- Misr aholisi uchun din kundalik turmushning ajralmas bir bo`lagi hisoblangan. Qadimgi misrliklar xudolar hayvonlar siymosiga o`tib olib, mushuk, qo`y, ho`kiz, arslon, sigir shaklida odamlar orasida yashaydi deb hisoblashgan. Misrliklar xudolarning bir qancha joni mavjud: ulardan biri hayvon tanasida, boshqasi esa haykalida yashaydi deb bilishardi. Misrliklar xonadonidagi mehrobda xudolarning haykalchalari o`rnatilgan. Kohinlar — ibodatxona ruhoniylari, xudolarni dindorlar in'om tariqasida keltirgan narsalar bilan boqishadi, deb hisoblashgan.
Misrliklarning xudolari
Qadimgi Misr podsholigining poytaxti Memfisda o`z xudosi — Ptax bo`lgan. - Ptax misrliklar e'tiqodicha, olamni yaratayotganida har bir narsaning nomini odamga o`rgatgan. Xudo shunchalik qudratliki, uni asl qiyofasida ko`rishning iloji yo`q. Shuning uchun ham Ptax degan xudoning Yer yuzidagi qiyofasi Apis.bo`lib, u peshanasi va belida oq qashqasi bo`lgan qora ho`kiz timsolida tasavvur etilgan.
- Misrliklar o`z xudolariga butunlay ishonishar, har bir ishni bajarishga kirishishdan avval ulardan maslahat, madad yoki rozilik so`rashar edi.
Amon-Ra - Mil. avv. 2 mingginchi yildan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo`lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.
- Mil. avv. 2 mingginchi yildan boshlab esa Quyosh xudosi Amon-Ra fir'avnlarning bosh ilohi va homiysi hisoblangan. Dastavval ikkita xudo bo`lgan: Fiva shahri homiysi Amon va Quyosh xudosi Ra, so`ngra ikkalasi yagona xudoga birlashgan.
- Xapi— Nil xudosi— Misrdagi hayotning birlamchi manbai va posboni, Osiris — yerosti saltanati xudosi hisoblangan. Rivoyatda aytilishicha, Osiris Misrning ilk podsholaridan biri bo`lib, o`z xalqini dehqonchilikka o`rgatgan ekan. Birodari Set esa Osirisni o`ldiradi. Ammo Osirisning xotini Isida uni mumiyolagan va qayta tiriltirgan ekan. O`shandan boshlab jon qaytib keladigan joy bo`lishi uchun barcha marhumlar mumiyolanadi. Osiris ibodatxonasi xarobalari Abidos shahrida hozirgacha saqlanib qolgan.
Anubis xudosi
Anubis- marhumlar, mumiyolanganlar xudosi va ko`milganlar rahnamosi.
Quyosh xudosi Amon-Ra; Tot – Oy donishmandlik va tabobat xudosi; Anubis - marhumlar va mumiyolanganlar xudosi;
Kohinlar xudolar va odamlar o`rtasida vositachi bo`lishgan. Misrliklar e'tiqodicha, mabodo Yer yuzida maxsus marosimlar ado etilmasa, xudolar odamlarga madad bermay qo`yadilar. Kohinlar diniy marosimlarni bilar, qurbonlik bag`ishlar edilar. Kundalik turmushda ham kohinlarsiz biron ish qilish mushkul edi. Kohinlar Nil toshqini vaqtini, qachon urug`lik sochish va hosilni yig`ishtirib olish muddatini aniq bilishar edi.
Barcha "nom'larda ibodatxonalar bo`lgan, fir'avnlar ularga katta-katta boylik va yerlar hadya etishardi. Asosiy xudolarga atab qurilgan ibodatxonalar kattakatta yer mulklariga egalik qilar edi. Har bir zafarli bosqinchilik yurishidan keyin fir'avnlar o`ljaning bir qismini ibodatxonalarga hadya etardilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |