preparatlar
:
a)
Tabiiy
(o`simliklardan olingan) (bioflavonoidlar, o`simlik mevalaridan olingan
va kashtanni turli xil qismlaridan, uzum danagi ekstraktidan olingan dori
vositalari)
dori vositalar.
- 433 -
b)
Sintetik dori vositalar
(tribenozid)
B. Venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori vositalar
.
a)
O`simliklardan olingan
(rutin dori vositalari va uning hosilalari, Ginkgo daraxti
bargidan tayyorlangan dori vositalar)
b)
Sintetik dori vositalar
(kaltsiy dobezilat)
Gemoroyni sistemali va mahalliy farmakoterapiyasi, tana pastki qismi venoz
qon tomirlarining surunkali yetishmasligini davolashga o`xshash. Lekin o`zining
spetsifikasiga ega. Gemoroyni davolashda nonarkotik analgetiklar, spazmolitiklar,
nosteroid yallig’lanishga qarshi moddalar va gemostatiklar katta ahamiyatga ega.
Hattoki, yo’g’on ichak funksiyasini normallashtirib turish(ich qotish
profilaktikalarida) ham uchun qo`llaniladigan kompleks davolashning kerakli
komponentiga gemaroyga qarshi terapiya ham kiradi.
A. Vena tonusini oshiruvchi va venoprotektor ta’sirga ega bo`lgan dori
vositalar
Bu guruhdan eng yuqori samaradorlikga ega bo`lgan dori vosita detraleks
(daflon 500) hisoblanadi. Tarkibida
bioflavonoid diosmin
(90%) va
gesperidin(10%) to`tadi. Ichakda mikroorganizmlar ta’siri ostida diosmin tez
aglikonga aylanadi.
Shunday qilib, diosmetin, detraleksni asosiy ta’sir qiluvchi moddasi
hisoblanadi. Dori vosita turli xil ta’sirga ega bo`lib, pastki a’zolar venalarni
surunkali yetishmovchiligini davolashda yaxshi samara beradi. Dori vosita vena
tonusini
oshiradi,
kapillyarlarni
o`tkazuvchanligini
kamaytiradi,
mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi.
Sxama 7.1.
Tananing pastki qismi venalarining surunkali yetishmovchiligini
rivojlanish mexanizmi.
- 434 -
Bundan tashqari, dori vosita adgeziya molekulasini ishlab chiqarilishini
kamaytiradi, leykotsitlarni adgeziyasini faollanishini kamaytiradi, yallig’lanish
jarayonini, yallig’lanish mediatorlarini va kislorodni erkin radikallarini
pasaytiradi, limfa aylanishlarini yaxshilaydi. Bu effektlar, venoz qon aylanishiga,
mikrosirkulyatsiyaga, to`qimalar trofikasiga ijobiy ta’sir ko`rsatadi.
Preparatni ichishga buyuriladi. Detraleks juda katta bo`lmagan mikronizirlangan
turda chiqariladi (< 2 mkm, odatda mikronizirlanmagan zarrachalar ~60 mkm), u
mikronizirlanmagan preparatlarga nisbatan ichakdan yaxshi so`riladi .
Diosmetinni yarim yashash davri t
1/2
~ 8-12 soat. Metabolit ko`rinishida
buyrakdan (~ 2/3) va safrodan (~ 1/3) organizmdan chiqib ketadi. Dori vosita teri
yuzasidan ham absorbstiyalanadi. Detraleks odatda yaxshi qabul qilinadi. Nojo`ya
ta`sirlari uncha yuqori emas va o`tib ketuvchi xarakterga ega. Bunda dispeptik
- 435 -
o`zgarishlar, epigastral sohada og`riq ,uyquni buzilishi, bosh aylanishi, bosh
og`rig`i va boshqalar kuzatilishi mumkin. Bu preparatni o`tkir gemaroyda ham
muvaffaqiyatli qo`llasak bo`ladi.
Vena tomirlari tonusini (α-adrenomimetik) oshiruvchi va shishlarga qarshi
ta’sir tikanakli(iglitsa) na`matak
(Ruscus aculeatus)
dori vositalariga ham xos.
Tarkibida saponin va flavonoidlar mavjud. Aniq tarkibi ma’lum emas.Odatda
kombinirlangan dori vositalari qo`llaniladi. Shulardan bittasi
stiklo-3 fort
(ekstrakt iglitsa + gesperidin metilxalqon + askorbin kislota). Ichishga buyuriladi.
Nojo`ya effektlari korin soxasida ogrik, kungil aynishi.
O’simliklardan olingan dori vositalarga
endotelon
kiradi. Tozalangan uzum
danagi ekstrakti bo`lib, standartlashgan prostianidol oligomerlaridan iborat. Vena
- 436 -
tomirlari devoridagi mukopolisaharidlar bilan bog`lanib, kollagen sintezini
oshiradi.
Endotelon
vena tonusini oshiruvchi va venoprotektor ta’sirga ega.
Kapillyarlarni o`tkazuvchanligi va sinuvchanligini kamaytiradi. Ichishga
buyuriladi. Ichakdan tez so`riladi. t
1/2
~ 5-10 soat. Organizmdan buyrak va safro
orqali chiqib ketadi. Nojo`ya effektlariga qorin soxasida og`rik, kungil aynishi,
bosh og`rig`i, ba’zan teri allergik reaksiyalari.
Tribenozid dori vositasi (glivenol) sintetik birikma bo`lib, glyukofuranozid
hosilasidir. Vena tomirlari tonusini oshiradi. Venoprotektor va kapillyaroprotektor
xususiyatlarga ega, mikrosirkulyatsiyani yaxshilaydi, yallig`lanishni susaytiradi.
Dori vositani ichishga, mahalliy(surtma ko`rinishda) va rektal buyuriladi,
ichakdan yaxshi so`riladi, t
1/2
~ 24 soat. Metabolitlari buyrak orqali chiqib ketadi.
Tez-tez ko`zatiladigan nojo`ya effektlar(teri toshmalari, dispeptik holatlar)
chaqiradi, bular dori vositani qabul qilishni to`xtatishga asos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |