O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

Venotrop (flebotrop) moddalar 
Venoz tizim holati to`laqonli qon aylanish uchun katta ahamiyatga ega. 
Ma’lumki, yurak qon - tomir tizimining hamma bo`limlari bir-biri bilan o`zaro 
bog`lanishda, shuning uchun, qaysidir bir bo`limni funksiyasini buzilishi, qolgan 
hamma tizimni o`zgarishiga olib keladi. Sog`lom organizmda bu kompensator 
mexanizm bilan namoyon bo`ladi. Lekin, kasallik fonida qon aylanishning 
fiziologik regulyatsiyasi yetishmaydi, bunday holatlarda normal qon aylanishni 
tiklovchi dori vositalarni qo`llash maqsadga muvofikdir. Bunday hollarda dori 
vositalar venoz sistemasiga bilvosita ta’sir qiladi. Yurakni ba’zi bir kasalliklarida 
(stenokardiya, yurak yetishmovchiligi) venoz (hajmli) tomirlarni tonusini 
pasaytirib, hamda yurakga tushadigan (prednagruzka) yukni kamaytirish orqali 
yurak faoliyatini normallashtirish mumkin. Venoz tomirlar tonusining holati 
kamdan-kam uchrovchi ortostatik gipotenziya holatida arterial bosimni stabil 
ushlab turishida katta ahamiyatga ega.
Bundan tashqari, venoz tomirlar yetishmovchiligiga bog`liq bo`lgan, bir qator 
keng tarqalgan kasalliklar mavjud (masalan, oyok venalarini varikoz 
kengaymalari, gemoroy).
Venoz sistemasi kasalliklarini keng tarqalganligi sababli, venotrop 
moddalarning fundamental va eksperimental tekshiruvlari diqqatni o`ziga jalb 
qilmoqda.


- 428 -
Vena tomirlarini innervatsiyasi (arteriya tomirlari kabi) simpatik 
(adrenergik) nerv orqali amalga oshiriladi. Vena tomirlarida α
1
- va α
2

adrenoretseptorlar mavjud bo`lib, ularni stimullash venokonstrikstiyani chaqiradi. 
Bundan tashqari β

–adrenoretseptorlar mavjud bo`lib, bularni stimullash 
venodilatatsiyaga 
olib 
keladi. 
α
1
-adrenoretseptorlari(varikoz 
kengaymalarida)bilan adrenergik nerv oxirlari bog`langan bo`lib, noradrenalin 
mediatori ajralib turishi tufayli boglanishda bo`ladi. α
2
va β
2
- adrenoretseptorlar 
presinaptik hamda postsinaptik membranada joylashgan.
Venalarni tonusini gumoral regulyatsiyasida ko`pgina endogen vazoaktiv 
moddalar rol o`ynaydi. Lekin, har bir birikmani venotrop ta’sir qilish darajasi 
yetarli darajada o`rganilmagan.
Odatda moddalar arterial va venoz tomirlarga bir yo`nalishda ta’sir qiladi. 
Farqi shundan iboratki, ko`proq arteriya yoki vena tomirlari tonusiga ta’sir 
qilishida. Bu tomirlarni ham qisqartiruvchi ham bo’shashtiruvchi moddalarga 
tegishlidir. Ma’lumki, bir qator moddalar, bir xil darajada arteriya va vena 
tomirlari tonusiga ta’sir qiladi (masalan natriy nirtoprussid). Shu bilan bir qatorda 
ba’zi bir istisnolar ham mavjud. Digidroergotamin va substansiya P arteriya 
tonusini pasaytiradi, vena tomirlarini esa toraytiradi. Serotonin arteriolalarni 
kengaytiradi, venulalarni toraytiradi. Shunga ko`ra ularni venodilatatorlar yoki 
venokonstruktorlarga bo`lishimiz mumkin. 

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish