Gipertenziv moddalar (arterial gipotenziyani davolashda qo`llaniluvchi
moddalar).
- 423 -
O’tkir arterial gipotenziya - o`tkir yurak yetishmovchiligi yoki tomirlar
qollapsiga bilan bog`langan bo`lishi mumkin. Dori vositalarini buyurmasdan
oldin, gipotenziyani sababini bilishimiz kerak (infarkt yoki miokard distrofiyasi,
ximik vositalar bilan zaharlanish yoki mikrob toksinlari va sh.k.), chunki etiologik
davolash ko`p hollarda eng yaxshi variant hisoblanadi. Arterial gipotenziyaning
patogenetik terapiyasida arterial bosimni oshiruvchi moddalar orqali arterial
bosimbi ko`tarish amalga oshiriladi.Ammo bu preparatlarni hayot uchun zarur
bo`lgan organlarda hech qanday nuqson va regionar qon aylanishlari buzilmagan
bo`lsagina qo`llashimiz mumkin bo`ladi.
Shuni hisobga olish kerakki, arterial bosimning tushib ketishi yurak zarbini
yoki periferik qon tomirlar qarshiligini kamayishi bilan bog`liq bo`lsa, asosiy
gipertenziv vositalarni quyidagi guruhlarga bo`lish maqsadga mufovikdir:
Yurak zarbini va periferik tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar
▪Adrenomimetiklar ▪Adrenalin gidroxlorid
Periferik tomirlar tonusini oshiruvchi vositalar
▪
Adrenomimetiklar
▪
Noradrenalin gidrotartrat
▪
Mezaton
▪Angiotenzinamid
Adrenomimetiklar farmaqologiyasi oldingi bo`limlarda yoritib berilgan.
Angiotenzinamid (gipertenzin) - tabbiiy pressor modda angiotenzin II ni amidi
bo`lib, organizmda hosil bo`ladi(7.4-rasm).
- 424 -
Angiotenzin II strukturasi oktapeptiddan iboratligi aniqlangan, va uni sintez
qilish mumkin (angiotenzinamid kabi, dori dori vositai sifatida ishlab chiqaziladi).
Angiotenzinamidni asosiy ta’siri qon tomirlarni toraytiruvchi effektidir. Shu
tomondan dori vosita faolligi buyicha noradrenalindan 40 marta yuqori.
Angiotenzinamidni pressor effekti, arteriolalardagi angiotenzin retseptorlariga
ta’siri bilan bog`liq. Bunda venalarning tonusi juda kam miqdorda oshadi. Ichki
a’zolar arterial tomirlari, teri yuzasi tomirlari, hamda buyrak tomirlari ko`proq
torayadi. Angiotenzinamid bevosita yurakka va uning qon aylanishiga ta’sir
qilmaydi, aritmiya chaqirmaydi.
Yurak funktsiyasida yuzaga kelgan o`zgarish (masalan, bradikardiya)
ikkilamchi xarakterga ega bo`lib, arterial bosimni oshishiga bo`lgan reaksiyasidir.
Angiotenzinamid aldosteron ajralib chiqishiga stimullovchi ta’sir ko`rsatadi, bu
esa elektrolitlar almashinuvini o`zgarishiga olib keladi. Arterial bosimning
ko`tarilishiga asosiy sabab organizmda natriy ionlarini ushlanib qolinishi bo`lib,
buning natijasida ekstrastelyo`lyar suyuqliklarning hajmi oshadi va arterial
- 425 -
bosimni oshishiga sabab bo`ladi.
Angiotenzinamid buyrakusti bezining miya po`stlog`idan adrenalin ajralib
chiqishini kuchaytiradi. Bundan tashqari, ma’lum bir darajada qon-tomir
harakatlantiruvchi
markazini,
simpatik
gangliyni
rag`batlantiradi
va
noradrenalinning periferik ta’sirini kuchaytiradi. Lekin bu effektlar
angiotenzinamid yuborilganda kelib chiqadigan gipertenziyada ahamiyatga ega
emas.
Dori vositasi vena ichiga yuboriladi. Juda qisqa vaqt ta’sir qiladi.Olingan
ma’lumotlarga ko`ra angiotenzin II ni 50% juda tez parchalanadi, shuning uchun,
zarur bo`lgan arterial bosim darajasini ta’minlash uchun, aniq bir tezlikda venaga
yuborish maqsadga muvofikdir. Shuni hisobga olish kerakki, bunda arteriolalar
spazmga uchrab to`qimalarda mikrosirkulyatsiyani buzilishiga olib keladi.
Noradrenalindan farq qilib to`qimalarda nekroz chaqirmaydi. Angiotenzinamidga
taxifilaksiya rivojlanmaydi. Dori vosita
o`tkir gipotenziya
holatida qo`llaniladi.
Nojo`ya effektlariga terida allergik reaksiyalar, bosh og`rig`i, buyrak tomirlari
torayishi mumkin.
Sifatli gipertenziv moddalar sifatida alkilizotiuron birikmalaridan metiron va
etironlar taklif qilingan.
O’tkir gipotenziya
holatida gipertenziv dori vositalarni
buyurish yaxshi asoslangan bo`lishi shart. Qon tomirlarni toraytiruvchi
adrenomimetik tipidagi va angiotenzinamid moddalarini ehtiyotkorlik bilan
qo`llash kerak, chunki bu dori vositalari umumiy arterial bosimni oshirishi bilan
birgalikda, arteriolalarni spazmini chaqirganligi tufayli, to`qimalarda qon
aylanishini pasaytirishi mumkin. Shuning uchun, ba’zi bir ko`rsatmalarga binoan
to`qimalarda mikrosirkulyatsiyani yaxshilash uchun kichik dozalarda α-
adrenoblokatorlar yoki tomirlarni kengaytiruvchi miotrop moddalardan natriy
nitroprusid buyuriladi. Miokard infarkti gipotenziya holati bilan kechganida
yetarli darajadagi effektni (qon aylanishini va arterial bosimni normallashishini)
olishda yurak glikozidlarini buyurish orqali ham erishish mumkin.
Diqqatni jalb qiladigan moddalar (β-adrenomimetiklar,masalan izadrin)
- 426 -
yordamida yurak faoliyatini oshiruvchi va periferik tomirlar qarshiligini
kamaytirish mumkin. Ba’zi bir dori moddalari kardiotonik ta’sir qiladi va
periferik regionar tomirlar qarshiligini kamaytiradi. Shunday dori vositalarga
dofamin (dopamin) kiradi. Dofamin kichik dozalarda (1 minutda 1-5mkg/kg)
periferik dofaminergik retseptorlarni stimullaydi, natijada buyrak va mezenteral
tomirlarni kengaytiradi. Bunda yurakning funktsiyasi amaliy jihatdan
o`zgarmaydi. α-adrenoblokatorlar ta’sir doirasida (fonida) dofamin yuborilsa
buyrak va mezenterial tomirlarni vazodilatatsiyasi o`zgarmaydi. O’rtacha miqdori
yuborilganda (1 minutda 5-20mkg/kg) yurak zarbi, va yurak qisqarishlar soni
oshadi (β
1
– adrenoretseptorlarni stimullashi hisobiga). Buyrakda qon aydlanish
oshadi. Umumiy periferik qon tomirlar qarshiligi o`zgarmaydi, arterial bosim
o`zgarmasligi yoki ko`tarilishi mumkin. Dofaminni katta dozalarda yuborilganda
α- adrenomimetik effekt kuchayadi. Periferik tomirlar qarshiligi va arterial bosim
oshadi (bu effekt α-adrenoblokatorlar bilan bartaraf etilishi mumkin). Buyrak
tomirlari qarshiligi ortadi Yurak zarbi va qisqarishlar soni oshadi (bu effektlar β-
adrenoblokatorlar bilan bartaraf etiladi).
Bundan tashqari, dofamin yurak aritmiyasini chaqiradi. Dofaminni odatiy yo`l
bilan yuborilganda MNS dagi dofamin retseptorlariga ta’sir qilmaydi chunki,
gematoenstefalik to`siqdan o`tmaydi. Dofamin organizmda noradrenalinga
oksidlanib o`tishidan tashqari, 3- metoksi-4- oksifenilsirka kislotaga (gomovanilin
kislota) va 3-metoksi-4-oksifeniletanolga aylanadi. Bu metabolitlar siydikda
aniqlanadi.
Turli xil sabablarga ko`ra kelib chiqqan
shoklarda
Dofaminni tomir ichiga
info`ziya qilish orqali qo`llaniladi.
Gipovolemiya bilan ketuvchi gipotenziyada qon, plazma va uning o`rnini
bosuvchi suyuqliklar, yoki natriy xloridning izotonik eritmalarini quyish yaxshi
natija beradi (organizm qon yo’qotganda va suvsizlanishida).
Shunday qilib, o`tkir holda kelib chiquvchi gipotenziyani bartaraf qilish
uchun qo`llaniluvchi dori vositalarini tanlash qatiy individual yondoshishlikni
- 427 -
talab qiladi. Shuni nazarda tutish kerakki, shok holatini davolashda asosiysi
arterial bosimni ko`tarish emas, balki to`qima va organlarda yetishmayotgan qon
aylanishini tiklashdan iborat (yurak, miya, buyrak).
Surunkali gipotenziya holatida esa farmakoterapiya yordamchi vosita
sifatida qaraladi. Bunday holatlarda qon tomir harakatlantiruvchi markazni
stimullovchi dori vositalar (kofein, kordiamin, strixnin gruppasidagi dori
vositalar), simpatomimetiklar (efedrin), umumiy tonusni oshiruvchi moddalar
(jenshen, limonnik dori vositalari), mineralokortikoidlar (dezoksikortikosteron
dori vositalari) qo`llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |