spektri
xarakteristikasi.
Terapevtik dozalarida imizin qon bosimini tushirishi mumkin, hatto
ortostatik kollaps bo‘lishi mumkin. Ruhiy holat tomonidan yuzaga chiqadigan
noxush ta’sir ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: - kuchli rivojlangan sedativ ta’sir yoki
bilaks, gallyusinatsiya, uyqusizlik, ruhiy qo‘zg‘alish. Imizin allergik dermatit,
jigar xastaligi, tremor, bosh og‘rig‘i chaqirishi, tana massasini oshirishi mumkin.
Glaukoma, peshob xaltasining va MITning atoniyasida imizinni qo‘llash
mumkin emas.
Bu dori vositani MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo‘llanganda og‘ir
zaharlanish rivojlanadi. Ketma-ket ishlatilganda esa orada interval 1,5-2 hafta
bo’lishi kerak.
A m i t r i p t i l i n (triptizol)
-
kimyoviy tuzilishi bo‘yicha imizinga o‘xshash.
Farmakologik xossalari ham o‘xshash, lekin amitriptilinning ruhiyatni
ko‘taruvchi (qo‘zg‘atuvchi) ta’siri yo‘q, yorqin psixosedativ ta’siri bor. Bundan
tashqari amitriptilin M-xolinoblokatorlik va gistaminga qarshi ta’siri bo‘yicha
- 351 -
imizindan ustun keladi. Amitriptilining kuchli antidepressiv xossasi, kuchli
sedativ ta’sir bilan mujassamlangandir. Amitriptilin eng faol antidepressantdir.
Ta’siri 10-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Noxush ta’siri va qo‘llash mumkin
bo‘lmagan holatlar imizinga o‘xshash.
A z a f e n (pipofezinum)
– mo‘tadil antidepressiv va yorqin sedativ ta’sirga
ega. Boshqa tritsiklik antidepressantlardan atropinsimon ta’sirining yo‘qligi
bilan farq qiladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta’siri juda oz. Azafen
asosan yengil va o‘rtacha og‘irlikdagi depressiyalarda qo‘llaniladi (ko‘proq
qariyalarda).
F l u o k s e t i n
(prozak,frameks)
kimyoviy
tuzilishi
bo`yicha
fenoksipropilamin unumi hisoblanadi. Yuqori depressiyaga qarshi faollikka ega,
uchsiklik antidepressant analogidir. Tasir effekti sekin yuzaga chiqadi(1-4
hafta). Fluoksetin uchsiklik antidepressantlardan sedativ tasiri yo`qligi,
psixostimullovchi effekti yuzaga chiqishi, M-xolinoblakatorlik tasiri yo`qligi va
adrenoretseptorlarga tasiri yo`qligi bilan farq qiladi. Fluoksetin qo`llanilganda
gemodinamikada o`zgarish bo`lmaydi.Tana vaznini oshirmaydi, kam zaharli.
Ichga qabul qilinganda MIT yaxshi so`riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi.
Metabolitlaridan biri norfluoksetin yuqori antidepressantlik faolligiga ega.
Fluoksetinning ta’sir davomiyligi t
1/2
=1-3 kun (norfluoksetin 7-15 kun).
Metobolitlari o`zgarmagan holda buyraklar orqali ajraladi. Nojo`ya tasirlaridan
ishtahaning buzilishi, ko`ngil aynishi, serjahllik, bosh og`rig`i, uyqusizlik, terida
toshmalar toshishi kuzatiladi. Flouksetinni MAO ga tanlamasdan tasir etuvchi
preparatlar
bilan qo`llash
mumkin
emas(serotonin sindromi-serotonin
konsentrasiyasining oshib ketishi). Buning oqibatida hayot uchun xavfli bo`lgan
mushaklar rigidligi, gipertermiya va yurak qon tomir kollapsi kelib chiqishi
mumkin. Ovqat ingridientlari bilan fluoksetinning o`zaro tasiri kuzatilmaydi
(MAO ga tanlamasdan ta`sir etuvchi preparatlardan farqli ravishda). Fluoksetin
tibbiyot amaliyotida depressiv holatlarni davolashda keng qo`llaniladi.
- 352 -
Tibbiyot amaliyotida serotoninni neyronlararo qamal qilinishini
ingibirlash uchun bir qancha yangi preparatlar-e s s i t a l o p r a m , s e t r a l i n ,
p e r o k s i t e n va boshqa dorilar taklif qilingan. Essitalopram (siproleks,
leksapro) yuqori tanlab ta’sir etish xususiyatiga ega. Ko’p retseptorlarga
(serotoninli,
dofaminli,
adrenergik,
gistaminli,
muskarinli,
opioidli,
benzodiazepinli) ta’siri sezilmaydi. Ion kanallarining funksiyasini buzmaydi.
Yaxshi so’riladi, ma’lum bir qismi jigarda metabolizmga uchraydi. Jigar yoki
buyrakda preparat va uning metabolitlari chiqarib tashlanadi. Antidepressant
effekti 2-4 haftadan keyin yuzaga chiqadi. Yaxshi o’kaziladi. Yomon
ta’sirlaridan: ko’ngil aynishi, uyqu buzilishi, charchoqni yuzaga keltirishi
kuzatilishi mumkin. Depressiya va vahima xurujlari holatlarida keng qo’llanishi
mumkin.
S e t r a l i n preparatining terapevtik effekti essitalopramnikiga o’xshash.
P a r o k s e t i n (paksil) ham tanlab ta’sir ko’rsatish xususiyatiga ega. In vitro
tajribalari Shuni ko’rsatdiki, paroksetin noradrenalinga qaraganda seratonni
qayta so’rilishini 320 marta kuchliroq susaytiradi.(setralin 190 marta, fluoksetin
20 marta) Paroksetin yuqori antidepressantlik va anksiolitik aktivligiga ega.
Unchalik katta bo’lmagan M-xolinoblokatorlik ta’sirga ega. Enteral
yuborilganda to’liq so’riladi. Effekti 1-4 haftada yuzaga chiqadi. Davolash
muolajalari oylab davom etishi depressiya tipiga bog’liq. Paroksetin yaxshi
uzatiladi. Yomon effektlari kamdan-kam hollarda yuzaga chiqadi. Ko’ngil
aynishi, bosh og’rig’i, ba’zan og’iz qurishi, uyquchanlik, bosh aylanishi
kuzatilishi mumkin. Shuningdek noradrenalinning neyronal qayta so’rilishini
tanlab bloklovchi preparati -M ap roti lin (ludiomil) sintezlangan. Farmokologik
xususiyati, foydalanish uchun ko’rsatmalar imizinga o’xshash. Oshqozon ichak
trakti orqali sekin so’riladi. Jigarda biotransformatsiyaga uchraydi. Maprotilin
va uning metobolitlari asosan buyrak orqali chiqariladi. Shuningdek
noradrenalinni neyronal so’rilishiga de zipra min ham ta’sir ko’rsatadi.
Yuqorida aytib o’tilgandek, bu imizinning metobolitidir. Ta’sir ko’rsatish
- 353 -
xarakteri ikkinchisiga analogdir. Oz miqdorda M-xolinoblokatorlik va sedativ
ta’sirga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |