O’zbekistonda vijdon erkinligi § 1 Vijdon erkinligi, uning qisqacha tarixi



Download 27,7 Kb.
bet1/2
Sana13.01.2022
Hajmi27,7 Kb.
#355762
  1   2
Bog'liq
12-13-мавзу


O’zbekistonda vijdon erkinligi
§ 1
Vijdon erkinligi, uning qisqacha tarixi
Dunyoviy davlatlarda, ya’ni davlatdan din, diniy tashkilotlar ajratib qo’yilgan mamlakatlarda, insonparvar, demokratik jamiyatlarda vijdon erkinligi mavjud. Vijdon erkinligi nima? Bu savolga quyidagicha javob berish mumkin. Dinlarga, diniy urf-odatlarga, imon-e’tiqodga har bir fuqaroning amal qilishi yoki hyech qanday dinga amal qilmas-ligi huquqlarini joriy etilishi va ulardan shaxslarning bemalol foydalana olishiga vijdon erkinligi deyiladi.

Vijdon erkinligi insoniyat tarixida turli shakllarda amal qilgan bo’lib, ular hukmron diniy mafkura, dunyoqarash talablariga nisbatan ziddiyatda bo’lib kelgan.



Vijdoni buyurgan e’tiqodni rasmiy diniy-mafkuraga qarama-qarshi qo’ygan erkin fikrlovchilar e’tiqodi vijdon erkinligidir. Quldorlik, feodalizm, kapitalizm va sosia-lizm jamiyatlarida vijdon erkinligining quyidagi tarixiy shakllari mavjud bo’lgan:

  1. Deizm - tabiatni xudo yaratgan, xudo bilan tabiat ajralmaydi, deb hisoblovchi e’tiqod edi. Shamol xudosi, dengiz xudosi, osmon, chaqmoq xudosi, yer osti va zulmat xudosi, dehqonchilik xudosi mavjud, degan tasavvurlar deizm tufayli mavjud bo’lgan. Masalan, Apollon, Yupiter, Erxubba kabi xudolar greklar, rimliklar, turkiy xalqlarning xuddi shunday xudolari bo’lgan. Yupiter - rimliklarning chaqmoq xudosi edi. Apollon greklarning osmon xudosi bo’lgan. Erxubba - turkiy xalqlarda suv xudosi edi. Deizm tasavvurlari hozir ham ma’lum darajada saqlanib kelmoqda.

  2. Panteizm - tabiat o’z sabablariga asosan rivojlanadi, unga xudolar ta’sir qila olmaydi deb hisoblaydigan tushuncha va tasavvurlardan iborat ta’limot bo’lib, bu ta’limot tabiatdagi hamma narsa va hodisalarni xudo yaratgan va ular tomonidan tabiat boshqarib turiladi, deyuvchi xristian, iudaizm, buddizm, islom va boshqa dinlar mafkurasiga qarshi qaratilgan ta’limot edi. Panteizm tabiatshunos olimlar tomonidan ishlab chiqil-gan. Masalan, grek faylasufi Gerakl tabiatni xudolar-dan ham, odamlardan ham hyech kim yaratmagan, u qonuniy yonib va so’nib-turadigan mangu olovdan tashkil topgan, deb hisoblagan. Italiyalik olim Jardano Bruno esa har bir yulduz o’zi bir olam, dunyo cheksiz, Injil ko’rsatma-lari uydirmadan iborat, deb hisoblagan. Inkivizasiya sudi uni 1600 yil 14 aprelda Rim shahrida tiriklayin gulxanda kuydirib o’ldirishga hukm qilgan va bu hukm ijro etilgan. Panteizm vijdon erkinligining tarixiy shakli sifatida hozir ham ayrim olimlar e’tiqodida mavjud.

  3. Mutaziliylik - islom dinining rasmiy mafkurasi bo’l-gan kalom falsafasining, ya’ni Alloh yagona, u xohlaganini qiladi, bandalarida hyech qanday o’z fikr, xohish-iroda erkinligi bo’lishi mumkin emas, degan aqidalarni cheksiz da’vat qilgan rasmiy ruhoniylar - mutakallimlardan norozi bo’lib, ulardan ajralib chiqqan islomdagi hurfikrlik mavqyeidagi olimlar ta’limoti edi. Mutaziliya ta’limoti Alloh yaratgan har bir odam o’z hatti-harakati uchun o’zi javobgar, yaxshi yoki yomon qilgan ishlari uchun o’zi Alloh oldida javob berishi lozim, inson erkin fikrlashga haqli, deb hisobladilar. Mutaziliya ta’limoti xalifalar Xorun ar-Rashid va Ma’mun (IX-X asrlar) davrlarida xalifalikning rasmiy mafkurasi edi.

  4. Qo’sh haqiqat - bu ta’limotga asosan dunyoda Allohga ma’qul bo’lgan barcha yaxshi ishlar islomiy haqiqat bo’lib uni tan olmoq kerak. Bu birinchi haqiqatdir. Bu haqiqat-ga ko’ra Qur’on, shariat, hadislar, islom aqida va marosimlari, ahloq-odoblari, boqiy va foniy dunyo, jannat-do’zax xususidagi barcha fikr-mulohazalar ayni haqiqatdir. Biroq bir guruh olimlar, islomiy mutafakkirlar dunyoviy ilmlar ochayotgan yangiliklarni ham haqiqat deb hisobladilar, bu ikkinchi haqiqatdir. Ikkinchi haqiqat tarafdorlari odatda hurfikrlilik mavqyeida turadilar. Ular birinchi haqiqatni inkor qilmaydilar, ammo ular olamga, dunyoviy fanlar ochayotgan haqiqatning kuchiga ham ishonadilar. Shu asosda o’z ta’limotlarini, falsafiy dunyoqarashlarini olg’a surdi-lar. Abu Nosir Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Abu Abdulloh Al-Xorazmiy, Umar Xayyom, Ulug’bek, Alisher Navoiy, A.Jomiy kabi allomalar qo’sh haqiqat maqveida turib ijod qilganlar.

  5. Ateizm - XVIII asrda Fransiyada ma’rifatparvar faylasuflar tomonidan olg’a surilgan ta’limot edi. F.Volter, D.Didro, Lametri, Golbax va boshqalar Fransiya respublikasining birinchi Konstitusiyasiga vijdon erkinligi to’g’risida moddalar kiritish, bu moddalarda har bir fuqaroga dinga amal qilish yoki amal qilmaslik, dinlarning tengligini e’tirof etish, diniy tashkilotlar va dinni davlatdan ajratib qo’yish, maktabni cherkovdan ajratish kabi huquqlarni kafolatga olishni talab qildilar. Shuningdek, ular dinga qarshi ilmiy asoslangan targ’ibot-tashviqot olib borish huquq-larini talab etdilar. Fransiya respublikasi Konsti-tusiyasiga ana shu talablarga ko’ra bir qator moddalar kiritilib, din dunyoviy davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Bu ishlar boshqa ko’pgina davlatlarda, jumladan sobiq SSSR da ham mavjud edi.

Sobiq sho’rolar davrida mamlakatda ommaviy ateizmni joriy etish harakati avj oldirilib, dinni nafaqat davlatdan ajratish, uni hatto jamiyatdan butunlay va zudlik bilan ajratib tashlash siyosati olib borildi. Buyuk davlatchilik, qizil imperiyachilik manfaatlari, kommunistik firqa mafkurasining muxolifi sifatida baholangan dinni yo’q qilishga qaratilgan ateistik targ’ibot eng vahshiyona shakllarda olib borildi. Shu maqsadda o’ng minglab cherkovlar, masjidlar, ibodatxonalar, madrasa, monastirlar yo’q qilib tashlandi, eski diniy maktablar yopildi. Minglab din arboblari, mullalar qatag’on qilindi. Diniy hayitlar, urf-odatlar ma’n etildi yoki ularni bajarishga qarshi ko’plab to’siqlar qo’yildi. Masalan, o’sha davrlarda O’zbekiston bo’yicha haj safariga bir yilda 1-2 kishi borardi, xolos.

SSSR da «Xudosiz» gazetasi va «Xudosizlar» jurnali nashr etilar edi. Din eskilik sarqiti deb baholanib, bu sarqitlarga butunlay barham berish ishlari olib borildi. Eski arab alfavitida yozilgan kitoblar, qo’lyozmalar diniy yozuvlar deb yo’q qilindi. Ularni saqlash, o’qish ta’qiqlandi. Natijada islom qadriyatlaridan xalqimiz amalda uzib qo’yildi, dinsizlik avj oldi.

«Sobiq SSSRdagi hukmron kommunistik partiyaning jilovbardorlari diniy jamoalarni xalqlarning aql-idrokini egallash uchun kurashda o’zlarining raqibi deb hisoblar edi. Ular o’zlarining butun faoliyatlari davomida dinni kamsitish, ruhoniylarni yo’qotish va omon qolganlarni bo’ysundirish uchun eng keskin choralarni ko’rgan edi. Din sun’iy ravishda mafkuraviy kurashning o’ta qizg’in jabhalaridan biriga aylantirib qo’yilgan edi. Islom dinining o’ng minglab mo’tabar ruhoniylari qatag’on qilindi. Minglab machitlar va yuzlab madrasalar buzib tashlandi. Bu obidalarning ko’pchiligi xalqimiz uchun, insoniyat sivili-zasiyasi uchun bebaho me’moriy va tarixiy qadriyat hisoblanar edi. Dindorlarning aksariyat ko’pchiligi 90-yilning o’rtalari-ga qadar Qur’oni karimdan bahramand bo’lmagan edilar» (Qarang: I.Karimov. O’zbekiston buyuk kelajak sari. «O’zbe-kiston» nashriyoti 1998 yil, 444-445-betlar).

1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligin qo’lga kiritdi. 1991 yil 14 iyunda «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida» Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul etildi. Bu hujjatlarda O’zbekiston dunyoviy davlat sifatida dinga o’z munosabatini bayon qildi.



Download 27,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish