Fan nomi : Psixologiya
Mavzu: Xayol
Guruh: PPS-107
Bajardi: Mamurov Maqsud Kamilovich
Limbik sistema (lot. limbus - hoshiya), visseral miya — bosh miyaning anatomik va funksional jihatdan birbiriga yaqin boʻlimlari majmui. Limbik sistema miya poʻstlogʻi bilan ham, poʻstloq osti tuzilmalari bilan ham bogʻlangan boʻlib, hid bilishda va ichki aʼzolar faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi. Lekin Limbik sistemaning asosiy funksiyasi organizmning xatti-harakatlari va ruhiy faolligini yuzaga chiqaradigan oʻz-oʻzidan boshqarilish jarayonlariga bogʻliq. Limbik sistemaning turli qismlariga turli usullar bilan taʼsir etish yoki ularni zararlash yoʻli bilan qoʻrqish, gʻazablanish va shahri k. boshqa holatlarni paydo qilish yoki bartaraf etish mumkin (yana q. Bosh miya).
Fantaziya, xayol — hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xislatlarning vujudga kelishidan iborat psixik faoliyat. U insonning badihagoʻylik qobiliyati, badiiy toʻqimalarga ustaligi, topagʻonligi, ixtiroga moyilligi, antiqa, aqlga toʻgʻri kelmaydigan holatlarni roʻyobga chiqarishga uquvchanligi kabilarda namoyon boʻladi. Xayol inson ongida vujudga kelishidan eʼtiboran borliqning qiyofasini oʻzgartirishga yoʻnalgan boʻladi. Mas, bola oʻzini kosmonavt sifatida his qiladi, konstruktor rolini bajaradi, syujetli oʻyinlarda muayyan qaxramonlar obrazini ijro etishga kirishadi. Xayol tufayli eshitmagan, koʻrmagan narsa va hodisalarni tasavvur qiladi: choʻplardan ot qiyofasini, stuldan xarakatlanuvchi texnikani, qushlardan tezkor uchish apparatini, suv osti ajoyibotlaridan suzish asboblarini takomillashtirishni xayolan oʻylaydi. Shu jihati bilan Xayol ulkan badiiy, ilmiy va maʼrifiy qimmatga ega. Shaxsning ijodiy faoliyati negizida Xayol ishtirok etmasdan iloji yoʻq. Xayol shaxs amalga oshirishni xohlaydigan obrazlar shaklida gavdalanadi hamda ichki akliy faoliyatga aylanadi. Odamlar atrof muhitni faol ijodiy izlanishlari (hayolot timsollari, Xayol) tufayli oʻzgartiradi.
Psixika (yunoncha: psychikos — ruhiy), ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subʼyektiv obrazlarda aks etadi. Psixika materiyaga nisbatan ikkilamchi, xreila. Bu Psixikaning mavjudlik usuli (Psixika miya xususiyati)da va uning mazmuni (Psixika — obʼyektiv olamning subʼyektiv obrazi)da koʻrinadi. Psixika materiya taraqqiyotining muayyan bosqichida — tirik organizmlarda sezuvchanlikning alohida shakli yoki his qilish qobiliyati paydo boʻlishi bilan vujudga kelgan. Tirik mavju-dotning morfologik-fiziologik tuzilishi murakkablashuvi, unda nerv si-stemasining vujudga kelishi va taraq-qiy etishi, bosh miya, uning katta yarim sharlarining shakllanishi va takomillashishi jarayonida rivojlangan. Psixika ning oʻziga xos organi insonda va oliy darajada rivojlangan hayvonlarda bosh miyadir. Psixika — subʼyektivlik bilan obʼyektivlikning birligidir.
Ruhiy hayajon — shaxsning oʻz harakatlari ahamiyatini tushunish yoki ularni boshqarish qobiliyatini pasaytiradigan holati; jinoyat huquqida jabrlanuvchining noqonuniy harakatlariga sabab boʻlgan qattiq ruhiy hayajonlanish yengillashtiruvchi holat hisoblanadi. Hayajonlanish holati qator oʻziga xos belgilarga ega. Mazkur alomatlar faqat mutaxassislar tomonidangina aniqlanishi lozim. Shu bois, aybdor shaxsga berilgan psixologik ekspertiza xulosasi ishga oid isbotlar bilan birga sud tomonidan inobatga olinadi (yana q. Affekt).
Ruhiy kasallik atamasi ostida asab tizimlaridagi buzilishlar oqibatida paydo boʻluvchi, jamiyatda oʻrnashib qolgan meʼyorlardan keskin chiquvchi hatti-harakatlarga olib keluvchi kasallik tushuniladi. Ruhiy kasallikka chalinish koʻpincha bemorning xulq-atvorining oʻziga ham, atrofdagi odamlarga ham xavfliligi bilan xarakterlanadi. Faqat oʻtkir holatlargina emas, balki nim oʻtkir va surunkali kechuvchi ruhiy buzilishlar, hattoki remissiya holatlari ham bemor tomonidan xulq-atvorining kutmaydigan harakatlari bilan kuzatiladilar va shoshilinch yordamga muhtoj boʻladilar.
Ong — psixik faoliyatning oliy shakli. U faqat insonga xos fenomendir. Ong, uning mohiyati masalasi eng qadimgi muammolardan biri. Ongni dastlab diniy va mifologik karashlar doirasida tushuntirishga uringanlar. Ongni liniy tushuntirish uni iloxiy hodisa, xudo yaratgan moʻʼjiza tarzida talkin qilishga asoslanadi. Koʻpgina dinlarda inson ongi buyuk ilohiy aqlning namoyon boʻlish shakli tarzida tavsiflanadi. Bunday qarashlarning ildizi juda qad. boʻlsada, ular hamon oʻzining koʻplab tarafdorlariga ega. Kimki olam va odam yaratilganligini tan olar ekan, ong ham yaratganning qudrati deb hisoblaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |