Hech bir ota o’z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros berolmaydi.
_________________________
Qaysa bir mo’min o’z birodari haqiga g’oyibona duoda bo’lsa, bir farishta bu bandaga: “Senga ham shunday bo’lsin”, – deb turadi.
_________________________
Bandaning savob tarozusida yaxshi xulqdan og’irroq ish yo’qdir. Uning darajasi hatto namoz va ro’zaning darajasi bilan barobardir.
_________________________
Bandaning molu dunyoga qo’ygan hirsi ikki och bo’rining qo’y podasiga qilgan tajovuzidan ko’ra zararliroqdir. Zero, bu bilan u o’z dini-iymoniga putur etkazadi.
_________________________
U qanday erki, xotinini qulni urgandek urib, so’ng kechasi u bilan birga yotadi?! (hadis)
_________________________
_________________________
Ro’za faqatgina eyish-ichishdan saqlanish bilan emas, balki behuda, bema’ni va yomon so’zlardan saqlanish bilandir. Agar biror kishi seni so’ksa, sen unga: “Men ro’zadorman”, – deb uzr aytgin.
_________________________
Kurash tushib yiqitgan emas, balki g’azabi kelganda o’zini bosib olgan odam kuchlidir (hadis).
_________________________
Kishi vafo qilish niyatida va’da bergan bo’lsa-yu, uni bajara olmasa – bu va’dani buzgani bo’lmaydi. Ammo vafo qilmaslik niyati bilan va’da qilsa – bu ayni xilofdir.
___________________________ Ilmga nisbatan goʻyo choʻpon kabi posbon boʻlinglar, lekin ilmni faqat rivoyat qiluvchi boʻlmanglar (hadis).
_________________________
_________________________
Dilozorlarning hammasi doʻzaxga mahkum (hadis).
_________________________
Xiyonat va yolgʻonchilikdan boshqa har bir nuqson moʻminda boʻlishi mumkin.
_________________________
Har bir moʻminning moli, obroʻsi va qoni boshqa moʻmin uchun haromdir. Birodarini haqorat qilishi bilan kishining yomonligi bilinur.
_________________________
Ikki xil qozilar borki, ular doʻzaxga mahkumdirlar, bir xillari esa jannatiydirlar. Haqni bilsa-da, nohaq hukm chiqaradigan yoki umuman ilmi yoʻq boʻla turib, oʻz xohlaganicha hukm chiqaradigan qozilar doʻzaxiydirlar (hadis).
_________________________
Ilm ikki xildir: biri qalbdagi ilm boʻlib, u foydalidir. Ikkinchisi tildagi ilm boʻlib, u Tangri huzurida banda zarariga dalil boʻladi.
_________________________
_________________________
Yoshlikda olingan bilim toshga oʻyilgan naqsh kabidir.
_________________________
Bir soatgina ilm oʻrganish bir kechalik ibodatdan yaxshi, bir kunlik dars esa uch oy tutilgan nafl roʻzadan afzaldir.
______________________________________
Kishidagi eng yomon xislat – oʻta baxillik va oʻta qoʻrqoqlikdir.
______________________________________
“Salom” – Tangrining yerdagi ismlaridan biridir. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Zero, moʻmin kishi odamlar oldidan oʻtib borayotib ularga salom bersa, ular ham alik olishsa, ularga salomni eslatgani uchun bir daraja koʻp savobga erishadi....
______________________________________
Kishi kechalari bedorlik bilan ibodat qilgani va kunduzlari roʻzador yurgani bilan boshqa nomaqbul ishlardan saqlanmasa, bedorligu, ochu tashnalikdan boshqa nasibani qoʻlga kirita olmaydi.
______________________________________
Sizlarning yaxshilaringiz – xushxulq, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz esa ogʻzini toʻldirib, ezmalik ila koʻp gapiruvchilaringizdir.
______________________________________
Halol ham, harom ham aniq boʻldi. Ularning oʻrtasida shubhali narsalar bor. Koʻp odamlar buni bilmaydilar. Kimki shubhali narsalardan saqlansa, dinini ham, obroʻsini ham pok saqlagan boʻladi. Kimki shubhali narsalarga tushib qolsa, haromga oʻtib...
______________________________________
Yaxshi gumon qilish ham yaxshi ibodat qilish bilan barobardir.
______________________________________
Rostgoʻylikda xavfu xatar koʻrsanglar ham rost soʻzlanglar. Shunda najot topasizlar. Garchi foyda koʻrib turgan boʻlsangiz ham yolgʻondan saqlaninglar. Chunki baribir yolgʻonning oxiri voy.
______________________________________
Gumondan saqlaninglar! Zero, u yolgʻon gapdan iboratdir. Bir-birlaringizni tekshirib josuslik qilmanglar. Mol-dunyo uchun musobaqa qilmanglar. Oʻrtalaringda hasad, adovat va arazlash boʻlmasin. Tangrining oʻzaro birodar bandalari boʻlinglar. Birov qoʻygan sovchi ustiga, to ular oʻzaro...
______________________________________
Yaxshi odam bilan oʻtirish goʻyo mushku anbardek, yomon odam bilan birga boʻlish esa temirchining bosqoni kabidir. Mushku anbari bor kishidan xushboʻy hid taraladi, sen undan uni sotib olishing yoki xushboʻy hididan bahramand boʻlishing...
______________________________________
Moʻmin kishi oʻzining yaxshi xulqi bilan kechasi qoim va kunduzi soimlar darajasiga erishadi.
______________________________________
Tangri qiyomat kuni aytadi: “Ey inson farzandi! Betob boʻldim, meni kelib koʻrmading”. U odam aytadi: “Ey rabbim, sen butun olamning Parvardigori boʻla turib men seni qanday koʻrishim mumkin edi?” Tangri aytadiki: “Falonchi odamni...
______________________________________
Tangri sizlarning tashqi koʻrinishingiz yoki molu dunyongizga emas, balki dillaringizga va ishlaringizga qarab baho beradi.
0 comments
Do'stlaringiz bilan baham: |