27- variant
A rte ria l qon bosim i. A rterial qon bosim i gem odinam ikaning asosiy
ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Uni aniqlash klinikada katta ahamiyatga ega.
Arterial bosim ko‘rsatkichini aniqlovchi omillar boMib, qon oqimining hajm tezligi
va tomirlaming umumiy periferik qarshiligi hisoblanadi. Arterial bosim kattaligi
mm. sim. ust. larida hisoblanib va quyidagi omillar: yurakning qon haydash kuchi,
qon-tomirlarining periferik qarshiligi va qonning hajmi bilan aniqlanadi.
Har bir sistola va diastola vaqtida arterial bosim o‘zgarib turadi. Uning ko‘tarilishi
qorinchalar sistolasi bilan bog‘liq boMib, sistolikyoki maksimal bosim deb ataladi.
Sistolik bosim o‘z navbatida: yon va oxirgi bosimlarga boMinadi. Yon bosim
tomirlar devoriga beradigan bosimi. Oxirgi bosim - m a’lum qon-tomir sohasida
harakatlanayotgan qonni potensial va kinetflc energiyayig‘indisi hisoblanadi. Uning
kattaligi 110-120 mm sim ust teng.
Yon sistolik bosim oxiri, sistolik bosim orasidagi farq zarba bosimi deb ataladi.
U yurak faoliyati va tomirlar devori holatini anglatadi. Arteriya va arteriolalar
tarmoqlangan oxirgi qismlarida bosim 20-30 mm sim ust teng.
Diastola vaqtida arterial bosim ning pasayishi diastolik yoki minimal bosim deb ataladi. Uning kattaligi asosan qon oqimi periferik qarshiligiga va yurak
qisqarishlari soniga bog‘liq. Sistolik va diastolik bosim lar orasidagi farq puis bosimi deb ataladi. Har bir sistolada otilib chiqqan qon hajmiga puis bosimi
proporsionaldir. Kichik arteriyalarda bu bosim pasayadi, arteriola va kapillarlarda
esa doimiy bo‘ladi.
Sistolik, diastolik bosimlardan tashqari, yana o‘rtacha bosim ham farq qilinadi.
0 ‘rtacha bosim sistolik bosim bilan diastolik bosim o ‘rtasidagi miqdor boMib, qon
bosimining puis bosimi boMmaganda, tabiiy sharoitda o ‘zgaruvchi qon bosimi
beradigan gemodinamik effektni bera oladi. 0 ‘rtacha bosim diastolik bosimgayaqin
bo‘ladi. Sistolik va diastolik bosim har birarteriyada o'zgaruvchan boMsa, diastolik
bosim nisbatan o'zgarmas kattalik hisoblanadi.
Bosimning diastolada pasayish vaqti sistolada ko‘tarilish vaqtiga qaraganda
233 www.ziyouz.com kutubxonasi ortiqroq boMgani uchun, o‘rtacha bosim miqdori diastolik bosimga yaqinroq.
Arterial pulsni yozib olish nsuW-sfigmografiya deb ataladi. Yozib olingan
sfigmogrammada ikkita asosiy qism: yuqoriga ko‘tarilgan - anakrota va pastga
tushgan - katakrota ajratiladi. A nakrota yurakdan qonni haydash davrining
boshlanishida, arterial bosim ortishi va tomirlaming cho‘zilishidan hosil bo‘ladi.
Katakrota qorinchalar sistolasining oxirida, bosim u yerda pasaya boshlaydi
va puls chizig‘i pasaya boshlaganda hosil bo‘ladi. Diastola vaqtida qorinchalardagi
bosim aortadagidan pasaya boshlaganda qon orqaga qayta boshlaydi. Bu vaqtda
yarimoysimon klapanlaryopilib, egri chiziqda insizura (chuqurcha) hosil bo‘ladi.
Qon to‘lqini yarimoy klapanlarga urilib qaytadi va bosim ko‘tarilishining
ikkilamchi to‘lqinini hosil qiladi, bu to ‘lqin natijasida arteriyalar devori yana
cho‘ziladi. Natijada sfigmogrammada dikrotik (ikkilamchi) ko‘tanlish paydo bo‘ladi.
Arterial pulsni paypaslab yoki sfigmografik usul bilan aniqiash yurak qon-tomirlar
sistemasining ñinksional holati to‘g‘risida juda katta ma’lumot beradi. Eng awalo
yurak urishlar soni, uning ritmi to‘g‘risida baho berish mumkin. Ritmning o‘zgarishi
fiziologik bo‘lishi ham mumkin. Masalan, «nafas aritmiyasi» ayniqsa yoshlarda kuchli
rivojlangan nafas olganda puls ko‘payishi va nafas chiqarganda kamayishi.
Yurakning ayrim xastaliklarida puls defítsiti (yetishmovchiligi) kuzatiladi. Yurak
urishlari soni puls soni bilan birxil boMmaydi.
V enoz sistem a p o stk ap illar venulalardan
boshlanadi. Sig‘im tipidagi tom irlar bo‘lib, yuqori cho‘ziluvchanlik va past
elastiklikka ega, mayda venalar, darvoza venasi va kovak venalardan tashqari,
ko‘pchilik venalami ichki yuzasida klapanlari bo‘ladi. Klapanlar qonni yurakka
qarab harakatini ta’minlab, orqaga harakatlanishiga yo‘i qo'ymaydi. Venalarga
organizmdagi qonning 70-80% sig‘adi,
Odam venalaridagi bosimni uning ichiga igna kiritib (bilak venasiga) ignani
monometr bilan ulab aniqlash mumkin. Ko‘krak qafasidan tashqarida joylashgan
venalarda bosim 5-9 mm sim. ustuniga teng. Vena pulsi deb, bir yurak sikii vaqtida
venalarda bosimni va hajmni o‘zgarishiga aytiladi. Kichik va o ‘rtachadiametrdagi
tomirlarda vena tomirlarining pulsi boMmaydi. Vena pulsini faqat yurak yaqinidagi
v. jugularis da qayd qilish usuli flebografiya deb ataladi.
Flebogrammada uchta tishchalar ajratiladi: a, s, va v. a-tish o‘ng bolm acha
sistolasiga to‘g‘ri keladi. BoMmachalar sistolasi vaqtida kovak venalaming
quyilayotgan joyidagi halqasimon muskultari qisqarib, qonni boMmachaga oqishi
vaqtincha to‘xtaydi. BoMmachalar bo‘shasha boshlagach qon boMmachalarga tusha
boshlaydi, vena bosimi yana pasayadi. Uyqu arteriyasining tebranishlari uni yonida
joylashgan bo'yinturuq venasini tebratadi va s tishni hosil qiladi. Bosim qisqa
muddatda ko‘tarilib, yana tusha boshlaydi. BoMmachalar qon bilan to‘lib, undagi
bosim yana ortadi natijada qon dimlanib, vena tomirlari cho‘ziladi. Bu vaqtda
uzunchoq tish (d) paydo bo‘ladi.
2-variant
1 Qon-tom irlarda qon, suyuq holatda harakatda bo‘iadi. Qontomirlar jarohatlanganda uning bir butunligi buziladi, natijada qon iviydi. Bu holatni
organizmning qonning agrégat holatini boshqaruvchi tizimi ta ’minlaydi. Qonning
agrégat holatini boshqarish jarayoni qon ivishini ta ’m inlovchi va ivishga qarshi
omillar, fibrinolitik tizimlar kabi murakkab mexanizmlardan iboratdir. Mazkur lizimning
birorta funksional holati o ‘zgarsa, boshqatizim lardakom pensatorsiljishi kuzatiladi.
Shu tizimlar o ‘rtasidagi o ‘zaro funksional bogMiqlikning buzilishi qon ketishining
og‘ir ketuvchi turli shakllari, to ‘xtamasligi yoki qon-tom irlarda trom b hosil b o ‘lib
qolishi kabi patologik hoiatiarga olib kelishi mumkin.
3 M uskullar fiziologiyasi. Inson tanasining fazodagi harakatini, ko‘z harakatini,
qon-tomirlar va yurak faoliyatini hamda hazm qilish trakti faoliyatini amalga
oshirishda ikki asosiy turdagi muskullaming ahamiyati kattadir. Bular silliq va
ko‘ndalang targ‘il (skelet va yurak ko‘ndalang targ'il muskullari) muskullaridir.
Ularbir-biridan tuzilishi va fiziologik xossalari jihatidan farq qiladilar, lekin bu ikkala
turdagi muskullarda, qisqarishning molekular mexanizmida umumiy o ‘xshashliklar
juda ko‘p.
Yurak muskullarining funksiyasi «Yurak va qon aylanish» bobida ko‘zdan
kechiriladi. Bu bobda faqat skelet muskullar bilan silliq muskullaming tuzilishi.
funksiyasi va fiziologik xossalarini ko‘rib chiqish bilan chegaralanamiz.
Skelet m uskullari. Skelet m u sku l tolalarining sinflanishi. U m urtqali
hayvonlarda vajumladan insonlarda skelet muskuli, o'zining tuzilishi va funksional
jihatidan bir-biridan farq qiluvchi muskul tolalarining bir necha turlaridan tashkil
topgan. Hozirgi kunda 4 turdagi muskul tolalari tafovut qilinadi:
2 Физиологик функциялар — ҳаёт фаолиятининг мосланиш учун аҳамиятли
белгиларидир. Организм турли функцияларни ўтай туриб ташқи муҳитга мослашади
ёки муҳитни ўз эҳтиёжларига мослаштиради.
Ҳужайра, тўқима, орган ёки организмнинг ҳар қандай физиологик функцияси
тирик мавжудотларнинг тур ёки индивидда ривожланиши тарихи — филогснез ва
онтогенезнинг натижасидир. Бу ривожланиш процессида тирик структураларнинг
муайян функциялари пайдо бўлади ва улар миқдор ҳамда сифат жиҳатидан
ўзгаради. Модомики шундай экан, ҳар бир айрим функциянинг вужудга кслиши ва
ривожланишини, яъни функциогенезпи ўрганиш физиологиянииг муҳим
вазифасидир.
Модда ва энергия алмашинуви тирик организмнинг асосий функ циясидир. Бу
процесс организмда ва унинг барча структураларида доимо ва бетўхтов рўй бериб
турувчи химиявий ва физикавий ўзгаришлардан, моддалар ўзгаришидан ва энергия
алмашинувидан иборат.
Моддалар алмашинуви, ёки метаболизм ҳаётнинг зарур шартидир. Тирик
ўликдан, тирик мавжудотлар олами анорганик оламдан моддалар алмашинуви
билан фарқ қилади. Анорганик оламда ҳам моддалар ўзгариб ва энергия алмашиниб
туради, бироқ тирик организм билан ўлик табиатда бу процесслар бир-биридан
принципиал фарқ қилади. Бу фарқиинг моҳиятини Ф. Энгельс «Табиат
диалектикаси»да жуда яхши таърифлаб берган: «Анорганик жисмларда ҳам
моддалар шундай алмашинуви мумкин, аслда ҳамма ерда химиявий таъсирлар
гарчи жуда секин бўлсада воқе бўлгани учун ҳамма ердаҳам моддалар шундай
алмашиниб туради. Бироқ фарқ шундаки, анорганик жисмларда моддалар