’llashdan tashqari aritmiya sababini aniqlash va 
agar shoshilinch ko’rsatmalar yo’q bo’lsa, sababni davolashga kirishish kerak 
(masalan revmatizmda – revmatizmga qarshi vositalar bilan). 
Nomlanishi 
Kattalar va bolalar uchun 
o’rtacha terapevtik miqdor; 
yuborish yo’llari.
Chiqarilish shakli 
Xinidin sulfat - 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish