O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet199/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

-
sidnoniminlar unumi. Kuchli psixostimulyator. 
Fenaminga nisbatan kam zaharli va periferik simpatomimetik ta’siri kuchsizroq 
(gemodinamikaga deyarli ta’sir qilmaydi). Psixostimulyatorlik ta’siri sekin 
rivojlanadi (ya’ni boshlang‘ich kuchli aktivlashtiruvchi ta’sirga ega emas), lekin 
uzoq davom etadi, hamda kayf va harakat qo‘zg‘aluvchanligi bilan kechmaydi. 
Taxikardiya rivojlanmaydi, qon bosimi oshmaydi. Ta’siri tugagach xolsizlik va 
uyqusirash rivojlanmaydi. 
Ta’sir mexanizmi: fenamindan farq qilib adrenergik retseptorlarni 
dofaminergikka nisbatan kuchliroq qo‘zg‘atadi. Uning ta’sirida neyronal 
depolardan katexolaminlarni ajralib chiqishi oshsa kerak. 


- 359 -
Qo‘llanilishi: umumiy bo‘shashganlik, befarqlik, uyqusirash bilan 
kechadigan astenik holatlarda, stuporoz, substuporoz, apatobulik holatlarni 
davolashda, yuqumli kasalliklar, zaharlanish va bosh miya travmalarida, astenik 
va nevrostenik buzilishlarni daf etishda. Sidnokarb anksiolitiklar qo‘llanilganda 
yuzaga chiqadigan miorelaksatsiyani yo’qotadi, bunda ularning tinchlantiruvchi 
ta’sirini kamaytirmaydi. Shuning uchun fenozepam va sidnokarbni 1:1,25 yoki 
1:2,5 
nisbatda 
qo‘shib qo‘llash mumkin. Alkogolizmda sidnokarb 
astenonevrotik reaksiyalarni va abstenetsiya belgilarini kamaytiradi. 
Sidnokarbni bemorlar yaxshi qabul qiladi, ba’zan ishtahani oshiradi. 
Sidnokarbni kechki vaqt qabul qilish mumkin emas – uyquni buzadi. 
K o f e i n –metilksantin guruhiga qarashli. Choy, kofe, kakao tarkibida 
bo‘ladigan alkaloid (tahminan 2%). Sintetik yo‘l bilan ham olingan. Kofein 
MNSni kuchli qo‘zg‘atadi. U bosh miya po‘stloq qavatida qo‘zg‘alishni 
boshqarilishini kuchaytiradi. Kofeinning psixostimulyatorlik ta’siri analeptik 
xossa bilan mujassamlashgan. U aqliy va jismoniy mehnat qilish, ruhiy 
faoliyatni oshiradi, ta’sirotlarga organizmni javob berish vaqtini qisqartiradi. 
Kofein ta’sirida tetiklik yuzaga chiqadi, uyquchanlik va charchoq yo‘qoladi. 
Kofeinning ta’siri uning miqdori va asab sistemasining tipiga bog‘liq. Kichik 
dozalari odatda kuchaytiradi, kattalari aksincha – susaytiradi (chunki nerv 
hujayralarini toliqtiradi, sillasi quriydi). Kofein uxlatuvchi, narkotik va narkotik 
analgetiklar ta’sirini keskin susaytiradi. Shuning uchun alkogol chaqirgan 
mastlikni va uxlatuvchi vositalar bilan chaqirilgan uyquni yo’qotadi. Kofeinni 
kattaroq dozalari uzunchoq miya markazlarini qo‘zg‘atadi (nafas, qon aylanishi), 
ayniqsa ularning faolliklari susaygan holatlarda (AB oshadi, taxikardiya, nafas 
tezlashadi va chuqurlashadi). Qon bosimi kollapslar va karaxtlikda kofein 
ta’sirida oshadi, lekin me’yoriy qon bosimiga ta’sir etmaydi, chunki qon 
aylanish markazini va bevosita yurak faoliyatini kofein oshirsa ham, u ko‘pgina 
qon tomirlarni kengaytiradi, (skelet mushaklari, bosh miya, yurak, buyrak) va 
qorin bo‘shlig‘idagi ichaklarning tomirini toraytiradi. Kofein bosh miyadan 


- 360 -
tashqari ijro a’zolariga ham ta’sir etadi. Miotrop spazmolitik ta’siri tufayli 
bronxlar, o‘t yo‘llari mushaklarini bo‘shashtiradi, me’da sekretsiyasini oshiradi 
(diagnostika), peshob ajralishini oshiradi (filtratsiya oshadi, reabsorbsiya 
pasayadi N
2
O va elektrolit), modda almashinuvini 10-20%ga oshiradi, 
glikogenolizni oshiradi, giperglikemiya chaqiradi, lipolizni oshiradi (Erkin yog’ 
kislotalar miqdori qonda ortadi), adrenalinning buyrak usti bezidan ajralishini 
oshiradi. 
Ta’sir mexanizmi: kofein fosfodiesteraza fermenti faolligini susaytirib, 
ayniqsa yurak va miyada sAMFni parchalanishini kamaytiradi, natijada sAMF 
to‘planadi. Bundan tashqari kofein adenozin bilan raqobatlashadi (chunki ular 
qarama-qarshi bo‘lgan o‘zgarishlar chaqiradilar). Kofein adenozin ta’sirini 
yo‘qotadi, chunki uning retseptorlarini bloklaydi. Adenozin bosh miyada 
qo‘zg‘alish jarayonini kamaytiradi va ularni retseptorlarini metil ksantinlar bilan 
bloklanishi qo‘zg‘alish jarayonini, Shuning uchun ham oshiradi. Kofein 
organizmning tabiiy metaboliti purin unumlariga o‘xshaydi. Shuning uchun u 
organizmda tez parchalanadi, yig‘ilib qolmaydi, hamda katta terapevtik ta’sir 
kengligiga ega. 
Qo‘llanilishi: yuqumli kasalliklardagi umumiy zaharlanish, narkotik, 
uxlatuvchi va Shu kabi MNSga susaytiruvchi moddalar bilan zaharlanganda, 
miya tomirlarini torayishi bilan kechadigan xastaliklarida (migren), ruhiy, aqliy 
va jismoniy faoliyatni oshirish uchun, gipotoniyalarda. Kofein ichakdan yaxshi 
so‘riladi. Tarkibida kofeini bor juda ko‘p tabletkalar bor. Xafa qonlik, 
ateroskleroz, uyqusizlik, glaukoma, qariyalarda ishlatish mumkin emas. 
Kofein-benzoat-natriy
-
Kofeinga nisbatan suvda yaxshi eriydi (1:2), 
organizmdan kofeinga nisbatan tezroq ajraladi. Ta’siri kofeinnikiday. 
Nomi 
Kattalar uchun o‘rtacha 
terapevtik doza va kiritish 
yo‘li 
CHiqarish shakli 
Meridil 
Meridilum
Ichishga – 0,01-0,015 g 
Tabletka 0,01-0,015 g 
Kofein 
Ichishga – 0,05 – 0,1 g 
Kukun


- 361 -
Coffeinum
Kofein – natriy benzoat 
Coffeinum-natrii benzoas 
Ichishga va t/o – 0,1 – 0,2 

Kukun; tabletka 0,1 va 0,2 
g; ampula 1 va 2 ml va 
tyubikli-shpritslarda 1 ml 
10% va 20% li eritma
Sidnokarb 
Sydnocarbum 
Ichishga 0.05-0.25 
Tabletka 0.005;0.01;0.025 


Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish