Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta'siri



Download 0,88 Mb.
Sana14.04.2022
Hajmi0,88 Mb.
#551903
Bog'liq
mustaqil.,

Biologik faol va dorivor moddalarning bola organizmiga ta'siri.

Reja.

  • 1 Bav biologik faol moddalar. "Biologik faol modda" tushunchasi.
  • 2 Bola organizmiga dorivor moddalalarning ta’siri.
  • 3 Zararli moddalarning ta’siri.

Biologik faol moddalar(BAS) - tirik organizmlarning hayotiy faolligini saqlab turish uchun zarur bo'lgan, tirik organizmlarning ayrim guruhlariga yoki ularning hujayralariga nisbatan past konsentratsiyada yuqori fiziologik faollikka ega bo'lgan, xavfli o'smalar, ularning o'sishini tanlab inhibe qiladigan yoki tezlashtiradigan yoki rivojlanishini butunlay bostiradigan kimyoviy moddalar. Ularning aksariyati oziq-ovqatda uchraydi, masalan: alkaloidlar, gormonlar va gormonga o'xshash birikmalar, vitaminlar, iz elementlari, biogen aminlar, neyrotransmitterlar. Ularning barchasi farmakologik faollikka ega va ko'pchilik farmakologiya bilan bog'liq kuchli moddalarning eng yaqin prekursorlari hisoblanadi. BAS mikroelementlari biologik faol oziq -ovqat qo'shimchalari tarkibida terapevtik va profilaktik maqsadlarda ishlatiladi.

Dori moddalarini so’rilishi tezligi, kuchi va ta’sir muddati ulrani organizmga qaysi yo’l bilan yuborilganligiga bog’liq bo’ladi. Dori moddalarini bemor organizmiga yuborish usuli uning axvoliga, dori moddalarining fizik ximiyaviy xossalariga va ularning ta’sir etish muddatiga qarab tanlanadi. Dori moddalari ikki usulda yuboriladi


Enteral

Parenteral

Til ostigaOg’iz orkali
O’n ikki barmoq ichakka
To’g’ri ichakka

Nafas orqali ingalyasiya, aerozolTeri ustiga
SHiliq qavatlarga
Bo’shliqlarga
Teri ostiga
Mushaklar orasiga, venalarga
Arteriyaga
Orqa miya kanaliga
Bo’g’imlarga
Suyaklar orasiga
YUrak mushaklariga
Epintroforez

Enteral

Parenteral

Har bir bolaning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun yetarlicha ozuqaviy moddalar kerak. Yoshga bog‘liq holda organizm ehtiyojini qondirish uchun yog‘, oqsil va uglevod nisbati va sifati yetarlicha bo‘lishi zarur. Bundan tashqari ovqat tarkibida vitamin-minerallar organizmga keragicha tushishi va a’zolarning o‘sishi uchun muhim. Bolalikning erta davrlarida eng ko‘p uchraydigan yetishmovchilik holati – gipokalsiyemiya (kalsiy yetishmovchiligi) dir. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin, masalan to‘satdan suyaklar sinishi, sudorgilar (talvasa), suyak va nerv tizimi rivojlanishi ortda qolishi. Kalsiy yetishmovchiligiga sabablari Bola organizmida kalsiyning normal ko‘rsatkichda bo‘lishi uchun, ovqat ratsionida kunlik kalsiyning dozasi 500-1000 mg bo‘lishi kerak. Ko‘krak yoshidagi bolalar kalsiyning yetarli miqdorini ona sutidan olishadi va bu davrda qo‘shimcha ravishda kalsiy preparatlaridan ham foydalanish kerak bo‘ladi. Qonda kalsiyning sezilarli darajada kamayishi bolalar raxiti va uning asoratlariga olib keladi. Yuqorida aytganimizdek emizikli bolalar kalsiyni ona sutidan qabul qilishadi, demak ona iste’mol qilayotgan mahsulotlar kalsiyga boy bo‘lishi zarur.

Bolalikning birinchi yilida kalsiy faqatgina, ovqat bilan kam miqdorda tushganligi sababli defitsitga uchramaydi, balki bola organizmida D3 vitamini yetishmasligi hisobiga ham kelib chiqadi. D3 vitamini kalsiyning so‘rilishida muhim rol o‘ynaydi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ko‘rsatmasiga binoan har bir ko‘krak yoshidagi bola kuz-qish mavsumida qo‘shimcha ravishda, eritma ko‘rinishida D3 vitaminini qabul qilishi lozim. Bahor-yoz mavsumida D3 vitamini bola organizmida mustaqil ravishda quyosh nuri ta’sirida sintezlanadi. Bu davrda qo‘shimcha vitamin qabul qilish organizmda uning miqdori oshishiga olib keladi, ya’ni gipervitaminoz holati kelib chiqishi mumkin. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiya ko‘pincha oshqozon ichak trakti kasalliklari (gastrit, kolit, ichaklar dizbiozi va boshqalar), ayrim dori preparatlarini qabul qilish oqibatida oshqozonning so‘rish funksiyasini buzilishi (antadsidlar, sorbentlar) natijasida kelib chiqadi. Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg; 7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg; 1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.

Kalsiy yetishmovchiligi diagnostikasi Raxitning ilk belgilari yoki talvasalar boshlanganini sezsangiz darhol shifokorga murojaat qiling. Kalsiy miqdorini tekshirish uchun: Umumiy qon analizi, undagi gemoglobin miqdori; Bolalarda siydik orqali Sulkovich sinamasi o‘tkazish yo‘li bilan siydik bilan ajralib chiqayotgan kalsiy miqdori o‘rganish; Periferik venoz qondagi kalsiy miqdorini tekshirish – 6 oygacha bo‘lgan bolalarda normal ko‘rsatkich 2,25-2,5 mmol/l bo‘ladi. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligini davolash va profilaktikasi Ayolning homiladorlik vaqtida va farzand dunyoga keltirgandan keyin ham iste’mol qilayotgan mahsulotlari tarkibida kalsiy miqdori yetarlicha bo‘lishi kerak. Bolalarda kalsiy yetishmovchiligining profilaktikasi, uning ona qornidaligi vaqtidan boshlanishi kerak. Har bir homilador ayol homiladorlikning 28-32 haftasidan boshlab har kuni D3 vitaminini, 6-8 hafta davomida qabul qilishi zarur. Bolaning sog‘lom dunyoga kelganda ham profilaktika maqsadida 2-3 oyligidan boshlab D3 vitaminini qabul qilib turishi kerak. Kuz-qish mavsumida har bir sog‘lom tug‘ilgan bolakaylarga profilaktik doza, ya’ni 500 XB da D3 vitamini berilishi raxit kasalligining kelib chiqmasligini ta’minlaydi. Preparatlarni tanlash va ularning dozalarini shifokor belgilaydi. Sun’iy ovqatlanishga o‘tgan bolalarga esa alohida jihatlariga qarab D3 vitamini berishda istisnolar bo‘lishi ham mumkin.

E'tiboringiz uchun raxmat. Kenjayeva Ferangiz


Download 0,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish