O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi munira Jo’raqulovna Allayeva, Ziyovuddin Zaynutdinovich Hakimov, Soloy Ro’zimamatovich Ismailov, Salohiddin Djo’rayevich Aminov, Tollibay Boltayevich Mustanov



Download 10,08 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/534
Sana14.04.2022
Hajmi10,08 Mb.
#552287
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   534
Bog'liq
FARMAKOLOGIYA . Дарслик. 2020

6.9.Psixostimulyatorlar 
Bu guruh moddalari kayfiyatni, psixomotor faollikni oshiradilar, tashqi 
taassurotlarni qabul qilishni yaxshilaydilar, charchaganda toliqish hissini 
yo‘qotadilar, jismoniy va aqliy mehnat qobiliyatini oshiradilar, vaqtinchalik 
uyquni bartaraf etadilar. Psixostimulyatorlar ko‘pincha yengil darajadagi 
depressiya bilan kechuvchi har xil astenik, befarqlik, ipoxondrik holatlarda 
qo‘llaniladi. Ipoxondriya – bemorning diqqat e’tibori ichki a’zolarining 
“kasalligiga” butunlay jalb bo‘ladigan holati. Ertayu-kech o‘sha «kasallikni» 
o‘ylab yuradi. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha psixostimulyatorlar quyidagi 
guruhlarga bo‘linadilar: 
-
Fenil alkin-aminlar (
fenamin
); 
-
Piperidin unumlari (
meridil
); 
-
Sidnonimin hosilalari (
sidnokarb
); 
-
Metil ksantinlar (
kofein
). 
F e n a m i n

psixostimulyatorlarinng tipik vakili. Kimyoviy tuzilishi 
bo‘yicha NA va adrenalinga o‘xshaydi, lekin gidroksil radikallarining yo‘qligi 
unga turg‘unlik, MAO fermenti ta’sirida parchalanmaslik va GEBdan oson 


- 357 -
o‘tish xossasini beradi. Fenaminning ta’sir mexanizmi dofamin va NA ning 
presinaptik membranadan ajralishini kuchaytirish va neyronal qayta shimilishini 
pasayishtirishdan iborat. Buning natijasida sinaps yorig‘ida monoaminlar 
miqdori ortib, MNSdagi retseptorlarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi, ayniqsa 
retikulyar formatsiyaning miya po‘stloq qismiga stimullovchi qismi va limbik 
sistemada. Shu tufayli fenamin neostriatumga susaytiruvchi ta’sir etadi. Bundan 
tashqari fenamin bosh miya po‘stloq qismining neyronlarini bevosita qo‘zg‘atsa 
ham kerak. MNSda fenamin dofamin retseptorlariga NA retseptorlariga nisbatan 
ko‘proq ta’sir etadi. Fenamin periferik alfa va betta adrenoretseptorlarni ham 
qo‘zg‘atib, tomirlarni toraytiradi, yurak qisqarishini kuchaytiradi, qon bosimini 
oshiradi, bronxlarni bo‘shashtiradi, qorachig‘ni kengaytiradi. Bunday ta’sir 
davomli bo‘lsa ham, lekin adrenalinnikidan kuchsizroq (100-150 marta kuchsiz). 
Fenaminni to‘g‘ri qo‘llansa u MNS qo‘zg‘alish jarayonini kuchaytirib, 
charchoqni yo‘qotadi, kayfiyatni yaxshilaydi, kuch quvvat ortadi, bemorlar 
tetiklashishadi, ularning mehnat qobiliyati ortadi, uyquga bo‘lgan talab 
kamayadi. Fenamin narkotik va uxlatuvchi vositalar ta’sirini susaytiradi 
(uyg‘otuvchi ta’sir), ishtahani pasaytiradi (ovqatga to‘yish hissini oshiradi), 
chunki gipotalamusda joylashgan ozuqa markaziga ta’sir etadi. 
Qo‘llanilishi: toliqqanda, charchoqni yo‘qotish, aqliy va jismoniy faollikni 
oshirish uchun uyqusirash, bo‘shashganlik, farqsizlik, asteniya bilan kechuvchi 
nevrotik subdepressiyalar, narkolepsiyalar va boshqa psixonevrologik 
xastaliklarda. 
Dori vositani muntazam uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki dori 
vosita organizmda to‘planadi, unga ko‘nikish, tobelik (ruhiy va jismoniy) va uni 
qabul qilishga intilishi 
rivojlanadi. 
Fentaminni qo‘zg‘atuvchi 
ta’siri 
organizmdan anchagina energiya sarflanishiga olib keladi va Shuning uchun uni 
qabul qilingandan keyin, qoniqarli dam olish kerak (kuch to‘plash uchun). 
Fenaminni davomli qabul qilinsa ruhiy asab buzilishlariga olib kelishi mumkin 
(hatto shizofreniya, psixoz rivojlanishi mumkin). 


- 358 -
Fenamin ayrim holatlarda narkotik tipda ta’sir qiluvchi moddalar bilan 
zaharlanganda analeptik sifatida qo’llanadi. Ishtahani pasaytirish maqsadida 
fenaminni qo’llash maqsadga muvofiq emas,chunki u qo’zg’alish chaqiradi, qon 
bosimini oshiradi va doriga qaramlik yuzaga kelish borasida xavfli preparat 
hisoblanadi. 
Yuqori dozalar qo’zg’alish, besaramjomlik, uyqusizlik,taxikardiya ayrim 
hollarda yurak qisqarish ritmlari buzilishi kuzatiladi. 
Qariyalar, ateroskleroz, xafaqonlik, uyqusizlik, jigar xastaliklari, 
homiladorlikning kechki toksikozlarida qo‘llab bo‘lmaydi. Hozirgi paytda 
fenamin kam qo’llanadi, chunki doriga qaramlik chaqiradi. 
P i r i d r o l (pipradol) MNS ga fenamindan kuchsizroq ta’sir qiladi 
M e r i d i l ( metilfenidata gidroxlorid,tsentedrin)– psixostimulyatorlik 
kuchi bo‘yicha fenamindan kuchsiz. Lekin periferik adrenergik sistemasiga 
ta’sir ko‘rsatmaydi (qon bosimini o‘zgartirmaydi), yurak-tomir sistemasiga ta’sir 
etmaydi. Meridil yengil depressiyalarda, astenik holatlarda, kuchli toliqishda, 
neyroleptiklar ta’sirida MNSning susayganligida qo‘llaniladi. Meridilga 
o‘rganish rivojlanadi. Uyqusizlik, aterosklerozda, stenokardiyada, giperteriozda, 
kuchli darmonsizlanishda meridilni qo‘llab bo‘lmaydi. 
S i d n o k a r b (mezokarb)

Download 10,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   534




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish