6.10.Nootrop vositalar
Bu guruh moddalar (noos - qalb, fikr, tropos – yo‘nalish) - bosh miyaning
organik jarohatlanishi tufayli yuzaga kelgan ruhiy va aqliy qobiliyatni
yaxshilaydi, chunki ular miyada energiya almashinuviga ijobiy ta’sir etadilar.
GAMK ta’siriga o‘xshab metabolizmni o‘zgartiradilar. Ko‘pgina nootrop
vositalar organizmni gipoksiyaga chidamliligini oshiradilar va tirishishga qarshi
ta’sir ko‘rsatadilar. Nootrop vositalarning ta’siri sekin asta rivojlanadi va ularni
uzoq muddat qo‘llanilgandagina yuzaga keladi (yashirin davri katta).
Piratsetam(nootropil)-siklik
GAMK
hosilasidir.
Aqliy
faoliyat
yetishmovchiligida unga yaxshi ta’sir ko’rsatadi(o’ylash,ta’lim olish,xotira).
Muhim xususiyati uning antigipoksik effektidir. Bunda miya to’qimalari
gipoksiyaga chidamliligi oshadi.
To’qima baryerlaridan oson o’tadi. Tez ichakdan so’riladi va
gematoensefalik va platsentar baryerlardan o’tadi. Buyraklar orqali asosan
o’zgarmagan holatda chiqib ketadi.
Qo’llanilishi: Bosh miyaning surunkali tomir va degenerative
shikastlanishlari
bilan
bog’liq
aqliy
yetishmovchiligida
(yoshga,aterosklerozga,alkogolizmga,bosh jarohatiga bog’liq bo’lgan aqliy
buzilishlarda).
Aminalon
-
GAMK-biogen amin bo‘lib, MNSdagi modda almashinuvida
ishtirok etadi. GAMK mediator sifatida MNS tormozlanish jarayonida
qatnashadi. GAMK energiya hosil bo‘lishini bosh miya to‘qimasinnig nafas
olishini, glyukozani ishlatilishini, zaharli moddalarni eliminatsiyasini va bosh
miyada modda almashinuvini oshiradi. GAMKning farmakologik ta’siri uning
- 362 -
bosh miyadagi dofamin va boshqa retseptorlar bilan bog‘liq GAMKergik
retseptorlariga ta’sir etishi bilan bog‘liq. Bunda retseptor sezgirligi va u bilan
bog‘lanishni boshqaruvchi oqsil tabiatli GAMK modulining ahamiyati katta.
Aminalon bosh miyaning surunkali xastaliklarida aqliy yetishmovchilikni
kamaytiradi, bunda uning metabolik faolligi muhim rol o‘ynaydi. GEBan
GAMK yomon o‘tadi, lekin xastaliklarda GEBdan GAMKni o‘tishi ortadi.
GAMK ta’sirida fikrlash, xotira, o‘qish yaxshilanadi, GAMK yumshoq
psixostimulyatorlar kabi ta’sir etadi. Miyada qon aylanishini buzilishi tufayli
yuzaga kelgan harakat, gapirish va vestibulyar o‘zgarishlarni GAMK bartaraf
etadi. Epileptik o‘choqda GAMK miqdorini mo‘tadillashishi tufayli aminalon
tutqanoq xastaligi xurujlarini kamaytiradi. Aminolon ayniqsa qon bosimi yuqori
bo‘lgan hollarda uni tushiradi. Qonda qand miqdorini mo‘tadillashtiradi, ya’ni
oshgan bo‘lsa kamaytiradi. Kam bo‘lsa oshiradi (glikogenolizni kuchaytiradi).
Ta’siri sekin rivojlanadi, davolash bir necha oy davom etadi.
Qo‘llanilishi: bosh miya qon aylanishining buzilishi tufayli yuzaga kelgan
aqliy yetishmovchilik (tanqislik), ateroskleroz, insultlardan keyingi holatlar,
miyaning lat yeyishi, jarohatlari. Alkogol tufayli yuzaga kelgan aql pastlik
(telbalik), tug‘ma aql pastlik, tutqanoq xastaligi, gipertoniya.
Piratsetam
(nootropil): Ta’siri aminolonga o‘xshash, lekin harakatga ta’sir
etmaydi,
uyqu
chaqirmaydi,
og‘riqsizlantiruvchi
vositalar
ta’sirini
kuchaytirmaydi. Kimyoviy tuzilishi siklik GAMKga o‘xshaydi. Zaharsiz.
GEBdan yaxshi o‘tadi. Organizmdan o‘zgramagan holda ajratiladi. Aminolonga
o‘xshab qo‘llaniladi.
Nomi
Yuborish yo’li
Chiqarilish shakli
Piratsetam
Pyracetam
Ichishga,vena ichi
va
mushak ichiga 0.4-1.2 g
Qobiq bilan o’ralgan
tabletkalar 0.2 g; kapsula
0.4 g; ampula 20%-5 ml
- 363 -
Do'stlaringiz bilan baham: |