O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

7.1-jadval
. Yurak yetishmovchiligida yurak glikozidlarni ta’sirlari: 
Yurak dekompensatsiyasida yurak glikozidlarning asosiy ta’siri venoz 
dimlanishni kamayishi bilan bog‘liq. Natijada venoz qon bosimi pasayib shishlar 
asta sekin yo’qoladi. Venoz dimlanishni kamayishi hisobiga yurak ritmi 
reflektor tezlashishi (Beynbridj refleksi) kuzatilmaydi. Arterial qon bosimi 
o’zgarmaydi yoki oshadi (agarda pasaygan bo’lsa). Tomirlarning umumiy 
pereferik qarshiligi pasayadi, qon bilan ta’minlanishi va oksigenatsiya 
Parametr va vazifalari 
Yurak 
yetishmovchiligida 
yurak-qon tomir 
tizimidagi o’zgarishlar 
Yurak yetishmovchiligida yurak 
glikozidlarni ta’sirlari 
Yurak faoliyatidagi o’zgarishlar 
Sistola 
Diastola
Yurak hajmi 
Zarbali hajmi
Minutli hajmi 
Yurak qisqarishlar soni 
Yurak o’tkazuvchan sistemasida 
impulslar o‘tishi 
Susayadi 
Qisqaradi 
Kattalashadi 
Kamayadi 
» 
Ko’payadi 
Tezlashgan 
Kuchayadi va qisqaradi 
Uzayadi 
Normaga yaqinlashadi 
Kuchayadi 
» 
Kamayadi 
Susaygan 
Qon aylanishidagi o’zgarishlar 
Venoz qon bosimi 
Arterial qon bosimi 
Yurakni qon bilan ta’minlanishi 
Qon aylanish hajmi 
Oshadi
Ba’zan pasayadi 
Yetishmovchiligi 
Ko’payadi 
Normaga yaqinlashadi (pasayadi) 
Normaga yaqinlashadi (oshadi) 
Normaga yaqinlashadi 
(yaxshilanadi) 
Normaga yaqinlashadi (pasayadi)
Qon aylanish bilan bog’liq bo’lgan a’zo va to’qimalar funksiyasining o’zgarishi 
To’qimalarda hujayralararo 
suyuqlik 
Siydik ajralishi 
Ba’zi ichki organlarning 
funksiyasi (jigar, orshqozon 
ichak trakti va b.) 
Shishlar 
Kamayadi (oligouriya) 
Buziladi (venoz 
dimlanish hisobiga) 
Shishlar yo’qolishi 
Normaga yaqinlashadi (oshadi) 
Normaga yaqinlashadi 


- 372 -
yaxshilanadi. Ichki organlar faoliyati buzilgan bulsa (jigar, me’da-ichak trakti va 
b.) tiklanadi. Yurak glikozidlar umumiy gemodinamikani yaxshilanishi hisobiga 
yurakni qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi (angishvonagul preparatlarini 
yuqori dozada yuborilganda toj tomirlarni toraytiruvchi ta’siri bilinar bilinmas 
yuzaga chiqadi).
Yurak glikozidlari umumiy gemodinamikani yaxshilab buyrak funksiyasini 
normallashtiradi. Diurez kuchayadi. Angishvonagul va strofantin dori vositalari 
buyrakga to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir qilib, natriy ionlarining qayta so’rilishiga 
to’sqinlik qiladi, ammo bu ikkinchi darajali ahamiyatga ega. Diurezning 
kuchayishi organizmda to’plangan suyuqliklarni chiqib ketishiga sharoit 
yaratadi. Bu ta’sirlarning natijasida qon aylanishi yengillashib, umumiy qon 
hajmi kamayadi, yurakga keladigan qon hajmi kamayib, yurakning ishi 
yengillashadi. Bundan tashqari to’qimalarda shishlar kamayadi yoki butunlay 
yo’qoladi.
Yuqorida yurak glikozidlarining umumiy xususiyatlari haqida so’z bordi. 
Turli dorilar o’zlarining alohida xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu ularning 
faolligiga, ta’sir tezligiga, davomiyligiga hamda dori moddasining 
farmakokinetikasiga bog‘liq.
Yurak glikozidlarining faolligiga qarab bir-biridan ancha farq qiladi. Dori 
moddasining faolligini aniqlashda biologik standartlashtirish qo’llaniladi. Bu 
holatda yurak glikozidlarning faolligini aniqlashda baqa ta’sir birligi (BTB) 
qo’llaniladi.
BTB (Baqa ta’sir birligi) standart preparatning tajriba qurbaqalarida 
yurak urishini to’xtatadigan minimal dozasiga bog‘liq. Undan tashqari mushuk 
(MTB) va kaptar ta’sir birligidan (KTB) ham foydalaniladi. 
Quyida tarkibida yurak glikozidlari tutgan o’simliklar va ularning faolligi 
berilgan. 
Dorivor o’simliklar: 
1 g angishvonagul bargi saqlaydi 50-66 BTB 
1 g adonis o’ti saqlaydi 50-66 BTB


- 373 -
1 g marvaridgul o’ti saqlaydi 120 BTB
1 g strofant urug‘i saqlaydi 2000 BTB
Individual glikozidlar 
1 g digitoksin saqlaydi 8000-10 000 BTB
1 g selanid saqlaydi 14 000-16 000 BTB
1 g konvallyatoksin saqlaydi 63 000-80 000 BTB 
1 g strofantin K saqlaydi 44 000-56 000 BTB 
Shunday qilib, strofantin K va konvallyatoksin biologik faolligi digitoksin 
va selanidga qaraganda yuqori hisoblanadi.
Klinikada yurak glikozidlari faolligi vena ichiga yuborilganida ta’sirining 
yuzaga chiqishiga qarab baholanadi.Yurak glikozidlari latent davrning 
davomiyligiga va tasir qilish tezligiga qarab farqlanadi. Vena orqali yuboriganda 
strofantin va konvaliyatoksin
yurakka 5-10 minutdan keyin, selanid esa 5-30 
minutdan keyin ta’sir qila boshlaydi.
Digoksin enteral qabul qilinganda ta’sir 30 daqiqadan keyin rivojlanadi, 
digitoksin ichganda esa tahminan 2 soatdan so’ng (3.2-jadval). Bir xil ta’sir 
doirasiga ega bo’lgan moddalarni organizimga bir xil usulda (vena ichiga) 
yuborilsa, strofantin va konvallyatoksinning maksimal effekti darhol bilinadi 
(30min-1,5 soatda), undan so’ng selanid va digoksin (1-5 soat), keyin 
digitoksin (4-12 soat). Kardiotrop effektning rivojlanish tezligi bo’yicha yurak 
glikozidlarini quyidagi qatorda keltirish mumkin:

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish