ADRENERGIK NERV SISTEMASIGA TA’SIR ETUVCHI DORI VOSITALARI
Adrenoretseptorlarga ta’sir etuvchi dori vositalari
Simpatik nervning postganglionar tolalari oxiridan ajraladigan
mediator noradrenalin bilan reaksiyaga kirishib, uning ta’sirini
o’zlashtiradigan, effektor a’zolarda joylashgan postsinaptik pardaga
adrenoretseptor deb aytiladi (22-rasm). Shuning uchun ham
simpatik nervning bu tolalarini adrenergik tolalar deyiladi.
Ushbu adrenergik sinapsdan nerv impulsining o’tishida
qatnashadigan noradrenalin mediatori fenilalanin va tirozin
aminokislotalaridan hosil bo’ladi. Bu katexolaminlarning boshlang’ich sintezi sitoplazmada ro’y beradi. Undagi granulalar hosil
bo’lgan dofaminni o’ziga yutib oladi va u noradrenalinga o’tadi.
Bu jarayon simpatik nerv tolalari oxirida va markaziy nerv
tizimidagi nervlar sinapsida sodir bo’ladi.
Adrenergik (simpatik) nervlarning oxirida (mediatorlar
deposida) noradrenalinning bir qismi alohida granulalarda AÒF
bilan bog’langan holda bo’ladi. Boshqa qismi esa, keladigan impuls
ta’sirida safarbarlik holatida bo’lgani uchun presinaptik pardadan
o’tib, sinaptik bo’shliqqa chiqariladi. Mediatorning 40% lisi esa
sitoplazmada bo’lib, impuls o’tishida qatnashadi. Noradrenalin bu
shaklda, asosan, doimiy muvozanatda bo’ladi. Sarflangan noradrenalin o’rniga granuladagilardan molekulalar chiqadi. Noradrenalin singari gormon-adrenalin ham mediator rolini bajarishi
mumkin. Chunki u simpatik nerv tolalari oxiridagi depoga kirib
yig’ilish xususiyatiga ega. Gormon-adrenalin impuls ta’sirida noradrenalin bilan bir qatorda presinaptik pardadan o’tadi va kam
miqdorda (45%) sinaptik bo’shliqqa chiqadi. Ushbu mediatorlarning bir qismi postsinaptik pardaadrenoretseptor bilan
bog’lanadi va parda depolyarizatsiyaga uchraydi. Natijada kuzatiladigan parda qutbining o’zgarishi biotok hosil bo’lishiga sabab
bo’ladi. Shu yo’sinda impuls to’qimaga, a’zoga o’tkazib beriladi.
Postsinaptik pardaning mediator ta’sirida depolyarizatsiya
bo’lishida natriy, kaliy, kalsiy ionlarining harakatlanishi muhim
ahamiyatga ega. Noradrenalin va adrenalinning bir qismi fermentlar ta’sirida faolsizlanadi yoki qonga o’tadi. Shu bilan bir qatorda ko’proq
qismi qaytadan depoga o’tadi. Bu jarayon faol tarzda kechib,
presinaptik parda orqali bajariladi.
Mediatorlarning faolsizlantirilishi asosan ikkita ferment:
katexol-0-metiatransferaza (KOMÒ) va monoaminoksidaza (MAO)
yordamida bajariladi. KOMÒ asosan hujayra pardasida joylashgan
bo’lib, noradrenalinning 8090% ini, MAO esa hujayralar ichida
joylashgan bo’lib, mediatorlarning 1020% ini faolsiz holatga
o’tkazadi.
Adrenoretseptorlar tuzilishiga, katexolaminlarga nisbatan
reaksiyasi va javobiga qarab har xil bo’ladi. Zamon tushunchasiga
ko’ra adrenoretseptorlarning asosan ikki turi ma’lum: α- va β-
adrenoretseptorlar. Ularning to’qima, a’zolarda joylashishi va
mediatorlarga, dori preparatlariga javobi turlicha. Masalan, α-
adrenoretseptorlar qo’zg’atilganda ular joylashgan silliq
mushaklar qisqaradi, β- adrenoretseptorlar qo’zg’atilganida esa
bo’shashadi (miokarddan tashqari)
Demak, α- adrenoretseptorlar silliq mushakdan tashkil topgan
a’zo faoliyatini qo’zg’atsa, jonlantirsa, β- adrenoretseptorlarni
tormozlaydi, bo’shashtiradi (yurak faoliyatidan tashqari).
107
Ko’pchilik organlarda, chamasi, α- adrenoretseptorlar ham,
β- adrenoretseptorlar ham bo’lishi mumkin, biroq, odatda,
qanday bo’lmasin bir turi (α yoki β) ko’proq joylashgan bo’ladi.
β- adrenoretseptorning ikki turi: β1 va β2 ma’lum. Ularning
joylashuvi va samarasi 16-jadvalda keltirilgan. Keyingi vaqtda α-
adrenoretseptorlar ham α1, α2 va α3 ga tafovut qilinadigan bo’ldi.
Ushbu adrenoretseptorlarning mohiyati va ahamiyati shundan
iboratki, ularga faqat mediator adrenalin va noradrenalingina
emas, balki bemorlarga yuboriladigan bir qator dori preparatlari
ham tanlab ta’sir etadi. Boshqacha aytganda, turli dori moddalarining davo qilish ta’siri ushbu adrenoretseptorlar orqali amalga
oshiriladi. Adrenoretseptorlarga ta’sir ko’rsatadigan ushbu preparatlar jumlasiga kimyoviy tuzilishi, olinishi va ishlatilishi har xil
bo’lgan bir qator dori preparatlari kiradi. Ularning farmakologik
ta’siri, ta’sir mexanizmi va buyurilishi bir xil emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |