Inson ruhiy va aqliy olamini



Download 116,98 Kb.
Pdf ko'rish
Sana20.07.2021
Hajmi116,98 Kb.
#123865
Bog'liq
Maʼnaviyat - Vikipediya(1)



Maʼnaviyat

Manaviyat



Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini

ifodalovchi tushuncha. U kishilarning

falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy,

diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. M.

atamasining asosida "maʼno" soʻzi yotadi.

Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami

mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti,

koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va

boshqa kiradi. Ichki olami esa uning

yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-

istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz



ichiga oladi. Insonning ana shu ichki

olami M.dir. Oziq-ovqat odamga jismoniy

quvvat bersa, M. unga ruhiy ozuqa va

qudrat bagʻishlaydi. M. maʼrifat va

madaniyat bilan bogʻliq. M. odamlarda

tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga

muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish

orqaligina erishiladi. M. qanchalik boyib

borsa, jamiyat va millat shunchalik

ravnaq topadi. M.li odam yashashdan

maqsad nimaligini aniq biladi, umrini

mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi,

muomala qilish madaniyatini egallaydi,

har bir masalaga insof va adolat nuqtai

nazaridan yondoshadi. Vijdon nima,

yolgʻon va rost nima, or-nomus nima,

halol va harom nima — bularning



hammasini bir-biridan ajrata oladi,

hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-

harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka

boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi,

M.da inson hayotining mazmuni aks

etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik

inson M.ini belgilovchi asosiy omillardan

biridir. M. kamol topgan jamiyatlarda

qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning

, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori

hisoblanadi. M.li jamiyatda aql, sogʻlom

fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir.

Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga

ishonchi kuchli boʻladi, odamga

nomunosib turli illatlar barham topadi.

Millatning asrlar davomida shakllangan

ildizlari, uning tarixiy tajribalari va



ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz M.ni

tasavvur qilish qi-yin. "M. — insonning ,

xalqning , jamiyatning , davlatning kuch-

qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon

baxtsaodat boʻlmaydi", degan edi OʻzR

Birinchi Prezidenti I. A. Karimov. Shu

sababli Oʻzbekistonda M.ni yuksaltirish,

xalqni M.li qilish davlat siyosati

darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli

oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy,

ilmiy, madaniy va diniy merosini

oʻrganish, undan xalqning umumiy va

bebaho mulki sifatida foydalanishga

keng yoʻl ochildi. M.imiz "Avesto" va

zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi

kungacha shakllanib, boyib,

umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-



yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda

M. va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish,

boyitish, aholining keng doirasiga yoyish

maqsadida respublika "Maʼnaviyat va

maʼrifat" markazi tashkil etilgan.

Respublika taʼlim tizimida "Maʼnaviyat

asoslari" fani oʻqitiladi. M. sohasida ilmiy

tadqiqotlar olib borilyapti.

Karimov I. A., Istiqlol va maʼnaviyat, T.,

1994; Karimov I. A., Maʼnaviy yuksalish

yoʻlida, T., 1998; Maʼnaviyat va maʼrifat

asoslari (tuzuvchilar: S. O. Ota-

murodov va boshqa,) T., 1998;

Adabiyot



Imomnazarov M., Milliy maʼnaviyatimiz

nazariyasiga chizgilar, T., 1998.

Sultonmurod Olim.

[1]


1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-

yil

Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga

ishorat yoʻq. 

Siz ularni topib va ushbu maqolaga

qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz

mumkin.

Manbalar



Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada

Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-

2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.

Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,

Vikipediyaga yordam berishingiz

mumkin. 

Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

"

https://uz.wikipedia.org/w/inde



x.php?

title=Maʼnaviyat&oldid=2070767

dan olindi 




  Soʻnggi tahrir 1 yil avval 109.207.242.152 tomonidan amalga oshirildi  

Matndan CC BY-SA 3.0  litsenziyasi boʻyicha



foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan

boʻlsa).

Download 116,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish