7. YURAK QON-TOMIR SISTEMASIGA TA’SIR ETUVCHI DORI
VOSITALARI
Qon aylanishini yaxshilovchi moddalar, yurak faoliyati buzilganda va qon
tomirlari tonusi o’zgarganda keng qo’llaniladi. Klinik qo’llanilishiga qarab, bu
moddalar quyidagi guruhlarga bo’linadi:
I.
Yurak faoliyati o’zgarganda qo’llanadigan moddalar:
a) Yurak yetishmovchiligida qo’llanadigan moddalar;
b) Aritmiyaga qarshi modalar;
v) Miokardda qon aylanishi yetishmovchiligida qo’llanadigan moddalar.
II.
Qon tomirlar tonusi o’zgarganda qo’llanadigan moddalar, qon bosimi
o’zgarishi bilan kechadigan kasalliklarda:
a) Arterial gipertoniyada;
b) Gipotenziv holatlarda.
Yurak yetishmovchiligi (yurak faoliyati dekompensatsiyasi) miokard
faoliyati buzilishiga bog‘liq, umumiy va regionar qon aylanishining buzilishiga
olib keladi. Yurak yetishmovchiligi miokardni organik o’zgarishiga, yurak
klapanlari va qon tomirlarini boshqaruvchi mexanizmlarni balansini buzilishiga
olib keladi. Shuning uchun yurak yetishmovchiligini davolashda qo’llaniladigan
dori moddalari yurakka to’g‘ridan-to’g‘ri ta’sir etmasdan, regulyator ta’sirini
normallashtirishga qaratilgan (asosan surunkali yurak yetishmovchiligida).
So’ngi ta’sirini amalga oshirish uchun yurakka ko’rsatadigan manfiy ta’sirni
kamaytirish yoki bartaraf etish kerak, yoki yurakka musbat – ijobiy ta’sirlarini
oshirish lozim. Masalan, yurakning surunkali yetishmovchiligida adrenergik va
renin-angiotenzin sistemasini faolligi kompensator ravishda oshadi, dastlab bu
ijobiy ta’sir ko’rsatadi, so’ngra yurak dekompensatsiyasini chuqurlashtiradi.
Shuning uchun bunday patologiyalarda bu tizimni susaytiruvchi dori moddalarni
keng qo’llash maqsadga muvofiq.
Yurak glikozidlari 200 yildan ortiq vaqt davomida yurak dekompensatsiyasi
- 364 -
bo’lgan bemorlarni davolash uchun asosiy dori vositalar bo’lib kelgan. Lekin,
oxirgi 10-20 yil davomidagi kuzatuvlar natijasida yurak surunkali kasalliklarini
kelib chiqish mexanizmida, yurak glikozidlarini, boshqa kardiotoniklarni
samaradorligini va xavfsizligini solishtirma tekshirish surunkali yurak
yetishmovchiligini davolashda ularni ahamiyatini qaytadan ko’rib chiqishni
taqazo etadi. Kardiotoniklar ma’lum bir muddat bemorlarni hayot tarzini
yaxshilagan, lekin bemorlar umr ko’rishi uzaymagan, ko’pgina glikozid
strukturaga ega bo’lmagan dori vositalarni qo’llash ularni umrini qisqartirgani
aniqlangan (qisman aritmogen ta’siri tufayli). Shunga qaramasdan hozirgi vaqtda
kardiotoniklar surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda asosiy dori
vositalar bilan birgalikda qo’llanilib kelinmoqda.
Bu patologiyada farmakoterapiyaning asosiy vazifasi yurak ishiga optimal
sharoit yaratib berishdan iborat. Yurak ishini oshirish faqat kardiostimullovchi
ta’siri bilan emas, balki uning miokardga tushadigan ortiqcha zo’riqishni
kamaytirish maqsadga muvofiq. Keng ma’noda olganda moddalar
kardioprotektor ta’sirga ega. Bunga erishish uchun miokardda qon aylanishini va
metabolizmini yaxshilash, yurakka bo’ladigan zo’riqishni kamaytirish, miokard
qisqaruvchanligini pasaytirish, yurak ritmini normallashtirib, qon aylanishini
umumiy hajmini kamaytirish va qon ivish sistemasini normallashtirish mumkin.
Hozirgi vaqtda surunkali yurak yetishmovchiligini davolashda angiotenzin
hosil qiluvchi ferment ingibitorlari, vazopeptidaza ingibitorlari, angiotenzin
resteptolari ingibitorlari, vazodilyatatorlardan NO-donatorlari, adrenoretseptor
blokatorlari, aldosteronning antagonisti – spiranolakton va boshqa diuretiklar,
kardiotoniklar (asosan yurak glikozidlaridan digitoksin) va boshqalar
qo’llaniladi. Shuningdek vazopressin antagonistlari, endotelin-1 antagonistlari,
natriyuretik peptidlar va boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Shunday
qilib,
surunkali
yurak
yetishmovchiligini
rastional
farmakoterapiyasida kompleksli har xil ta’sirga ega bo’lgan dori moddalar
qo’llaniladi Bu bo’limda kardiotonik moddalar haqida ma’lumot berilgan.
- 365 -
O’tkir yurak yetishmovchiligida qisqa ta’sir etuvchi, parenteral
yuboriladigan glikozid va “noglikozid” kardiotoniklar qo’llaniladi. Ular minimal
latent davri va yuqori samarali ta’sirga ega bo’lib, kislorodga bo’lgan ehtiyojni
oshirmasligi va aritmiyani chaqirmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |