- 446 -
emas. Balg‘am ko‘chiruvchi vositalarni o‘pka silining
ochiq formalarida va
o‘pkadan qon ketish xavfi bor bo‘lgan boshqa xastaliklarda qo‘llash mumkin
emas.
Bevosita ta’sir etuvchi balg‘am ko‘chiruvchi vositalar (mukolitiklar)
Ushbu guruh dori vositalarning balg‘am ko‘chirish xossasi ichilgandan so‘ng
(rezorbtiv ta’sir) bronx bezlarining mahsuloti tarkibida ajralgandan so‘ng yuzaga
chiqadi. Unda ular bezlar sekretsiyasini oshiradi va balg‘am suyuqlashadi. Shu
bilan bir qatorda ular ta’sirida bronx epiteliysini kipriksimon o‘simtalarining
harakati kuchayadi, balg‘am halqum tomon tezroq so’riladi. Demak,
mukolitik
dori vositalarning asosiy xossasi balg‘amni suyultirish (eritishdan) tufayli, uning
yopishqoqligini kamaytirishdan iboratdir. Shu sababli bu guruhga ba’zi
fermentlar ham kiradi. Lekin mukolitik dori vositalarning ta’sir mexanizmi har
xil bo‘lganligidan ularning samaradorligi balg‘am turiga ko‘ra bir xil emas.
O‘pka xastaliklari tabobat amaliyotida ko‘p uchraydi,
Shuning uchun yuqori
nafas yo‘llarini balg‘amdan xalos etish katta ahamiyatga ega. Buning uchun juda
ko‘p dori vositalar tavsiya etilgan bo‘lib, statsionar va ambulator amaliyotda
ham keng qo‘llaniladi.
Acetylcysteinum
-
Sistein aminokislotasining hosilasi, kuchli mukolitik ta’sirga
ega. Balg‘amni suyuqlashtirib, yallig‘lanishni kamaytiradi. Bir vaqtning o‘zida
yiringni ham suyultiradi.
Ta’sir mexanizmi: dori vosita tarkibidagi
erkin sulfgidril radikallar
(SH)
balg‘am tarkibidagi nordon mukopolisaxaridlarning disulfid bog‘larini uzib
tashlaydi, natijada mukoproteinlar depolimerazatsiyalanadilar va balg‘amning
qovushqoqligi kamayadi. Dori vositani ingalyatsiya yo‘li bilan traxeyaga
kiritiladi, agar iloji bo‘lmasa (bexush, koma, nafas yo‘llarining travmasi)
mushak ichiga kiritiladi .
- 447 -
Qo‘llashga ko‘rsatmalar: quyuq balg‘am ajralishi bilan kechuvchi o‘pka va
nafas yo‘llarining xastaliklarida, ayniqsa
yiring aralashgan hollarda, masalan:
o‘tkir va surunkali bronxitlar, zotiljam, bronxoektaziya, mukovitsidoz,
yiringli
bronxitlar bilan asoratlangan bronxial astma, o‘pkada operatsiyadan keyingi
davrda asoratlarni oldini olish uchun. Bronxografiyadan keyin kontrast moddani
ajralishini tezlashtirish uchun.
Noxush ta’siri: ba’zan ko‘ngil aynash (dori vositaning o‘ziga xos hidi tufayli)
yoki bronxospazm chaqirish mumkin.
Davomli qo‘llanganda
jigar va buyrak
funksiyasini nazorat qilish kerak. O‘pkadan qon ketish xavfi bo‘lganda, buyrak
va jigar xastaliklarida ehtiyot bo‘lib qo‘llash kerak. Dori vosita metall buyum va
asboblarga tegsa sulfidlar hosil qiladi. Shu sababli shisha idishlardan
foydalanish kerak. Atsetilsistein MIT dan yaxshi so’riladi lekin dori vositaning
juda ko‘p qismi (90%) jigarda tez parchalanib ketadi. Atsetilsistein jigarda
parchalanib aktiv metabolit sistein hosil bo‘ladi. U safro tarkibida ajraladi.
Shuning
uchun ingalyatsiya, ba’zan parenteral yo‘l bilan kiritiladi. Ushbu dori
vositani antibiotik va proteolitik dori vositalar bilan birga qo‘shib qo‘llash
mumkin emas, chunki dori vosita inaktivatsiyaga uchraydi. Hozirda davomli
ta’sirli, ichiladigan atsetilsistein - long sintezlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: