- 431 -
Venokonstriktor va venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalarni
qo`llanilishi.
Venokonstiktorlarni
amaliyotda
ortostatik gipotenziyani
davolash uchun
qo`llanilishi mumkin. Ortostatik gipotenziyani davolash uchun vena tonusini
oshiruvchi moddalarni tanlash talab qilinadi. Lekin bunday dori vositalar yo`q.
Shuning uchun bugungi kunda α- adrenomimetiklardan va sporinya (qora
murug)ni digidratlangan alkaloidlaridan foydalaniladi,
bularda venokonstriktor
ta’sir yetarli darajada ifodalanadi.
.
Fetanol (etilefrin) α-adrenoretseptorlar agonisti bo`lib, tomirlar tonusini
oshiradi. Arterial bosimni oshiradi. Ta’siri davomli.
Gipotonik
holatlarda va
ortostatik gipotenziya
larda ichiladi yoki parenteral yo`l bilan yuboriladi.
Midodrin (gutron) ham ko`prok α-adrenoretseptorlarga ta’sir qiladi.
Retseptorlarni ko`zgatib arteriola va venulalarni toraytiradi. Arterial bosimni
oshiradi. Ta’siri sekin asta rivojlanadi, uzoq vaqt davom etadi. Organizmda
midodrindan faol metabolit (desglimidodrin) hosil bo`ladi, bu faoligi buyicha
midodrindan ustun.
Shunday qilib, midodrin dori oldi preparati hisoblanadi.
Gipotoniya
holatlarida,
ortostatik
gipotenziyada
qo`llaniladi. Ichishga va vena
ichiga yuboriladi.
Digidrirlangan sporin alkaloidlari
(digidroergotamin va boshq.)
tomirlarga ta’siri yuqori. α-adrenoretseptorlarga nisbatan qisman agonist-
antagonist hisoblanadi. Arteriyalardagi α-adrenoretseptorlarni falajlab gipotenziya
chaqiradi. Venalarga nisbatan qisman agonist bo`lib ularni tonusini oshiradi. Shu
munosabat bilan digidroergotamin mezilat va boshqa digidrolangan alkaloidlar
ortostatik gipotenziyani profilaktikasi uchun qo`llaniladi.
Ichishga va parenteral
yo`l bilan yuboriladi.
Ba’zan, ortostatik gipotenziyada kashtan dori vositalari, tribenozid
qo`llaniladi. Lekin bu dori vositalar kam samaradorlikga ega.
Oyok vena qon tomirlarining surunkali yetishmovchiligi kasalligi keng tarqalgan
- 432 -
patologiyalarga
kiradi.
Venalarni
varikoz
kegngaymalari
rivojlangan
mamlakatlarning mehnatga qobiliyatli aholisini 10-40% da uchraydi. Bu
kasalikning ogir ko`rinishi terining trofik yaralari bo`lib, bu 1-2% uchraydi. Oyoq
vena tomirlarining surunkali yetishmovchiligining rivojlanishida asosan, vena
tomirlari devorining silliq musqo’llarini qisqaruvchanlik xususiyatini pasayishi
yotadi. Venalarni
patologik kengayishida, vena tomirlari klapanlarining
yetishmovchiligi sabab bo`ladi. Vena tomirlarida qon dimlanishi va venoz
bosimni oshishi ko`zatiladi. Natijada leykotsitlar va hujayra endoteliylari
faollashadi. Ularni yuzasida ko`p adgeziya malekulalari to`planib, leykotsitlarni
endoteliy yuzasi bilan o`zaro ta’sirlanishiga olib keladi. Bu faol jarayon kapillyar
va venulalarda namoyon bo`ladi. So`ngra leykotsitlar atrofdagi to`qimalarga chiqa
boshlaydi. Faollashgan leykotsitlarni
degranulyatsiyasi natijasida, ulardan
proteolitik fermentlar, stitokinlar, kislorodning erkin radikallari va boshqa faol
moddalar
ajralib chiqadi, bo`lar tashib yuruvchi oqsillarni tarkibini,
qisqaruvchanlik qobiliyatini, retseptorlarni, to`qima komponentlarini buzadi.
Mikrosirkulyator tomirlarni o`tkazuvchanligi ham oshadi. Venoz gipertenziya
natijasida leykotsitlar venalarni, atrofdagi to`qimalarni jarohatlashi natijasida
mikrosirkulyatsiyani buzilishi kuzatiladi. Bu esa shish, yallig’lanish va to`qimalar
destruksiyasi terida trofik yaralar hosil bo`lishiga olib keladi.
Bu patologiyalarni asosan xirurgik yo`l bilan davolanadi.
Oxirgi yillarda
farmakoterapiyaga katta e`tibor qaratilmoqda, bu esa qator samarali venotrop dori
vositalar yaratilganligi bilan tushuntiriladi.
Tananing pastki qismi venalarining surunkali yetishmovchiligini davolash
uchun quyidagi guruh dori vositalardan foydalaniladi:
A.
Venalar tonusini oshiruvchi va venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan
Do'stlaringiz bilan baham: