O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov


Endoteliy retseptorlarini stimullovchi ba’zi bir



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Endoteliy retseptorlarini stimullovchi ba’zi bir 
vazodilatatorlarni va NO donatorlarining ta’sir qilish mexanizmi:

Nitroglitserinni qo’llanilganda, ayniqsa dozasi oshganda arterial bosimni keskin 


tushib ketishi va kollaps kuzatilishi mumkin. Nitroglitserinni uzoq vaqt 
tanafussiz qo’llanilganda o’rganib qolish kelib chiqadi (masalan, vena ichiga 
yuborilganda o’rganib qolish 24 soat ichida kelib chiqadi). Dori vositani davriy 
qo’llanilganda bu praktik ahamiyatga ega emas.
Tez va qisqa vaqt ta’sir qiluvchi nitroglitserin stenokardiya xurujini bartaraf 
qilish uchun buyuriladi. Dori vosita tabletkasini yoki kapsulasini til ostiga, yoki 
spirtli eritmasidan 1-2 tomchi qand bo’lagiga tomizilib til ostiga qo’yiladi. 
Shuningdek sublingual qo’llash uchun nitroglitserin aerozoli chiqariladi. 
Nitroglitserin tez so’rilib(ta’siri 2-3 min da boshlanadi) stenokardiya xurujini 
bartaraf 
etadi. 
Effekti 
30 
minut 
davom 
etadi. 


- 416 -
7.4.Gipotenziv vositalar (antigipertenziv vositalar) 
Neyrotrop gipotenziv vositalar 
Gipertoniya 
kasalligini 
davolashda, 
ayniqsa 
boshlangich 
formalarida 
tinchlantiruvchi ta’sirga ega bo’lgan dori vositalar ishlatiladi. Bularga 
anksiolitiklar yoki narkotik ta’sirga ega bo’lgan uxlatuvchi moddalardan kichik 
dozalarda beriladi. Odatda bunday dori vositalarni ruxiy holati uzgaruvchan 
bo’lgan bemorlarga buyuriladi. Bunday dori vositalar sedativ ta’sirdan tashkari 
vazamotor markazlarni tormozlashi mumkin.
Markaziy ta’sirga ega bo’lgan gipotenziv vositalarga imidazolin hosilasi 
k l o f e l l i n (katapresan, klonidin gidroxlorid, gemiton) kiradi. Uning gipotenziv 
ta’siri postsinaptik a
2
-adrenoretseptorlarni va imidazolin I
1
-retseptorlarini 
uzunchoq miya ventrolateral solitar trakti neyron yadrolarini jadallashtirishiga 
boglik. Bu o’z navbatida uzunchoq miya vazomotor markazlari neyronlarini 
susaytirishiga va simpatik innervatsiyani tonusini pasayishiga olib keladi. 
Natijada preganglionar simpatik tolalarda efferent impulslarni susayishiga olib 
keladi. Bir vaqtni uzida adashgan nerv tonusi oshadi. Stabil gipotenziya holati 
yurak faoliyatini susayishi (bradikardiyani kelib chiqishi) va periferik qon 
tomirlar karshiligini kamayishi bilan boglik. Simpatik nerv tonusi pasayganligi 
tufayli renin ajralib chiqishi kamayadi. Klofelin periferik presinaptik a
2
-
adrenoretseptorlarni jadallagani tufayli varikoz kengaymalaridan noradrenalin 
mediatorini ajralib chiqishini kamaytiradi. Qon bosimni tushishi oldin qisqa vaqt 
qon bosimni oshishi bilan kechadi (bu sinapsdan tashqaridagi tomirlar a
2
-
adrenoretseptorlarini qo’zg’alishiga bog’liq, lekin bu retseptorlarga klofelinni 
sezgirligi kam). Klofelin MNS ga tormozlovchi ta’sir ko’rsatganligi tufayli 
tinchlantiruvchi, uxlatuvchi va tana haroratini tushiruvchi ta’sirga ega.
Klofelin oshqozon ichak tizimidan yaxshi so’riladi, maksimal gipotenziv ta’siri 2-
4 soatdan so’ng kelib chiqadi, davomliligi 6-12 soatni tashkil kiladi. Dori vosita 
buyrak orqali chiqib ketadi. Dori vosita gipertoniya kasalliklarda va gipertonik 


- 417 -
krizlarda ichishga va parenteral yuborish uchun qo’llaniladi. Klofelinni 
uxlatuvchi, narkotik vositalar, psixotrop, etil spirti bilan qo’llash mumkin emas, 
chunki bu dori vositalarni markaziy ta’sirini potensirlashi mumkin. Klofelin 
ishtahani oshiradi, so’lak (og’iz qurishi) va oshqozon sekretor bezlari faoliyatini 
pasaytiradi. Ich qotishi kuzatiladi. Organizmda natriy ionlari va suvni ushlab 
qoladi, shuning uchun siydik haydovchi dori vositalar bilan kombinatsiya 
qilinadi.Klofelin bilan davolash to’xtatilayotganda , dozani asta sekin kamaytirish 
zarur (gipertonik kriz, uyqusizlik kuzatilishi mumkin). Klofelinni transdermal 
shakli yaratilgan, dori vositani bir marta qo’llanilganda 1 hafta davomida ta’sir 
qiladi.
Klofelinga o’xshash guanfatsin (estulik) dori vositasi mavjud bo’lib, uzoq 
vaqt ta’sir qiladi. t
1/2
= 12-24 soat. Kuniga 1 marta buyuriladi. 
Imidazolin I
1
- retseptorlariga, agonist bo’lgan dori vositalar sintez 
qilingan, bularga moksonidin (fizioteks) kiradi. Dori vosita gipotenziv faollikka 
ega bo’lib, umumiy periferik qon tomirlar qarshiligini, renin ajralishini, yurak 
ishini 
kamaytiradi, 
natijada 
arterial 
bosim 
kamayadi. 
Moksonidinda 


- 418 -
tinchlantiruvchi xususiyat yo’q, kuniga 1 marta beriladi. Asosiy nojo’ya ta’siri 
og’iz qurishi. Shu guruhga rilmenidin dori vositasi kiradi. Arterial bosimni 
markaziy boshqarilishiga ta’sir qiluvchi moddalariga metildofa (metildopa, 
aldomet, dopegit) kiradi. Metildofa a- metilnoradrenalinga aylanadi va MNS dagi 
postsinaptik a
2
-adrenoretseptorlarni stimullaydi, natijada arterial bosimni 
boshqarib turuvchi neyronlar faoliyatini susaytiradi. Dori vosita MNS ga 
tinchlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi va uyqu chaqiradi. Dori vosita ichishga 
buyurilganda, 20% so’riladi, effekti 4-6 soatdan so’ng kelib chiqib, 1 sutka 
davom etadi. Metildofani zaruriyat bo’lganda vena ichiga yuboriladi, o’rganib 
qolish kamdan kam hollarda kelib chiqadi. Organizmda o’zgarmagan dori vosita 
va uning metabolitlari buyrak orqali chiqib ketadi. Bemorlar metildofani yaxshi 
ko’tara oladilar, lekin turli xil nojo’ya ta’sirlar kuzatilishi mumkin. Ba’zida 
depressiya, parkinsonizm kelib chiqadi. Ortostatik kollaps oktadinda 
ganglioblokatorlarga qaraganda kamroq kuzatiladi. Dispeptik o’zgarishlar, og’iz 
qurishi, organizmda natriy va suvni ushlanib qolishi, teri toshmalari, impotensiya, 
agranulositoz, trombotsitopeniya, gemolitik anemiya kuzatiladi.
Gangliobloklovchi 
vositalar 
(pentamin, 
benzogeksoniy) 
samarali 
gipotenziv moddalardir, lekin bugungi kunda gipertoniya kasalligini davolashda 
ahamiyati yo’q. Chunki ganglioblokatorlar tanlab ta’sir qilishga ega emas, bir 
vaqtda simpatik va parasimpatik gangliylarni bloklaydi. Natijada bir qancha 
nojo’ya tasirlarni keltirib chiqaradi ya’ni: qabziyat, siydik qopi muskulining 
tonusini pasayishi, akkomodatsiyani buzilishi, og’iz shilliq qavatini qurishi, 
ortostatik kollaps. Bunday dori vositalarga o’rganib qolish tez rivojlanadi.
Ganglioblokatorlar asosan xirurgik operatsiyalarda boshqariluvchan 
gipotenziya uchun qo’llaniladi. Bu maqsadda qisqa vaqt ta’sir qiluvchi gigroniy, 
arfonad qo’llaniladi. Bundan tashqari ganglioblokatorlar gipertenziv krizlarda, 
o’pka, miya shishida qo’llaniladi.
Gipertoniya kasalligini davolash uchun ba’zida simpatolitiklar ham 
qo’llaniladi, bular tanlab adrenergik innervatsiyani susaytiradi. Bu moddalar 


- 419 -
periferik adrenergik nerv oxirlarida efferent impulslarni bloklab, zaxiradagi 
noradrenalin mediatori qolmasligi orqali. Bu esa yurak faoliyatini, periferik 
tomirlar tonusini susaytiradi. Juda faol, hamda yetarli darajada arterial bosimni 
tushiruvchi simpatolitiklarga oktadin va rezerpin kiradi. Rezerpin psixozga 
qarshi vosita sifatida, markaziy ta’sir qilish (tinchlantiruvchi) komponentiga 
ham ega. Oktadin gematoenstefalitik barerdan MNS ga o’tmaydi. Har ikkala 
simpatolitiklarga latent davr xarakterli. Bu dori vositalarni enteral 
yuborilganda arterial bosimni maksimal tushishi 1-3 kundan so’ng kelib 
chiqadi. Agarda ganglioblokator vositalari bir necha soat ta’sir kilsa, 
simpatolitiklarni gipotenziv ta’siri bir necha kun davom etadi. Oktadin va 
rezerpin dori vositasini qabul qilish to’xtatilgandan so’ng, dastlabki arterial 
bosimni tiklanishiga 1-3 xafta kerak bo’ladi. Oshqozon ichak traktidan bu dori 
vositalar yaxshi so’riladi. O’rganib qolish rivojlanmaydi. Lekin, har ikkala dori 
vosita yetarli darajada nojo’ya effektlarni chaqiradi shuning uchun bu dori 
vositalarni qo’llash cheklangan.
Adrenoretseptorlarni falajlovchi moddalar ichida β –adrenoblokatorlar 
diqqatni o’ziga jalb qiladi. Ularni gipotenziv ta’sirida bir kator komponentlar 
ishtirok etadi. Bu dori vositalar yurak zarbini, kamaytiradi, doimiy qabul 
qilinganda periferik tomirlar qarshiligi kamayadi. β-adrenoblokatorlar presinaptik 
β

-adrenoretseptorlarni susaytiradi (noradrenalinni ajralib chiqishiga stimullovchi 
ta’sirni bartaraf qiladi), hamda renin ajralishini kamaytiradi (β1-
adrenoretseptorlarni falajlanishi tufayli). Bundan tashqari ularni gipotenziv ta’siri 
MNS ga tinchlantiruvchi ta’siriga ham bog’liq.
β-adrenoblokatorlarni uzoq vaqt qo’llanilganda arterial bosim yetarli 
darajada tushadi. Shuning uchun ularni qo’llanilishiga asosiy ko’rsatma 
gipertoniya kasalligidir. Shuni nazarda tutish kerakki bu dori vositalarni ta’sir 
qilish spektri turlicha: masalan, tanlab ta’sir qilmaydigan (anaprilin, β
1
va β

adrenoretseptorlarni falajlaydi), tanlab ta’sir qiluvchilarga (talinolol, metoprolol, 
atenolol bular asosan β1 adrenoretseptorlarni falajlaydi), bundan tashqari β va a – 


- 420 -
adrenoretseptorlarni (labetalol) falajlovchi faollikka ega bo’lgan dori vositalar 
mavjud. Labetalol β –adrenoblokatorlardan keskin farq qiladi. Tanlamasdan β-
adrenoretseptorlarni falajlovchi ta’siri, a-adrenoretseptorlarni falajlanishi bilan 
birga namoyon (3:1 nisbatida) bo’ladi. Labetalolni bir marta qo’llanilganda 
periferik tomirlar qarshiligini kamaytiradi, va yurakni zarbdor kuchiga ta’sir 
qilmasdan arterial bosimni tushiradi (β-adrenoblokatorlardan shunisi bilan farq 
qiladi). Uzoq vaqt qo’llanilganda yurak qisqarishlar sonini kamaytiradi, jismoniy 
va psixoemotsional yuklamalar bo’lganda yurak zarbini oshishini oldini oladi. 
Renin ajralishini kamaytiradi. Labetalol gipertoniyani turli xil bosqichlarida 
qo’llaniladi. Dori vositani ichishga va vena ichiga yuborish mumkin. Nojo’ya 
effektlariga bosh aylanishi, ortostatik gipotenziya, impotensiya kuzatilishi 
mumkin.
Aralash tipda ta’sir qiluvchi adrenoblokatorlarga karvedilol kiradi 
(dilatrend). Bir vaqtda pre (a
2
) va postsinaptik a-adrenoretseptorlarni 
falajlovchi a-adrenoblokatorlarni (fentolamin) arterial bosim oshganda tavsiya 
qilish mumkin, qonda adrenalin konstentratsiyasi yuqori bo’lganda 
(feoxromositomada) qo’llaniladi.. Bu dori vositani sistemali qo’llash uchun 
foydalanilmaydi, chunki qisqa vaqt ta’sir qiladi va yetarli darajada 
gipotenziyani ta’minlab bermaydi (ba’zida gipertonik krizlarda qo’llaniladi). 
Shu bilan birgalikda asosan postsinaptik a- adrenoretseptorlarni falajlovchi a-
adrenoblokatorlar 
yaratilgan, 
bu 
dori 
vositalar 
presinaptik 
a
2

adrenoretseptorlarga ta’sir qilmaydi (masalan, prazozin). Prazozinni ta’sirida 
adrenergik sinapslarda qaytar manfiy boglanish mexanizmi saqlanib koladi va 
haddan tashqari ortiq noradrenalin ajralib chiqmaydi (taxikardiya kelib 
chiqmaydi).
Prazozinni gipotenziv ta’siri periferik qon tomirlarni umumiy qarshiligini 
kamayishi, hamda hajmli qon tomirlarni kengayishiga boglik (dori vosita hajmli 
tomirlarga kamroq ta’sir qiladi). Renin sekrestiyasi oshmaydi. Prazozin ichakdan 
yaxshi so’riladi. Maksimal effekti 4-5 soatdan so’ng kelib chiqadi va 10 


- 421 -
soatgachan davom etadi. Ba’zan gipotenziv effekt sekinroq kelib chiqadi. 
Prazozinni metabolitlari asosan ichak orqali chiqib ketadi. Dori vosita gipertoniya 
kasalligida, yurak yetishmovchiligida, hamda prostata bezining yaxshi sifatli 
giperplaziyasida qo’llaniladi. Mumkin bo’lgan nojo’ya ta’sirlariga: bosh og’rig’i, 
“yurak o’ynashi”, uyquchanlik, ortostatik gipotenziya, bosh aylanishi, 
to’qimalarda suv ushlanib qolishi.
a
1
-adrenoblokatorlarga doksazozin (kardura) kiradi, bu dori vosita prazozindan 
gipotenziv ta’sirini davomliyligi bo’yicha ustun (prazozin uchun t
1/2
~ 2-3 soat 
bo’lsa, doksazozinda ~ 22 soat).

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish